Qisqacha xulosalar
Daromadlar va xarajatlar kategoriyalarining asosiy tasnifi keltirilgan va oddiy
umumiy balans tushunchasi muhokama qilinadi. Ikkinchi qismda o‘z ichiga davlat
jamg‘armalari va investitsiyalari tushunchalarini, byudjet disbalansini o‘lchashning
muqobil metodlari va byudjet defitsitini moliyalashning muqobil metodlari va
ularning makroiqtisodiy oqibatlari hamda soliq byudjet siyosatining barqarorligini
oluvchi byudjet soxasini tahlili bilan bog‘liq tahliliy xarakterdagi masalalar ko‘rib
chiqiladi. Davlat tashkilotlari davlat sektoridan alohida qaraladi. Davlat Moliya
statistikasi ma’lumotlarini to‘plash bo‘yicha Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ning
normalari tomonidan davlat operatsiyalarini qayd qilishda kassa tamoyili: tushumlar
va to‘lovlar to‘lov amalga oshirilayotgan paytda qayd qilish kerakligi uchun
qo‘llaniladi.
Asosiy tamoyil sifatida, tushum va to‘lovlarning yalpi summasi ko‘rsatilishi
kerak
Davlat moliya statistikasi ma’lumotlari tayyorlashda davlat sektori ichidagi
birliklararo operatsiyalarni va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan umumiy
kategoriyalar qatorida barcha operatsiyalarni birlashtirish maqsadga muvofiqdir.
To‘lov operatsiyalari o‘z ichiga tovar, xizmatlar to‘lovi, mulkdan foydalanish yoki
unga nisbatan egalik huquqning qo‘lga kiritish, shuningdek, amaliy xizmatlar
to‘lovini oladi. . Agar hisob-kitoblar kassa asosida olib borilsa, DBOlarida mavjud
bo‘lgan pul va depozitlar summasining hisob davri jarayonidagi o‘zgarishi o‘sha
hisob davri davomidagi barcha davlat tushum va to‘lovlari summasiga teng bo‘ladi.
Daromadlar o‘z ichiga barcha qaytmas tushumlar, shuningdek, tovar va
xizmatlar to‘lovi va bir yoqli tushumlarni oladi, Olingan transfertlar bir yoqli,
qaytarilmas, DBO va xalqaro tashkilotlardan nomajburiy tushumlar sifatida
izohlanadi.
Endogen omillar davlat xarajatlari, yirik iqtisodiy darajalari kattaligini
aniqlovchi hisoblanadi. Moliyalashtirish elementlarini prognozlashda asosiy e’tibor
3 ta asosiy komponentga qaratildi.
Soliq turlarini rejalashtirishda soliq bazalari va soliq o‘rtasidagi o‘zgarishlarni
e’tiborga olish kerak.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Davlat boshqaruv organlari tushunchasini izohlang.
2.
Davlat daromadlari va transfertlari qandaytahlil etiladi?
3.
Moliyaviy aktivlar va passivlarni chegaralanishi nima uchun kerak?
4.
oliq bazasi nimadan iborat?
5.
Kassa tamoyili deganda nima tushuniladi?
6.
Konsolidatsiya deganda nima tushuniladi?
7.
To‘lov operatsiyalari o‘z ichiga nimalarni oladi?
8.
Daromadlar o‘z ichiga nimalarni oladi?
9.
Noaniq tushumlar o‘z ichiga nimalarni oladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |