Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti


Monopoliya qarshi kurashish choralari va buni O’zbekistondagi holati



Download 53,49 Kb.
bet29/33
Sana11.01.2022
Hajmi53,49 Kb.
#344022
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
islom iqtisodida monopoliya va raqobat

4.Monopoliya qarshi kurashish choralari va buni O’zbekistondagi holati.

Monopoliyaga qarshi qonunchilik — bu davlatning monopoliya deb atalmish iqtisodni zaiflashtiruvchi kuchga qarshi kurashish siyosatidir. Buni o’ziga xos yo’nalishlari mavjud bo’lib, bu tajribalar davomida sinalgandir. Bular:

  1. Hech bir kompaniyaga ma’lum bir turdagi maxsulotning bozordagi ehtiyojini qoplaydigan 50% ortig’ini nazorat qilish vakolati berilmagan. Shu orqali hozirda butun bozorni egallab olgan firmani faoliyatini nazorat qilish mumkin.

  2. Ma’lum bir korparatsiya a’zolari boshqa bir korparatsiyaning ma’lum bir cheklangan miqdoridan irtiq qismini sotib olmasligi belgilab qo’yilgan. Shu qonun bir kompaniyaning boshqa bir kopmaniyaga bo’gliq tarzda bo’lib qolishini oldini oladi.

  3. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.

Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oldindan shakllanib boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Monopoliyaga qarshi qonunchiliklar va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choratadbirlar har bir mamlakatning o’zligidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli koʻrinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Masalan AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — “Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi”, Rossiyada — “Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash vazirligi”, Yaponiya va Janubiy Koreyada — “Halol raqobat boʻyicha komissiya”, Yevropa Ittifoqida esa — “Raqobat boʻyicha komissiya” tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi organ 1992 yil da Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996 yil 15 mayda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. 2000 yil 2-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi.

Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp tarmoqli iqtisodiy va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.

Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida"gi qonun (1992 yil 3-avgust) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi.

Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolist korxona sifatida olinadi.(oziqovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).20

Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan:

a) monopol mavqedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qoʻyish;

b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan monopolik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to’gʻrisida" (1996 yil 26-aprel) qonuni asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistak faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" qonuni (1996 yil 27 dek) monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilishning oldini olish va monopoliyadan chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini koʻzlaydi.



Monopoliyaga qarshi kurashishda yuqoridagi qonunlar tayanch vazifa tarzida ish bajaradi. Ba’zi amaliy ishlar yordamida monopol korxona yoki kompaniyaning faoliyatiga ta’sir ko’rsatgan holda, uni doirasini qisqartirishiga yordam beradi.

Download 53,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish