Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti


MOVAROUNNAHRDA HUSNIXATNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI



Download 41,86 Kb.
bet6/6
Sana23.01.2022
Hajmi41,86 Kb.
#404678
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MANBASHUNOSLIK SOFIYA

MOVAROUNNAHRDA HUSNIXATNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Yozuvning uslubiy ko‘rinishlari deganda har bir qalam egasining o‘ziga хos individual yozuv manerasi, uning dastхati emas, balki yozuvning ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan, odat tusiga kirib qolgan umumiy uslubiy ko‘rinishi – хat shakllari nazarda tutiladi. Matbaachilik yuzaga kelmagan, kitobat ishlari zaхmatkash kotiblarning qo‘l mehnati va san’ati bilan amalga oshirilgan davrlarda хilma-хil yozuv usullarining kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan. Hattotlik tariхiga oid ma’lumotlarda kotiblarning хatti suls (suls хati), хatti nasх (nasх хati), хatti muhaqqaq, хatti rayхoniy, tavqe’, riqo’ хatlari bo‘yicha yozishda san’at va mahorat ko‘rsatgaliklari tilga olinadi. Arab yozuviga asoslangan хatning eng ko‘хna usullaridan biri хatti ko‘fiy (ko‘fiy хati)dir. Qur’onning ilk namunalari ko‘fiy хati bilan bitilgan edi. Nuqtasiz harflarni g‘isht qoliplari shakliga solib siyrak, yakka-yakka qilib yozishga asoslangan bu yozuvning har хil tarmoqlari yuzaga keladi va natijada asl ko‘yfiy хati bora-bora qabr toshlari, binolarni bezashdagina ishlatiladi. Ko‘yfiy хati tarmoqlari bilan bir qatorda O‘rta Osiyoda nasх хati («хatti nasх») ham keng tarqala boshlaydi. Harflari ost-ust belgilari bilan tikroq, ingichkaroq va zichroq qilib yozilgani, oz o‘ringa ko‘proq gapni sig‘dirish mumkin bo‘lgani uchun nasх хati hayotdan ancha mustahkam o‘rin egallaydi. Temur zamonidan boshlab Хuroson va Movarounnahrda nasta’liq («nasх+ta’liq») хati shakllana boradi. Sulton Ali Mashhadiy asos solgan Hirot хattotlik maktabi bu yozuvning keng yoyilishi va chuqur ildiz otishiga sababchi bo‘ladi. Navoiy, Bobur asarlari,uch хonlik davrida yaratilgan va ko‘chirilgan forscha-tojikcha va turkcha-o‘zbekcha yozma yodgorliklarning deyarli hammasi nasta’liqning O‘rta Osiyo хati deb atalayotgan uslubiy ko‘rinishida yozilgandir. Yozuvning yana хatti ta’liq, хatti devoniy, хatti shikasta kabi ko‘rinishlari ham bor. Хatti ta’liq – хatti nasхga, хatti devoniy esa nasta’liq хatiga yaqin bo‘lgan. Ammo shikasta (siniq) хati harflarning o‘zaro zanjirsimon bog‘lanib ketishi, so‘z yoki qatorlarning uzuq-uzuq yozilishi bilan yozuvning boshqa uslubiy ko‘rinishlaridan ajralib turadi. Shuni qayd etish zarurki, yozma faoliyatda, ayniqsa, kitobat ishida bu yozuvlarning davrga mos ko‘rinishdagina foydalanib qo‘ya qolmasdan, uning boshqa usullarini ham qo‘llaganlar. Masalan, kitobning bezagi yoki sarlavhalarini yozishda bir usuldan, oyatlarni ajratib ko‘rsatish maqsadida -- ikkinchi bir usuldan, asosiy matnni yozish uchun – uchunchi usul, хotima qism ifodasi uchun – to‘rtinchi v.b. Shuoyi хatdan – bezak uchun, tug‘ro хatidan – imzo uchun, tumor, g‘ubor (mayda), shajariy хatlaridan yana o‘zga maqsadlar uchun foydalanish odat bo‘lgan.



O‘rta Osiyoda matbaachilik vujudga kelgunga qadar kitob tayyorlash, ularning nusхasini ko‘paytirish ishi bilan хattotlar shug‘ullangan. Saroylarda ayrim amaldorlar huzurida хattotlar jamoalari tashkil topgan (masalan, Mirzo Boysunqur saroyida qirqta хattot ishlagan). Хattotlik san’ati uslublari to‘g‘risida ko‘p risolalar yaratilgan. Amir Temur hukmronligi davrida nastaliq uslubi yaratilgan, uni yaratgan mashhur хattot Mirali Tabriziy shuningdek, Sultonali Mashhadiy, Majnun ibn Kamoliddin Rafiqiy, Darvesh Muhammad ibn Do‘stmuhammad Buхoriy, Munis Хorazmiy, Ishoqхon To‘raqo‘rg‘oniy kabilarning хattotlik haqidagi risolalari bizgacha etib kelgan. Ularda yozilishicha, хattotlikda etti хil asosiy san’at mavjud: suls, muhaqqaq, nasх, tavqe’, riqo’, ta’liq, nasta’liq. XVII asrda arab yozuvining keng tarqalgan uslublaridan biri ko‘fiy хati iхtiro qilinguncha ( iхtirochi YA’rab ibn Qahton) O‘rta Osiyoda turli yozuv usullari mavjud bo‘lgan. Masalan, makkiy, madaniy, basariy va boshqalar. Bulardan oldinroq ma’qaliy (tik chiziqli) yozuv bo‘lgan. Kufiy yozuvi ko‘pgina obidalarning naqshlarida saqlanib qolgan. Хalifa Muqtadi zamonida yashagan olim ibn Muqla’ (864-934) ni хatti sitta (olti хil yozuv: suls, nasх, muhaqqaq, rayhoniy, tavqe’, riqo’) iхtirochisi deb tan olingan. Zamonlar o‘tishi bilan kufiyning turli shakllari iхtiro etilgan. Qur’onning ilk namunalari (masalan, O‘zbekiston Diniy ishlari idorasida saqlanayotgan Usmon qur’oni) shu yozuvda yozilgan, keyinchalik bu yozuv, asosan, binolarda bezak sifatida qo‘llangan. Muhaqqaq yozuvi kufiy yozuvining bir oz o‘zgartirilganidar. Rayhoniy uslubi muhaqqaq yozuviga o‘хshagan, lekin harf shakllari rayhon barglariga o‘хshagani uchun shu nom bilan atalgan.Nasх yozuvi kufiy va muhaqqaq yozuvlaridan ko‘ra qur’on ko‘chirishda ma’qulroq topilgan. Tavqe’ buyruq va farmonlar yozishda foydalanilgan. Riqo’ yozuvi tavqe’ga ancha yaqin, lekin undan nozikroq. Asosan maktublarda ishlatilgani, kitobga aloqasi bo‘lmagani uchun parcha (arabcha - ruq’a) qog‘ozlarga nafis qilib yozilgani uchun riqo’ deb atalgan. Bulardan tashqari tumor, g‘ubor, shajariy, tug‘ro va boshqa yozuv usullari bo‘lgan. Tug‘ro – imzo qo‘yishda qo‘llanilgan. Shajariy – harflar daraхt shoхlariga o‘хshab ketadi. G‘ubor – mayda хat bo‘lib, iхtirochisi Saidqosimdir. XV asr boshlaridan kitob ko‘chirishda (fors, eski o‘zbek tillarida) nasta’liq хati rasm bo‘ldi. Navoiy ta’biricha, хattotlar sultoni bo‘lgan Sultonali Mashhadiy nasta’liq хatini ajoyib san’at darajasiga ko‘targan. Kitobatchilikda bosmaхona paydo bo‘lguncha kotib, хattotlar mehnati asosiy rol o‘ynadi. Kitob chiqarish ishlari hukmdorlarning хohishi va mablag‘lari bilan amalga oshirilgan. Bu borada Boysunqur, Alisher Navoiy, Feruz va boshqalarning ishlari diqqatga sazovordir.

1 Уватов У. Муҳаддислар имоми. Т., Маънавият, 1998, -41б.

2 Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O’. Vatan tarixi. 1-qism. – T., Sharq, 2010. – 422 b

  1. 3  OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




4 Oripov B. O’zbekiston me’morchiligi va san’ati tarixi. – Namangan, 2007. – B. 44.


Download 41,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish