XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I BOB. MOVAROUNNAHRDA ARAB YOZUVI HUSNIXATLARI
MOVAROUNNAHRDA ARAB YOZUVLARI
Movarounnahr (arabcha — daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atamadir. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (11 -asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, 11-asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. 11-asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan.
Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari, yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubiy qismi tushuniladi.
Movarounnahr atamasi ilk bor Muhammad haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (milodiy 6-asr) Sosoniylar davlatidan shimoliy-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan. Qadimiy fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy Movarounnahr atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (7-asrning 2-yarmi — 8-asrning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: "ma duna-nnahr", yaʼni "da-ryoning pastki tomoni" va "ma varo-annahr" — "daryoning narigi tomoni". Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 9—10-asrlarda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan Movarounnahr atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari xaqida soʻz yuritganlarida Movarounnahr atamasini juda tor maʼ-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va Movarounnahr yerlaridan tashqari, Hindiston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh).
11-asr boshidan eʼtiboran Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shimoliy Tohariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan.
Shunday qilib, Movarounnahr atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (7-asr gacha), keyin Xuroson (7— 10-asrlarda) undan ham keyin Turkiston (11-asrdan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (12-asrning oxiri — 13-asrning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan "Oʻrta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shimoliy Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Janubiy Tohariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin.
Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki, arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida Qur'on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma'murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha bordi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahr Somoniylar qo‘l ostiga o‘tib, mustaqillikni yanada mustahkamlab oladi. Somoniylar sulolasining eng yirik vakillaridan biri bo‘lmish Ismoil Somoniy kuchli davlat tuzishga harakat qiladi va bu ishni muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqadi. Somoniylar o‘z davlatlarini o‘zlarigacha bo‘lgan sharq davlatlarining boshqaruv an'analarini chuqur o‘rgangan holda, ularga suyanib, zamon talablarini hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar. Movarounnahr deb ataladigan hududda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta'sir ko‘rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. O‘rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan katta e'tibor va nufuzga ega bo‘ldilar. Ahmad, Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, Tog‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi.
arab-kufiy nasx yozuvlari tasviridan foydalanilgan holda bezatildi.
Somoniylar davrida fors- tojik adabiyoti Movarounnahrning adabiy- ma’naviy hayotida muhim o‘rin egalladi. Adabiy jarayon ijtimoiy-tarixiy jarayondan ajralmagan holda rivojlana bordi. Ilm-fan rivoj topdi, Buxoro SHarqning yirik madaniy, hunarmanchilik va savdo markaziga aylandi. Bu haqda as-Saolibiyning “Yatimat at-dahr” asarida qimmatli ma’lumotlar berilgan. X asr va X1 asrning birinchi yarmida badiiy adabiyot rivoj topdi. Biz bu davr adabiy jarayoni haqida o‘z o‘rnida to‘xtalamiz. O‘rta Osiyo madaniy hayotida arab va fors tillaridagi adabiyot muhim rol o‘ynadi. Islomning yoyilishi va O‘rta Osiyoda mustahkam qaror topishida arab tili asosiy rolni o‘ynadi. “Tarixda favqulodda bo‘lgan va biz Uyg‘onish deb ataydigan davrni yaratgan kuchlar” (Konrad) xuddi shu davrda yuzaga keldi. Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalari o‘zlarining amaliy faoliyati, tarix, falsafa, mantiq, shuningdek, aniq fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan O‘rta Osiyo tarixida chuqur iz qoldirdilar.Somoniylar, G‘aznaviylar va Qoraxoniylar davridagi madaniy, ilmiy muhit, jamiyatning yangi bir o‘zanga solinishi natijasida Uyg‘onish davri paydo bo‘ldi. Quyida Uyg‘onish davriga asos solgan O‘rta Osiyo olimlaridan ayrimlarining faoliyati haqida qisqacha to‘xtalamiz. (Uyg‘onish haqida bir-ikki jumla) (metodikasi haqida Qozoqvoy akaning ayrim kuzatishlari bor. Orqaga olib qo‘ydim, bu o‘rinda kerak emas).
Arab istilochilari mahalliy xalqlarni ham majburan islom diniga kiritdilar, mehnatkashlar zimmasiga og’ir soliqlar va jarimalar – xiroj, jizya, zakot yuklatildi, aholining yarim mulki arab qo’shini foydasiga musodara qilindi.
Movarounnahr istilo etilib, xalifalikka qo‘shib olingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islomgana emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat hamda mafkurasi bo‘lgan islom dini tili edi. Shuningdek, hududlari kengayib jahondagi eng yirik davlatga aylangan Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu boisdan kadimiy madaniy an'analarga boy Ajam va Movarounnahrda qo‘p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni o‘zlashgirishta bo‘lgan intilish kuchli bo‘ldi. Islomni qabul qilgan aholining qo‘pchilikka yod arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Kur'oni Karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lsa-da, ammo mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy faoliyatini tiklab, uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar, uni o‘zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda ham hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini yaxshiroq o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ladi. O‘z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ham ilm va ilm ahli suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ayniqsa ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi66 . Shu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo‘q etilib, yerli bilimdonlar quvg‘in ostiga olib turilgan bir paytda bu mamlakatning ko‘pgina tolibi ilmlari xalifalikning markaziy shaharlari — Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar Akademiyasi «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma» da katta kutubxona hamda Bag‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadhonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bi-lan bir qatorda qadimgi yunon, fors va hind olimlarining ulkan merosini to‘plash, asrash va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar. Qariyb ikki asr mobaynida faoliyat ko‘rsatgan jahonga mashhur bu ilmiy dargohning ko‘p sonli olimu fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy, Fazl Navbaxt, Yoqub Kindiy va ko‘pgina boshqalar kabi bir nechta chet tillarni mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar.
IX-XII asrlar ma'naviy hayotida islom dini muhim rol o‘ynaydi. Bu davrda musulmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko‘tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Arab xalifaligining olib borgan siyosati natijasida o‘zining barcha haq-huquqlaridan ajralib, madaniyati oyoq osti qilingan Mo-varounnahr aholisi o‘z e'tiqodi va xatsavodidan mahrum bo‘lib, islom dinini qabul qilishga, shariat ahkomlarini bajarishga, shuningdek, arab tili va yozuvini o‘rganishga majbur bo‘ldi. Ko‘p vaqg o‘tmay e'tiqodli xalq yod arab imlosida xat-savod chiqarishga kirishadi. Masjid va xonaqohlar savod maktabiga aylanib, imomu mutavallilar ustozu muta-kallim vazifasini bajaradilar. Biroq shunisi e'tiborliki, Movarounnahr aholisining murakkab arab imlosini o‘zlashtirib, xat-savodli bo‘lishi uchun hamda fan va davlat tili deb hisoblangan arabiy tilni mukammal o‘rganib, bu tilda asarlar yarata oladigan olim va mutafakkirlarning yerli xalq orasidan yetishib chiqishi uchun qariyb bir yarim asr, ya'ni besh avlodning umri sarf bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, bu davr mobaynida Movarounnahr aholisining ma'naviy va e'tiqodiy hayotida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ma'lumki, ilk islomda jamiyatni hukuqiy va mafkuraviy jihatdan boshqarish faqat Qur'on va hadis asosida olib borilgan. Biroq musulmon jamoalarining barcha huquqiy va axloqiy masalalari Qur'onda qamrab olinmaganligi sababli VII asr oxiri - VIII asr boshlaridayoq hadislarni to‘plab yozish boshlanadi. Chunki hadislar Qur'ondan keyin muqaddas manba hisoblangan. IX-X asr boshlarida islomiyat ulamolari orasida obro‘li deb e'tirof etilgan hadislarning 6 ta to‘gshami yuzaga keladi. Bulardan sunna deb hisoblangan hadislardan «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» eng mo‘tabarlari hisoblanadi. Movarounnahrdan Abu Abdulloh Ismoil al-Buxoriy va Abu Iso at-Termiziy kabi buyuk muhaddislar yetishib chiqqan1
O’zbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor qo’zg’olon ko’tardilar. VIII asrning o’rtalarida bo’lgan Ishoq turk qo’xg’oloni, 769-776- yillari butun Movarounnahrni larzaga solgan Muqanna (783 yili o’ldirilgan) boshchiligida bo’lib o’tgan qo’zg’olon, 806 yili Rafi’ ibn Lays boshchiligida So’g’dda bo’lib o’tgan dehqonlar qo’zg’oloni shular jumlasidandir.
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jihatdan bir xil emasligi, ular o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, yer-suv va boylikning tobora mahalliy boshliqlar qo’lida to’plana borishi va nihoyat, mahalliy aholi va bosqinchilar o’rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi xalq harakatlari va o’zaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu hol, o’z navbatida, arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning zaminida mustaqil mahalliy davlatlar paydo bo’ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Tohiriylar (821 y.), Seistonda Safforiylar (867 y.) va nihoyat, Movarounnahrda Somoniylar (819 y.) hokimiyat tepasiga keldilar. Boshqa o’lkalarda ham shunday ahvol yuz berdi. Qisqasi, 935 yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda o’z siyosiy mavqelarini tamoman yo’qotdilar va nomigagina xalifa bo’lib qoldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |