Talabalarga topshiriq
Har bir talaba mustaqil ravishda ushbu loyixaga “YOng‘in monitori” va uning siganliga mos xolda ishlovchi “O‘t o‘chirish qurilma” sini avtomatik ishlashini qo‘shimcha qilishi lozim. SHuningdek nazorat savollariga javob yozadi.
Nazorat savollari
Aqlli industriya qanday tizim?
Aqlli industriyada qanday IoT elementlarini qo‘llash mumkin?
Aqlli industriyada quyosh panellari qanday maqsadda qo‘llaniladi?
Aqlli industriyada termostat qanday maqsadda qo‘llaniladi?
3-amaliy mashg’ulot. Cisco packet tracer dasturi yordamida tutun datchiklarini qo’llashni o’rganish
Ishdan maqsad: Cisco packet tracer dasturi yordamida Aqlli shahar loyihasini ishga tushirishni o‘rganish.
Topshiriqning bajarilishi
Cisco packet tracer dasturi yordamida aqilli shahar loyixasini amalga oshirishning barcha imkoniyatlari mavjud. Aqilli shahar loyixasini amalga oshirish uchun aqilli shaharning xususiyatlari bilan tanishib chiqish lozim. Aqilli shahar bu shaxar infratuzilmasidagi ko‘plab jarayonlarni avtomatik nazoratlash imkoni mavjud bo‘lgan shahardir. Bugungi kunda juda ko‘plab bunday loyixalar amalga oshirilmoqda va shuning uchun ham bu muxumdir.
Aqlli shahar - bu innovatsion texnologiyalarni qo'llash orqali aholining yuqori darajadagi boshqaruvini va samarali boshqaruvini ta'minlaydigan yangi avlod shahri kontseptsiyasi.
Aqlli shaharning asosiy g'oyasi infokommunikatsiya texnologiyalari va narsalar Internetidan birgalikda foydalanishdir. Datchiklar va sensorli tarmoqlardan foydalanish real vaqtda monitoringni amalga oshirishga imkon beradi. Axborot fuqarolarning o'zlaridan yoki jamoat vositalaridan kelib chiqadi, so'ngra ma'lumotlar markazida qayta ishlanadi va tahlil qilinadi.
Aqlli shahar infratuzilmasining quyidagi elementlari ajralib turadi:
Suv va energetika menejmenti - aqlli uy-joy kommunal xizmatlari;
Chiqindilarni boshqarish - aqlli chiqindilar;
Shahar ichida fuqarolarning harakatlanishini ta'minlash - shaxsiy va jamoat transporti uchun yo'llardan foydalanish samaradorligini oshirish, aqlli transport va aqlli avtoulovlarni joriy etish;
Raqamlashtirish va ishonchli aloqani ta'minlash - fuqarolar o'rtasida oson aloqa va axborot almashinuvi uchun muhit yaratish;
Fuqarolarning shahar boshqaruvida ishtirok etishi - elektron hukumat;
Atrof muhitni muhofaza qilish - ifloslanish va shovqin darajasini nazorat qilish, "yashil" mahallalarni yaratish;
Xavfsiz shahar - fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash;
Qulay elektron ta'lim va sog'liqni saqlash - aqlli sog'liqni saqlash, telemeditsina, masofaviy o'qitish.
Aqilli shahar loyixasini elementlaridan biri bu ko‘cha chiroqlarini avtomatik boshqarilishidir. YA’ni ko‘cha chiroqlari yorug‘likning darajasiga bog‘liq ravishda avtomatik tarzda yonib o‘chishi, tungi vaqtda yaqinlashayotgan ob’ektlarga mos ravishda yonib o‘chishi lozim. Buning uchun ko‘cha chiroqlari xarakat datchigi va yorug‘lik datchigiga ega bo‘lishi lozim. Cisco packet tracer dasturida aynan ushbu imkoniyatlarga ega ko‘chachiroqlari mavjud (3.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |