76
ShO`RLANGAN TUPROQLARDAGI AYRIM GALOFIT
O`SIMLIKLARNING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYАTLARI
R.Eshmuratov – b.i.k., D.Sotimbaev – 1-kurs magistranti;
NDPI botanika, ekologiya hám oni oqitiw metodikasi kafedrasi
Hozirgi davrda tuproq sho`rlanishi global miqyosdagi muammolardan biridir.
O`zbekiston Respublikasining sug`oriladigan erlarining 60% dan ortig`ini turli
darajada sho`rlanishga uchragan.
Sho`rlangan erlarda o`suvchi dominant galofit o`simliklarning tuzli muhitga
moslashishini o`rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Galofitlarning
sho`rlanishga nisbatan chidamliligining kengligi mohiyati hanuzgacha echimi
topilmagan va olimlar uchun muhim masalalardan biridir. Ular qatorida galofit
o`simliklar o`rtasida tuzga chidamlilikning xususiyatlari va darajalariga oid
masalalar noqulay sharoitdagi o`simliklarga sho`rlanishning ta`sir ahamiyatini
chuqurroq anglashga va shu bilan uni amalda qo`llashga imkon yaratadi.
Sho`rlanishni o`simliklarning morfobiologik xususiyatlariga ta`siri, ularning
tuzga chidamliligi va tuz to`plash xususiyatlari to`g`risidagi ma`lumotlar P.A.
Genkel` (1982), B.P. Strogonov (1973), N.I. Akjigitova (1982), B. Tuxtaev (2009),
X.K. Matjanova (1999), B.Adilov (2010) va boshqa olimlarning tadqiqotlarida
keltirilgan. O`simliklarning galofitlik xususiyatlari to`g`risida olib borilgan nazariy
tadqiqot ishlaridan tashqari, turli xil sho`rlanish darajalarining galofitlar morfologik
xususiyatlariga ta`sirini o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday
tadqiqotlarni amalga oshirish o`simliklarni tuzga moslashish imkoniyatlari
to`g`risidagi qarashlarni kengaytiradi.
Shu bois, tuproq sho`rlanishining ayrim dominant o`simliklar morfobiologik
ko`rsatkichlariga ta`sirini o`rganish natijasida kuchli sho`rlanish ta`sirida
galofitlarning vegetativ va generativ organlarida o`ziga xos adaptiv belgilarning
shakllanishi, sho`rlanishning galofit o`simliklar rivojlanish fazalari davomiyligiga
ta`sir ko`rsatishi tadqiqotlarda o`z isbotini topgan.
Shuning bilan birga turli sho`rlanish darajalarining ayrim galofit o`simliklar
morfologik ko`rsatkichlariga, o`sish va rivojlanish xususiyatlariga ta`siri
o`rganilganda kuchli sho`rlanishda o`sgan bir yillik va ko`p yillik galofit
o`simliklar bargi, poyasi va ildizi o`lchamlari kuchsiz sho`rlanishdagi
o`simliklardan doimo kichik bo`lishi kuzatiladi.
Xulosa qilib aytganda bir yillik galofitlardan Suaeda altissima va Atriplex
tatarica sho`rlangan maydonlar biomelioratsiyasida foydalanish uchun tavsiya
etiladi. Shuningdek, Atriplex tataricaning tuzga chidamlilik xususiyatlari va yuqori
oziqaviylik qiymati cho`l mintaqasida chorvachilikning em-xashak bazasini
mustahkamlashga qulay imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: