2.1-rasm. Cisco packet tracer dasturida aqlli industriya elementlaridan foydalanish
Yuqoridagi 2.1-rasmda tasvirlanganidek aqilli ishlab chiqarishda qo‘llaniluvchi elementlar ro‘yxatiga murojaat qilish mumkin. SHunda aqilli ishlab chiqarishda qo‘llaniluvchi elementlar qatori ochiladi (5.2-rasm).
2.2-rasm. Cisco packet tracer dasturida aqilli ishlab chiqarish tizimini loyihalashtirishda qo‘llaniluvchi elementlar ro‘yxati
Ushbu elementlarning vazifalari quyidagicha:
1-Xavo konditsioneri. Vazifasi: Registratsiya serveri bilan hamkorlikda ishlaydi. Xona xaroratini soatiga -10 ° C gacha pasaytira oladi. Nisbiy namlikni soatiga 2% gacha kamaytiradi.
Qo‘llanilishi: D0 raqamli portini termostatning D2 portiga ulanadi. Maxalliy boshqarish usuli: Ini ishga tushirish uchun D0 portiga DigitalWrite HIGH signal beriladi. O‘chirish uchun esa LOW signali beriladi.
Masofadan boshqarish usuli: bu qurilmani registratsiya serveriga Config vkladkasi orqali ulanadi.
Uzatiladigan ma’ulmot turi: Xabar formati: [xolat(status)], status: 0 = AC o‘chirilgan, 1 = AC ishga tushirilgan. Qo‘llanilish misoli: SHuningdek qurilmani komutatorga ham qo‘lda masofdan o‘chirish va yoqish uchun ulash mumkin.
2 –Elektr batareya;
3 – Korbonad angidrid gaz detektori;
4 - Ugar gaz detektori;
5 - YOng‘in monitori;
6 - Yong'inga qarshi vosita
7 - Isitish pechi;
8 - Xona nisbiy namligini taminlash qurilmasi;
9 - Xona nisbiy namligini monitori;
10 - Liniyadagi quvvat monitori;
11 - RFID karta;
12 - RFID o‘qish qurilmasi;
13 – Signal generatori;
14 – Aqilli LED;
15 – Quyosh paneli;
16 – Xarorat monitori;
17 – Termostat;
18 – Lazerli xarakat sensori - bu lazer nurlari bo'ylab harakatlanishni aniqlaydigan harakat detektorining bir turi;
19 – Xonada suv to‘planganda uni oqib chiqib ketishini ta’minlovchi qurilma. O‘rtacha bitta xonada soatiga 0.5sm balandlikdagi suvni oqib chiqshini ta’minlaydi.
20 - SHamol detektori;
21 – SHamoldan tok olishni ta’minlovchi shamol generatori.
Endi ushbu elementlardan foydalangan xolda aqilli ishlab chiqarish tizimini kichik loyixasini ishlab chiqamiz.
2.3–rasm. Cisco Packet Tracer dasturida aqlli ishlab chiqarishning kichik loyihasi
Ushbu loyixaning vazifasi shundan iboratki, tasavvur qilimizki ishlab chiqarish zavodida yoki yig‘uv sexi xududida korbonad angidrid gazini xavodagi konsentratsiyasini avtomatik nazoratlash lozim. YA’ni, xududdagi xavo tarkibidagi korbonad angidrid gazini miqdorini nazorat qilish va uning xavodagi konsentratsiyasi miqdorini ortib ketishi xolatida xuduni shamollatish orqali ushbu gaz konsentratsiyasini pasaytirishni avtomatik amalga oshirishdir.
Buning uchun tarmoq Home Gatawey da dastur shartlarni kiritamiz. YA’ni xavo tarkibidagi CO2 (karbonad angidrid) gazining miqdorini biror qiymatdan ortganda binodagi vintelyasiya tizimi avtomatik ishga tushishi va derazalar avtomatik ochilishi lozim. Buning uchun yuqorida takidlanganidek Home Gateway ga quyidagi shart kiritiladi:
2.4-rasm. Home Gateway shart kiritish.
Demak shartga ko‘ra xavodagi SO2 gazi konsentratsiyasi 0.1% ga etganda vintilyasiya tizimi avtomatik ishga tushadi va bino derazalari avtomatik tarzda ochiladi. Bu xavodagi SO2 gazi konsentratsiyasini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |