Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti


ARAB YOZUVI XUSNIXATLARI HAQIDA



Download 41,86 Kb.
bet3/6
Sana23.01.2022
Hajmi41,86 Kb.
#404678
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MANBASHUNOSLIK SOFIYA

ARAB YOZUVI XUSNIXATLARI HAQIDA

Xattotlik (arab. — husnixat yozuvchi), kalligrafiya — yozuv (xat) sanʼati, kitob koʻchirish hamda meʼmoriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbi. Yozuvning paydo boʻlishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli X.ning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan xattotlar shugʻullangan (qarang Kitobat sanʼati). Xattotlar saroylarda, ayrim amaddorlar huzurida guruh boʻlib ishlagan. Jumladan, temuriy shahzoda Boysungʻur Mirzo (1397—1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qoʻlyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini taʼmirlash bilan mashgʻul boʻlgan. X. sanʼatiga bagʻishlangan koʻplab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nastaʼlik, suls, tavqe, taʼliq, devoniy, riko, rikʼiy) mavjudligi haqida darak beradi.

IX-XII asr ma’naviy hayotida islom dini muhim o’rin egallaydi. Bu davrda musilmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko’tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Arab xalifaligining fotihlik siyosati natijasida o’zining barcha haq-huquqlaridan ajralib, madaniyati oyoq osti qilingan Movaraunnahr aholisi o’z e’tiqodi va xat savodidan mahrum bo’lib, islom dini qabul qilishga, shariay ahkomlarini bajarishga, shunindek arab tili va yozuvini o’rganishga majbur bo’ldi.2 Ko’p vaqt o’tmay e’tiqodli xalq o’ziga yod bo’lgan arab imlosida xat-savod chiqarishga kirishdi. Movaraunnahr ahaolisining murakkab arab imlosini o’zlashtirib, xat-savodli bo’lishi uchun arabiy tilni mukammal o’rganib, bu o’zga tilda asarlar yarata oladigan olim va mutaffakkirlarning yerli xalq orasida yetishib chiqishi uchun qariyb bir yarim asr, ya’ni besh avlodning umri sarf bo’ldi.



Oʻrta Osiyoda arab yozuvlari tarqalguniga qadar turli yozuv usullari boʻlgan [mas, sugʻdiy, urxunenisey (qad. turkiy xoqon yozuvlar) va boshqa]. Qad. yozuvlardan boʻlgan kufiy yozuvi koʻpgina meʼmoriy va boshqa yodgorlik obidalarining bezagida, saqlanib qolgan. Jumladan, Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni ham ana shu kufiy (qad. hijoz adabiy yozuvi)da koʻchirilgan. Qurʼon koʻchirishda nasx, buyruq va farmonlar yozishda tavqe, maktublar bitishda riqo ishlatilgan. Bulardan tashqari tumor, gʻubor, shajariy, tugʻro va boshqa yozuv usullari ham boʻlgan. 15-asrdan kitob koʻchirish (fors, eski oʻzbek tillari)da nastaʼliq xati rayem boʻlgan. X. Markaziy Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar va soʻnggi sulolalar (ashtarxoniylar, mangʻitlar) davrida yuksak darajada taraqqiy etgan. Amir Temur davrida Mavlono Shamsuddin Munshiy, sangtarosh va xattot Oltun juda mashxur boʻlgan. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik sanʼatkorlar (Sultonali Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va boshqalar) X.da samarali ijod kilgan. "Xattotlar sultoni" Sultonali Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy va boshqa nastaʼliq xatini sanʼat darajasiga koʻtargan. Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin Shohruh, Boysungʻur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham X.ka homiylik qilish bilan birga oʻzlari bu sanʼat turi bilan shugʻullangan; Zahiriddin Muhammad Bobur esa yangi xat va alifbo "Xammu Boburiy" ixtirochisidir. Kitobat sanʼati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda X. keng qoʻllanilgan. Shayboniylardan Muhammad Shayboniyxon va Ubaydullaxon X. bilan shaxsan shugʻullangan va nasx xatida yuksak mahorat bilan yozgan. 16-asr Movarounnaxr X. maktabini yuzaga kelishida Mir Ali Hiraviynnsh hayoti va ijodi alohida oʻrin tutadi. Bosmaxona paydo boʻlguniga qadar kotib, xattotlar mehnati kitob tayyorlashda muhim oʻrin tutgan. Bu borada Boysungʻur Mirzo, Alisher Navoiy, Muhammad Rahimxon II (Feruz) va boshqalarning faoliyatlari diqqatga sazovor. 20-asrda yirik kutubxonalarda xattotlar qoʻlyozma kitoblar nusxasini koʻpaytirish bilan shugullandilar. Mas, Navoiy kutubxonasi (Oʻzbekiston milliy kutubxonasi)da bir guruh xattotlar ishlagan. 1943-yilda Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti tashkil topgach, malakali xattotlar (Ibodulla Odilov, Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov, Usmon Karimov va boshqalar) shu yerga toʻplandi: ular koʻhna qoʻlyozmalarni tiklash, koʻchirish, tavsif varaqalari tuzish bilan shugʻullana boshladilar. 20-asr 80-yillariga kelib kitobat sanʼati bir guruh kishilar tomonidan qayta tiklandi. Bunda Habibulla Solih, Abdulla Mirsoatov, Toʻxtamurod Zufarov, Alisher Shomuhammedov va boshqa ning xizmatlari katta. Jumladan, Habibulla Solih Mushafi Usmon Qurʼonining asl nusxasidan pergamentga 3 marta nusxa koʻchirib tayyorlagan (bir nusxasi Malayziyaning KualaLumpur shahrida; pergamentga koʻchirib tayyorlagan yana bir nusxasi Toshkent islom universitetida), Katta Langar Qurʼonidan (SanktPeterburg va Oʻzbekistondagi nusxalari asosida) teriga koʻchirib nusxa tayyorlamoqda. Habibulla Solih 1998-yilda Istanbulda oʻtkazilgan Xalqaro xattotlar bellashuvida "Devoniy" xat uslubi boʻyicha kuchli oʻnlikdan oʻrin oldi; 1999-yilda X.da yangi tarz (naqshin bezak yozuvining alifbosini kashf kilib bu sohada yangilik) yaratgani uchun Lohurdagi Xalqaro xattotlar bellashuvida "Parvin raqam" ("Sharq yulduzi") unvoniga sazovor boʻldi. Abdulaziz Mansurov, Islom Mamatov, Salimjon Badalboyev, Gʻafurjon Haqberdiyev va boshqa bugungi kundagi eng mashhur xattotlardir. X. hozirgi kunda Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn intida oʻrgatiladi.

Husnixat (chiroyli yozuv) -chiroyli yozish sanʼati. Arab xati turlari (kufiy, nasx, suls, nastaʼliq va boshqalar) musulmon Sharqining yirik madaniy markazlarida keng tarqaldi hamda taraqqiy etdi. H.ni oʻrganish asosida 2 — "nazariy" (mashhur xat-totlarning yozuvlaridan nusxa koʻchirish) hamda "xayoliy" (turli yozuvlarni oʻrganish va qiyoslash) uslubi yotadi. Xattotning asosiy ish qurollari — qora va rangli siyoh, qogʻoz, qamish-qalam, mistar, davot (qalamdon), juzgir va qalamning uchini tekislash uchun pichoq. Xattotlar matn bilan birga meʼmoriy yodgorliklar (kitobalar), qogʻoz, mato va h.k.ga bezaklar ham yaratganlar. 19-asr oxirlariga kslib .shtografiyaning paydo boʻlishi bilan H.ning ahamiyati pasaya boshladi. 20-asr 2-yarmidan kitobat sanʼatini qayta tiklashga urinishlar H.ning qayta jonlanishini taʼminladi.

Kufiy — xattotlik uslubi; qad. arab yozuvlaridan. Harflar toʻgʻri va doyra chiziklar asosida yoziladi. 7-asrda Yaʼrab ibn Qahton tomonidan (taxminan Kufa shahrida) ixtiro qilingan, 7—10-asrlarda keng qoʻllanilgan. Kufiyda 22 ta harf boʻlib, abjad tartibida joylashtirilgan. Unli tovushlar turli ranglardagi belgilar bilan ifodalangan. Diakritik belgilar ixtiro qilingach (8-asr), harflar soni 28 taga yetkazilgan. K.ning eng qad. namunalaridan biri Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlavayotgan, teriga yozilgan Usmon Qurʼonidir. Qoʻlyozma kitob yozishda asta-sekin Kufiy oʻrnini vasx xati egalladi. Kufiydan, asosan, meʼmorlik (mas, Samarqanddagi Amir Temur, Qozizoda Rumiy maqbaralari kitobalari), amaliy bezak sanʼati, tangalarda, qoʻlyozma kitob sarlavhalari va kitobalarni yozishda foydalanilgan.

Abdumajid Madraimov.3



Nasx — xattotlik uslubi, arab yozuvidagi mumtoz xat uslublaridan biri. 10-asrda kufiy yozuvi zaminida yaratilgan, ixtirochisi Ibn Muqla. Kufiy yozuvini kitobat sanʼatidan butunlay siqib chiqargani uchun shu nom bilan atalgan (Nasx soʻzi "oʻchirish", "bekor qilish" degan maʼnoni anglatadi). Harflarning 4/6 qismi egri va 2/6 qismi toʻgʻri chiziklar asosida yoziladi. Mumtoz xat uslublarida boʻlganidek bu xat uslubida "alif" (I), "dol" (j) va "lom" (j) harflarining turrasi yoʻq, "to" (i) va baʼzan "lom" harfida agar undan keyin "jim" (Ye), "mim" (f), "xr" harflari kelsa, turra boʻladi; "ho" harfi (j.) *. koʻrinishida yoziladi. Asosan qurʼon, hadis, tafsir koʻchirishda qoʻllanilgan, keyinchalik ilmiy va badiiy asarlar ham shu yozuvda bitilgan. Turli xat uslublari ixtiro qilinganiga qaramay, Nasx xati bugungi kunda ham turli mamlakatlar matbuotida keng qoʻllanilmoqda.

Suls, xatti suls — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublari dan biri. Goʻzalligi tufayli "xatlar imomi", deb atalgan. Kufiy xatidan keyin ixtiro qilingan boʻlib, ijodkori Ibn Muqla. Harflarning 4 qismi toʻgʻri, ikki qismi egri chiziqlar dan iborat (nomi ham shundan: S. Soʻzi bir narsaning 1/3 qismi yoki 3-qismi degan maʼnoni bildiradi). Sulsda "alif", "dol" va "lom" harflari gajakli boʻladi, "dol", "re" va "vov" harflari nafis buralma (shamra) bilan tugaydi; soʻz oxirida "ho" harfi choʻziq yoziladi. Suls dastlab rasmiy qujjatlarni yozish, keyinroq Qurʼon koʻchirishda qoʻllanilgan; kitoblardagi shams naqshi ichidagi yozuv, asar nomlari, Qurʼon va hadislardan keltirilgan ibora va jumlalar Sulsda bitilgan. Kitoblarda, maxsus mufradot yoki qitalarda ham qoʻllanilgan. Yoqut Mustaʼsimiy Suls yozuvida maxsus ("Yoqut sulsi" yoki "Yoqut taʼriyqi" deb ataluvchi) uslub yaratgan.


Download 41,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish