RADIOKTIV NURLARNING INSON ORGANIZMGA SALBIY
VA IJOBIY TA‟SIRI
D.S.To‟chiyeva-dotsent, T.D.Qodirov
Andijon davlat universiteti
Radiobiologiya
-
ionlantiruvchi nurlarning organizmlarga ta‘sirini
tekshiruvchi soha bo‗lib, uning ‗maqsadi organizmda ionlovchi radiatsiya ta‘sirida
sodir bo‗ladigan o‗zgarishlar va o‗sha o‗zgarishlar asosida yotgan mexanizmlar
hamda qonuniyatlarni ochib, organizmni ionlovchi radiatsiyaning zararli va xattoki
halokatli ta‘siridan himoya qilish yo‗llarini ishlab chiqishdan iborat. Ammo, sanab
o‗tilgan masalalar o‗ta murakkab bo‗lib, ularni hal qilish uchun birinchi navbatda
N.V.Timofeev-Rossovskiy ta‘kidlab o‗tganidek, ―yutilgan energiya bilan uning
keltirib chiqaradigan biologik effekti o‗rtasidagi nomutanoslikdan iborat
radiobiologik paradoksning mohiyatini ochish talab etiladi‖. Mazkur paradoksni
oydsnlashtirish uchun misol keltiramiz. Ma‘lumki, 1000 rad nur dozasi ta‘siridan
sutemizuvchilarga mansub hech bir hayvon tirik qolmaydi. Demak, bunday doza
sutemizuvchilar uchun mutlaq halokat dozasi hisoblanadi. Qizig‗i shundaki, ana
shu 1000 rad nurning issikdik ekvivalenti, soddalashtirib aytganda, odam
tanasining haroratini atigi 0,001°Сga ko‗tarishga etarli bo‗ladi, xolos! [1].
Radioktiv nurlar inson organizmga ikki xil: bevosita hamda bilvosi tata‘sir
ko‘rsatadi. Bevosita ta‘sir natijasida to‘qimalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir etishi
7
natijasida ularning biomolekulalari ionlashib, qo‘zg‘aladi. Bevosita nurlanish
ta‘sirida hujayra fermentlari, nukleoproteidlar, xromoproteidlarda va metabolitlarda
juda katta o‘zgarishlar vujudga keladi. Bilvosita ta‘sirda esa to‘qima tarkibidagi
suvning radiolizi bilan bog‘liq bo‘lib, radioliz oqibatida hosil bo‘lgan parchalanish
mahsulotlari – OH, O, H
2
O
2
lar o‘ta faol xususiyatga ega bo‘lib, hujayra tarkibidagi
barcha organic moddaalarni oksidlab qo‘yadi. Aniqlanishicha, turli organ va
to‗qimalar ionlantiruvchi radiatsiyaga nisbatan bo‗lgan sezgirligi, shuningdek,
nurlaniish patodogiyasi kasallikning kechishi bo‗yicha o‗zaro farqlanar ekan.
Radiatson sezgirligiga asoslangan morfologik o‗zgarishlar bo‗yicha bu to‗qima va
organlar quyidagi ketma—ketlikda joylashadi (sezgirlik kamayib borishi tartibida)
1) qon aylanish tizimi; 2) jinsiy bezlar; 3) shilimshik qobiklar, so‗lak bezlari
epidermis; 4) oshqozon— ichak yo‗li; 5) jigar; 6) nafas olish organlari; 7) ichki
sekretsiya bezlari (buyrak usti bezlari, gipofiz, qalqonsimon bez, oshqozon osti bezi
orolchalari, qalqon oldi bezi); 8) ayirish organlari, muskul va biriktiruvchi to‗qima;
10) suyak va tog‗ay to‗qimalari; 11) qon to‗qimasi [1].
Tirik organizmlarning ionlantiruvchi nurga sezgirligi turlichadir. Masalan, sut
emizuvchilar 1 - 10 Gr dozada halok bo‗lsa, boshqa umurtqali hayvonlar bir necha
o‗n, hatto 100 Grey doza bilan nurlantirilganda halok bo‗ladi. Organizmlarning nur
sezgirligi bir filogenetik guruh ichida xdmda har xil taksonlararo ancha farqlanadi
[1].
Umuman, organizmlar nur sezgirligini baholash uchun yashovchanlik
ko‗rsatkichi ishlatilib, u nurlantirilgan populyasiyaning 50 yoki 100% halokatiga
sabab bo‗luvchi, dozalar LD
50
yoki LD
100
orqali ifodalanadi. Sut emizuvchilar nur
sezgirligi aniqlanganda, ularning nurlantirilgandan keyin o‗tgan 30 kun davomidagi
yashovchanligi LD
50/30
olinadi. Bu muddatning tanlanishi shunga asoslanganki,
sutemizuvchilarda nur xastaligining o‗tkir davri asosan 30 kundan so‗ng tamom
bo‗ladi [2]. Ionlantiruvchi nurlar nafaqat yetuk organizmlarga, balki embrionlarga
ham ta‘sir ko‘rsatadi. Orgonogenez davrida nurlanish chuqur klinik o‘zgarishlarga
olib keladi, hatto embrion nobud bo‘lishi ham mumkin. Orgonogenez o‘rtalarida
embrion tug‘iladi. Lekin chaqaloqlik davrida o‘limga olib keladi. Asosiy
orgonogenez davrida nurlanish turli xil majruhliklarni keltirib chiqaradi va bu
keyinchalik mikrosefaliya, anentsefaliya, gipofizarizm va nanizm kabi kasalliklarga
olib keladi
[3].
Radioktiv nurlar faqatgina salbiy ta‘sir etibgina qolmasdan inson organizmga
ijobiy tomondan ham ta‘sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Misol uchun, qalqonsimon
bez giper funksiyasida – gipertiriozda, shu organizmda tiroksin gormonini ishlab
chiqarilishi ortib ketadi. Bu gormonni ishlab chiqarilishini kamaytirish uchun
be‘morga ma‘lum darajada radioktiv yod ichiriladi. Bu modda qalqonsimon bezda
to‘planadi. Undan tarqalgan nur tireositlarning bir qismini zararlaydi va gormon
sintezini kamaytiradi. Natijada tiriotoksikoz alomatlari yo‘qoladi.
Yana bir misol, katta dozalar organizmni o‘ldiradi, xatto to‘qimalarni
nekro‘zga olib keladi. Shunga asoslanib xavfli o‘sma to‘qimalarini yemira oladigan
dozada nur qo‘llab rak va shunga o‘xshash xavfli o‘smalar davolanadi. Bundan
tashqari yana radioktiv preparatlar ham ko‘pgina turli xildagi kasalliklarga qarshi
samarali tarzda davolash hamda kasallik sabablarini aniqlash va o‘ta aniq tashxis
8
qo‘yish uchun foydalanib kelinmoqda. Xronik leykozni davolashda nishonlangan
P
35
, Zn
65
hamda Au
198
nuklidlari va Na
3
PO
4
buyuriladi. Cu
64
, Ag
110
va Au
198
radionuklidlari organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlarini o‘rganish va
kasallikga o‘ta aniq tashxis qo‘yish uchun ishlatiladi [2]. Bundan tashqari
nurlantirish terapiyasi Ra nurlarining asosiga qurilgan bo‘lib, Ra radioaktiv
elementini olishga ancha qimmat, lekin tez rivojlanuvchi xavfli o‘sma kasalliklarini
davolash xususiyatiga ega hisoblanadi. Lekin XX asrga kelib aktivligi ancha
yuqori, yuzlab hattoki minglab Ra ning o‘rnini bosa oladigan Co izotopini olinishi
nurlantirish terapiyasini yanada rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Hamda juda xavfli
o‘sma va surunkali nurlanish hamda turli xildagi onkologik kasalliklarni davolash
imkoniyati paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |