turli sohalarda tahsil olayotgan talabalar va yoshlardan o‘z yo‘nalishlariga mos kichik guruhlar tashkil etiladi.
Bugun Iqtisodiyot vazirligida vazirlik markaziy apparati rahbar-xodimlari va tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirokida 2018-yil - faol tadbikorlik, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlangan ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Saidahror G‘ulomov qatnashdi va “O‘zbekistonni innovatsion (sifatli) rivojlantirishda investitsiyalarni samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida ma'ruza taqdimotini o‘tkazdi.
Ma'lumki, bugungi tezkor taraqqiyot sur'ati xalqaro maydonda avvalombor jahon innovatsion taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishi bo‘lgan inson kapitali uchun raqobat tarzida namoyon bo‘lmoqda. Binobarin, sifatli inson kapitali, ya'ni miyaning intellektual kapitali uchun davlatlar o‘rtasida bo‘ladigan raqobatdagi ustuvorlik, bu - o‘sha davlatning xalqaro maydondagi mavqyeini ham belgilaydi.
Shu ma'noda notiq ushbu mavzu yuzasidan chuqur, puxta o‘ylangan o‘z fikrlarini bayon etarkan, u tadbir qatnashchilar e'tiborini quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratdi.
Avvalombor, sog‘lom intellektual rivojlangan ona va sog‘lom, aqlli bolaning innovatsion o‘sishdagi roli. Bunda: modernizatsiya va innovatsiya jarayonida innovatsion ilm-fan, intellektual sog‘lom ta'lim, aqlli tibbiyot (sog‘likni yaxshilash, miya qobiliyatini rivojlantirish), aqlli oila, aqlli mahalla, intellektual fizkultura va aqlli biznesni integratsiyasini sinergetik (tizimli) samaradorligini aniqlash va ularning iqtisodiyotni real sektoriga ta'sirini o‘rganish hisoblanadi.
Ma'lumki, innovatsion iqtisodiyotdagi investitsiyalar samaradorligi ilm-fan va innovatsiyalarga tayanadi. Yangi bilimlarni ishlatib, sifatni yaxshilab, boy bo‘lishga o‘rgatadi. Investitsiyalarni, qobiliyatni rivojlantirishga, laboratoriya uskunalariga, pedagoglar malakasining sifat o‘zgarishiga, kompyuterlashtirishga carflaydi, chet tillarida o‘qitish, internetdan foydalanishni targ‘ib qiladi. Oxir oqibat insonlarda umumiy madaniyat va ma'naviyatni yuksaltiradi.
Mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning zaruriyatlari quyidagilardir:
1. Xorijdan olib kelingan yuqori texnologiyalarni joriy etishda, ko‘pincha texnik imkoniyatlarni samarali ishlata olmaslik. (Afsuski, import qilingan kompyuter va uyali telefonlarni dasturiy ta'minotining imkoniyatlarini 20-30% ham ishlata olmaymiz).
2. Xorijdan olib kelingan texnologiyalarni modernizatsiya qilish va ishlatish sohalarini kengaytirib xarajatlarimizni samaradorligini oshirish (masalan, temir materiallarni plastik materiallarga almashtirish sohalari ko‘payib borayapti).
3. Xorijiy patent va litsenziya sotib olib kelib, modernizatsiya qilib, eksport qilish yoki o‘zimizda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va eksport qilish (avtomashinani har keyingisini ishlab chiqarishga yana shuncha temir, rezina, plastmassa v.b. tabiiy va moddiy resurslarga talab oshib boradi).
4. Innovatsion g‘oyalarni va intellektual mahsulotlarni (AKT dasturiy mahsulotlariga yer, suv va moddiy resurslar kerak emas) o‘zimizda ishlab chiqarib, ularni patentlarini (kopiyalarini) eksport qilishdan topilgan daromadlar hisobidan oziq-ovqatni import qilish (tabiiy, moddiy resurslarimizni va ekologiyani keyingi avlodlarimizga saqlab qolish!).
Bugun faol tadbikorlarimizning, afsuski innovatorlik qobiliyati past.
Notiqning fiqricha, keyingi 1000 yillikda YUKSAK MA'NAVIYAT innovatsion bo‘lib, uning asosiy vazifasi: boqimandalik kayfiyatini yo‘qotib, yangi texnologiya va innovatsiyalarga muhabbat uyg‘otib, o‘z oilasidan tashqari boshqalarni ham beg‘araz boqishga (ilm-fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, biznesga homiylik) va ma'naviyatini rivojlantirishga yordam bera olish qobiliyatiga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Ma'lumot o‘rnida, ushbu misollarni keltirishimiz mumkin: Bugun sayyoramiz aholisining 33%dan ziyodi (2,5mlrd) eng asosiy mikroelement (Ca, J, Mg,..) va vitaminlar yetishmasligidan (yashirincha ocharchilikni - minimal iste'mol korzinkada kamaytirish) intellektual rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda. (BMTning ma'lumotlari)
Ushbu muammolarning oldini olishda, chunonchi sog‘liqni saqlash borasida ikkita modeli bor:
1. Shifokorlar o‘zlari inson sog‘ligini yaxshilaydi, lekin aholi o‘sishi bilan shifokorlar ham keskin ko‘payishi zarur bo‘ladi.
2. Shifokorlar xalqni tibbiy madaniyatini oshirishadi. Insonlar o‘zlari o‘z sog‘ligini valiologiya orqali yaxshilaydi (naslini yaxshilaydi, nasl kasalliklarga qarshi kurashadi, asab buzilishlarini, yashirincha ocharchiliklarni, sigaret va alkagolni kamaytiradi). Oila daromadlarini umrni uzayishiga, miya qobiliyati va xotirasini yaxshilashga sarflaydi. Energiya va suv balansini saqlaydi.
Natijada sog‘liqni saqlashga xarajatlar keskin qisqaradi, qaytimi, samaradorligi oshadi va o‘rtacha umr har bir oilada uzayadi.
Sog‘lomlashtiradigan aqlli ta'lim borasida ham akademigimiz muhim masalalarga to‘xtalib o‘tdi, chunonchi:
1. Asabini buzmasdan o‘qitish (qand, qon bosimi va yomon xolesterin oshishi miya xotirasini, qobiliyatini pasaytiradi);
2. Oldin bolaning qaysi sohaga qobiliyati va qiziqishini aniqlab, masalan, rassom yo musiqachi yoki matematik yoxud faylasuflikka bo‘lgan qiziqishini aniqlab, so‘ng uni har yili tegishli yo‘nalishda o‘stirish omillarini tahlil qilib, unga mos ta'lim kasbini vrachlar bilan ta'minlash;
3. Ta'limda xotira va mantiqni rivojlantiradigan maxsus markaz va kafedralar ochish va yashirin ocharchilikni kamaytiradigan minimal iste'mol korzinkasini va suv ichish normasini (miyada 90% suv) talabalarga mos tashkil etish.
Akademik Saidahror G‘ulomovning fikricha, ushbu jahon miqyosidagi, ayniqsa O‘zbekiston miqyosidagi ustuvor va dolzarb masalalarni bartaraf etishda eng asosiysi, ma'naviyat va madaniyat, oziq-ovqat, ekologiya, yer va suv, energiya, axborot va sifat xafsizligi sanaladi.
Tadbir so‘nggida vazirlik xodimlari akademik olimimizga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollar berishdi va tegishli javoblarni olishdi. Tadbir qiziqarli, jonli muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bois ham ana shu ta’sir va bo‘shliqning oldini olish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.
“Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejis emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar,innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”.[1]
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim ahamiyatga ega tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ham qabul qilingan farmon va qarorlar yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovatsiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o‘ziga xos rag‘bat bo‘ldi.
Ana shu rag‘batlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. BirinchiPrezidentimiz Islom Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi “Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-iyuldagi “Ilm-fanni rivojlantirishni va innovatsiya faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarori ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish sohasidagi dastlabki asosiy hujjatlardir. Davlatimiz rahbarining 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston ilm-fanini boshqarish va moliyalashtirishni davlat tomonidan tartibga solish, uning sa’y-harakatlarini ustuvor sohalarga yo‘naltirishga qaratilgan islohotlar davom ettirildi.
Sir emaski, XXI asr - texnika va texnologiya asri. Ha, bu nom bejizga berilmadi. Atrof-muhitda sodir bo‘ladigan hodisalar uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirdi. Bu qiziqish ortidan ilm-fan sohasida misli ko‘rilmagan kashfiyotlar paydo bo‘ldi va paydo bo‘lmoqda. Kundan kunga kishini hayratga soladigan yangiliklar yaratilmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tishni o‘rinlidir: “Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”[2].
Darhaqiqat, farovon kelajak poydevori hozirda unib-o‘sib kelayotgan yoshlar hisoblanadi. Shu sababli, ularning yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib voyaga yetmoqlari muhim omildir.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta’limda eng muhim strategik yo‘nalish ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida,ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim maskanlarida innovatsion texnologiya ko‘rinishida faoliyat olib borish dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan.
Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kuchaygan.
Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”.[3]
Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat.
Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi.
Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib faol innovatsion harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo‘lga qo‘yilgan edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan o‘qitishni jamoaviy o‘qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davыdov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim to‘g‘risidagi qarashlar o‘z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o‘qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o‘qitishning individual yo‘nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” (L.V.Tarasov), evristik o‘qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Yu.Kurganov), loyihali o‘z-o‘zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) va b.q.larni keltirish mumkin.
Ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar va davlat o‘rtasidagi hamkorlik, kichik va o‘rta innovatsion biznesning xalqaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes firmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunonchi, AQSh Milliy ilm-fan fondi ma’lumotlariga ko‘ra, kichik firmalarda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar soni sarf-xarajatlar birligi bo‘yicha o‘rta va yirik firmalarga qaraganda ancha ko‘pdir. Bundan tashqari, kichik firmalar yangiliklarni jadal o‘zlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga qaraganda taxminan uchdan bir barobar ilgarilab ketgan.
Universitet va texnika institutlari ishlab chiqarish kompaniyalari va firmalar bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o‘z ishtiroki ulushini belgilab tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirgandagina ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni katta samara beradi. Yevropa patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizi aynan shunday hamkorlikdagi ishlanmalar ulushiga to‘g‘ri kelishi ham bejiz emas.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo‘llanilsa, yangi yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg‘aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi yorqin bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.
“Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusida respublika yosh olimlarining ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
Poyezd buzilsa, uni ta’mirlash uchun ko‘p vaqt, katta mablag‘ talab etiladi. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida yosh olim Otabek Hamidov poyezdlarni tez va qulay tarzda ta’mirlash usuli – vibrodiagnostikani taklif qildi.
Otabek ixtirosi haqida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tashkil etilgan “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzuidagi respublika yosh olimlarining ilmiy-amaliy anjumanidagi chiqishida so‘zlab berdi.
Yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari, ixtirolarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilgan anjuman O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Fan va texnologiyalar agentligi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda yosh olimlar, mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari O.Tojiyev, Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori M.Boltaboyev, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi O.Salimov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori K.Sharipov va boshqalar yoshlarning zamonaviy sharoitlarda ta’lim olib, bilimli, sog‘lom va yuksak ma’naviyatli insonlar bo‘lib voyaga yetayotganligi tadbirda ishtirok etayotgan yosh olimlar misolida ham o‘z aksini topayotganini ta’kidladi.
Universitet ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika yosh olimlar assotsiatsiyasi”ning istiqbolli rejalari asosida yaratilgan taqdimotlar, oliy ta’lim muassasalari yosh tadqiqotchilarining ilmiy ishlanmalari, ixtirolari va innovatsion texnologiyalari namoyish etildi.
– Men taklif qilayotgan vibrodiagnostika – poyezdning turgan joyida uni qismlarga ajratmasdan, zamonaviy vibroanalizatorlar yordamida nosozlik va nuqsonlarini aniqlash, lokomotivni o‘sha yerning o‘zida sozlash uchun mo‘ljallangan, – deydi yosh olim O.Hamidov. – Hozirgi kunda temir yo‘lda lokomotivlar oldindan belgilab qo‘yilgan reja asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi va ta’mirlanadi. Bunda poyezdning nosozligini aniqlash uchun uni depoga olib kirib, barcha uzel agregatlarini yechish, uni qismlarga ajratish lozim. Buning uchun esa vaqt, katta xarajat ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |