Ózbekstan Respublikası joqarı hám orta arnawlı bilimlendiriw ministrligi


Tumanni rejalashtirishning asosiy masalalari



Download 1,81 Mb.
bet3/3
Sana15.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#366081
1   2   3
Bog'liq
Mikro rayon

Tumanni rejalashtirishning asosiy masalalari

Tumanni rejalashtirish – iqtisodiy yoki ma‘muriy tumanni kompleks hududiy xojalik tuzilishini loyihalash va uning xalq xojaligi tarmoqlarini, shaharlar va qishloqlarni optimal joylashuvini hamda aholi mehnati va dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni ta‘minlovchi tarhiy tarkibni shakllantirishdan iboratdir .

Tumanni rejalashtirishning vazifasi – loyihalanayotgan tumanni hududiy xojalik tuzilishini ratsional hal etish, ishlab chiqarish, shaharsozlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy yodgorliklarni saqlashni ta‘minlovchi me‘moriy-tarhiy tarkibini va funksional qismlarga bolishni shakllantirish bunda tabiiy , iqtisodiy va mehnat resurslaridan kompleks foydalanish nazarda tutiladi. Mamlakatimizda tuman rejalashtirish boyicha loyiha ishlarining 2 turi shakllangan:

- tuman rejalashtirish tuzilmasi (sxema);

- tuman rejalashtirish loyihasi.

Tuzilma va loyiha - birinchi bosqich (5 yil), hisob vaqtiga (20 yil).



Yozma hujjatlar tarkibiga tushuntirish xati (bayonnomasi) kiradi va unda qabul qilingan rejaviy yechimlarning asoslanishi, hamda amalga oshirish tartibi va muddatlari keltiriladi.

Tuman rejalashtirish qat‘iy ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

Dastavval tuman rejalashtirish tuzilmasi ishlanadi, unda xalq xojaligi tarmoqlari rivojlanishining asosiy yonalishlari korsatiladi; hududlarni rejaviy va funksional tashkil qilish asoslanadi; ayrim hududlar ortasidagi aloqalar belgilanadi, viloyat muhandisliktexnik infratuzilmasini tashkil etish belgilanadi, songra alohida ma‘muriy tumanlar uchun tuman rejalashtirish loyihalari ishlanadi, ularda hududlarni batafsil tahlil qilish asosida sanoat va fuqaro qurilishi, qishloq xojalik ishlab chiqarishi va dam olish hududlari maydonlari korsatiladi.

Har bir tuman va uning tarkibiga kiruvchi aholi yashash joylari aholisining soni aniqlanadi, aholi joylashishi, madaniy-maishiy xizmat korsatish va ommaviy dam olish hududlari tizimlarini shakllantirish boyicha arxitektura-rejaviy takliflar ishlanadi; tabiatni muhofaza qilish va landshaftni yaxshilash takliflari beriladi.

Tuman rejalashtirish tuzilmalari va loyihalarining quyidagi turlarini korsatish mumkin: - sanoat tumanlarini rejalashtirish;

- qishloq ma‘muriy tumanlarini rejalashtirish;

- kurort tumanlari va hududlarini rejalashtirish;

- yirik shaharlar atrof qismini rejalashtirish. Sanoat tumanlari. Sanoat iqtisodiy tumanlar shakliga kuchli ta‘sir korsatuvchi omillardan hisoblanadi. Sanoat tumanlarini rejalashtirishning asosiy masalalari bu quyidagi omillarni hisobga olgan holda hududlarni tashkil etish:

- quvvat va xom ashyo manbalariga yaqinlik; - mahsulot iste‘molchilariga yaqinlik; - mehnat kadrlari bilan ta‘minlanganlik; - yuk tashishni osonlashtiruvchi qulay transport aloqalari mavjudligi; - aholi uchun turar-joy va ish joylari hududlari ortasida qulay aloqani ta‘minlash; - shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash uchun shahar atrofi qishloq xo‗jaligi bazasini tashkil etish; - atrof-muhit muhofazasi bo‗yicha tadbirlar . Qishloq xojaligi tumanlari. Ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri qishloq xojaligidir . Qishloq xojaligi tumanlarining tuman rejalashtirish loyihasi ularning ishlab chiqarish va aholi jolashishi xususiyatlariga bogliq. Avvalo ushbu qishloq xojaligi tumanining yonalishi aniqlanadi (sabzavot yetishtirish, bog‗dorchilik va h.k.). Ma‘lum miqdorda tabiiy sharoitlar orqali belgilanadigan yonalish yer fondidan samarali foydalanishga yordam beruvchi tuman hududini qismlarga ajratish darajasida chuqurlashadi.

Keyingi etapda qishloq xojaligimahsulotlarini ishlab chiquvchi va qayta ishlovchi korxonalarni sanoatning boshqa tarmoqlari korxonalari bilan kompleks joylashtirish jarayoni amalga oshiriladi. Agrarsanoat integratsiyasi prinsipi asosida hozirgi qishloq xojalik muassasasi turi ajratiladi: hududiy agrar-sanoat majmualari, kombinatlar, birlashmalar . Qishloq xojalik muassasasining turi kop jihadan qishloq aholi joylari shakli va olchamlariga, sekin-asta shahar sharoiti bilan tenglashadigan yashash sharoitlarining qulayligiga ta‘sir korsatadi.

Qishloq xojaligida tuman rejalashtirish loyihasini amalga oshirishda asosiy masala tuproq va ekinzorlar sifatini yaxshilash uchun olib boriladigan tabirlardir (suvini ketkazish, sugorish, ormon-himoya hududlarini, suv omborlarini tashkil etish). Kurort tumanlari. Rekreatsion xizmat ko‗rsatish va hududning rekreatsion tashkil etilishi bilan tuman rejalashtirish shugullanadi. ―Rekreatsion xizmat korsatish tushunchasi dam oluvchilar hayoti bilan bogliq bolgan barcha xizmat turlarini oz ichiga oladi (mehmonxona, tomosha korsatish, maishiy ,ovqatlanish, transport xizmatlari). Krurort tumanlarining tuman rejalashtirish loyihasida hal qilinadigan dastlabki masalaga ularning kurort va soglomlashtiruvchi ahamiyatdagi resurslari: iqlim, dengiz, shifobaxsh minerallar, loylar va h.k.larni aniqlash kiradi.

Keyingi masalalar: - kurort va shifobaxsh resurslarni aniqlash (iqlim, dengiz, tog‗lar , shifobaxsh mineral suv manbalari, shifobaxsh balchiq va h.k.); - hududlarni funksional qismlarga ajratish.

Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish radiuslari masalalarini hal etishda quyidagi iqtisodiy masalalarni e‘tiborga olish lozim: tashkilotlarni birgalikda joylashtirish; transport aloqalari; mahsulotni iste‘mol qiluvchi tumanlarga yaqinligi.

Kop mahsulotlarni ularni iste‘mol qiladigan joylarda ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. Masalan: mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatlarining tayyor mahsulotlarini xom ashyoga qaraganda tashish qiyinroqdir.quvvat omili tumanning oziga xosligini belgilaydi va ularda korxonalar joylashtirishga ta‘sir etadi. Quvvati katta elektr stantsiyalari atrofida har doim kop elektr quvvati sarflovchi ishlab chiqarish korxonalari joylashtiriladi. mehnat resurslari bilan ta‘minlanganlik.Y irik shaharlar atrof qismi. Aholi joylashishi guruhli tizimining asosiyshakllaridan biri shahar alomeratsiyalaridir . Ular ozida yirik va katta shaharlar va ularga tortiluvchi kamroq aholisi bolgan shahar atrofi hududlarini jamlaydi.

Shahar va shahar atrofi hududi ortasida mustahkam ijtimoiy , iqtisodiy va ekologik aloqalar mavjud. Tuman rejalashtirish asosiy shaharlar va shahar atrofi hududlarining vazifaviy ahamiyati va rivojlanishini korib chiqadi.

Tuman rejalashtirishning bu yonalishdagi muhim vazifalaridan biri – markaziy shaharning osishini me‘yoriy darajada boshqarilishiga mos holda hudud xojaligi tarmoqlarini kompleks joylashtirish hisoblanadi. Shahar atrofi hududining chegaralarini belgilashda bir qancha omillar hisobga olinadi: ma‘muriy bolinish, asosiy shahar kattaligi, ushbu hududning kelajakdagi xalq xojaligida foydalanish moljallari va h.k. Tuman rejalashtirishning muhim vazifalaridan biri - shahar mikroiqlimini yaxshilash va aholining dam olishi uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida markaziy shahar atrofida kokalamzorlar halqasini hosil qilishdir . Halqaning bevosita shaharga tegib turuvchi qismi odatda, qurilmalardan holi boladi va yashil barer vazifasini bajaradi. Uydan dam olish joyigacha maksimal 1 soat uzoqlikkacha radiusda shahar aholisining qisqa muddatli ommaviy dam olish joylari tashkil etiladi.

Kokalamzorlar halqasining tashqi hududida uzoq muddatli dam olish joylari –san‘atoriylar, dam olish uylari, sayohat maskanlari va h.k.



Foydalanilgan adabiyotlar

1. Goroxov. V.A. Luns L.B., Rostorguv O. Injenernoe blagoustroystva gorodskix territoriy. M. Sroyizdat.1985. 2. Bogovaya I.O., Teodoronskiy V.S. «Ozelenenie naselennix mest». M.»Agropromizdat». 1990. 3. Luns L.B. «Gorodskoe zelennoe stroitelstvo. M. 1996. 4. Konseptsiya razvitsiya gradostroitelstva Uzbekistana v usloviyax formirovaniya novo’x sotsialno-ekonomicheskix otnosheniy. T, TASI 2008 Ózbekstan
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish