Axborotni qidirish va sórovnomalarni berishning
tuzilmaviy kórinishi
Ахборотни қидириш ва
сўровномалар бериш
1. Кўчмас мулкни сотиш
ва сотиб олишга доир
4. Ҳуқуқ улушини сотиш
5. Гаров
6.Меросни бошқага ўтиши
7. Сервитутни киритилиши,
мажбуриятларни чекланиши
17. Ахборотларни қидириш
сўровномалари
16. Бош регистраторга
апеляциялар, шикоятлар
15. Мулкни умрбод сақлаш
шартининг ажрими
14. Кўчмас мулкка хуқуқни
таъқиқлаш
13. Рентабеллик
12. Кўчмас мулкни хадя
қилиш
11. Кўчмас мулкни гаровга
қўйилиши
2. Ижара ва иккиламчи ижарага
оид ахборотлар
3. Ижаранинг тўхтатилиши
8. Сервитут ва
мажбуриятлардан озод
19. Бошланғич рўйхатга олиш
талабномалари
18. Кўчмас мулк объектини
ўзгариши
9. Мажбуриятлар
10. Кўчмас мулкни эскириши
20. Янги объектларни
рўйхатга олиш
1-rasm. Axborotni qidirish va sórovnomalar berish reestrining tuzilishi.
Arizalarni ekspertiza qilish uni puxta órganib chiqish va axborotlar REESTRI
(2-jadval)dagi axborotlarni taqqoslash yóli bilan amalga oshiriladi. Bunda talabnomani bajarishga zid faktorlar, masalan, kóchmas mulkni sotish yoki sotib olishga ob`ektning garovga olinganligi, yoki talabnomani bajarilishini ta`qiqlovchi ogirlashtiruvchi vaziyatlar, ya`ni er uchastkasini saqlash vazifasi yoki qarama-qarshiliklarning mavjudligi uchrab kolishi mumkin. Shuningdek arizalarni ekspertizadan ótkazish davrida quydagilarga jiddiy etibor berish talab etiladi:
1. Talabnomaning haqiqiy ekanligini tekshirish .
2. Talabnomaning yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash.
3. Mavjud mulkka egalik huquqini aniqlash
4.Talabnomadagi hujjatlar bilan reestrdagi hujjatlarni taqqoslash.
5.Ózaro tekshiruvlar: masalan, servitut huquqi kórilayotgan ob`ektda ham, yondosh ob`ektda ham manna shunday huquqlarning mavjudligi.
Arizani ekspertiza davrida aniqlashgan tósiq yoki ziddiyatlar haqida buyurtmachi yozma ravishda ogohlantiriladi va muammolarni hal etish uchun muddat beriladi. Agar muammolar kórsatilgan muddatda hal etilmasa, buyurtmachiga obekt bóyicha xizmatlar tóxtatiladi, lekin tólangan pul mablaǵlari qaytarib berilmaydi. Kóchmas mulkni davlat róyxatiga olish buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni róyxatga olingan vaqti va sanasidan boshlab bir oy muddatda amalga oshiriladi.
Ba`zi hollarda talabnomani rasmiylashtirish vaqtida bino va inshootlar va boshqa xususiy mulklarga bólgan huquqlarga yangi (qóshimcha) majburiyatlar kiritish zarurligi haqida arizachidan qóshimcha talab tushib qolishi mumkin, bu esa róyxatga olish ishlariga tóskinlik qilishi mumkin. Bunday hollarda róyxatga oluvchi reestriga «Róyxatga olish tóxtatildi» jumlasini kiritadi va mana shu yozuvga tegishli ob`ekt axborotlaridan ob`ektga tegishli axborotlarga aniqlik kiritilgunga qadar foydalanishni (taqiqlaydi) muhofazaga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |