Ўзбекистон темир йўллари



Download 6,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana22.06.2022
Hajmi6,86 Mb.
#691003
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
e91ix3sh2tyypn0jsw1ps0mred92yc2h (1)

Dilorom ALIMOVA
ENERGETIK ICHIMLIKLAR HAQIQATDAN 
HAM ENERGIYA BERADIMI?
HARAKAT XAVFSIZLIGI
BIR INSON HAYOTI 
SAQLAB QOLINDI
ular orasida umrida poyezdga chiqmagan, sayohat qilmaganlari ham bor 
Bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” 
aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona, 
tashkilot, boshqarma va muassasalarda 
mehnat qilib kelayotgan bir qancha 
temiryo‘lchi ayollar “Ayollar daftari”ga 
kiritilgan.
Hatto ularning ayrimlari tug‘ilib o‘sgan shahar 
yoki qishlog‘idan boshqa joyni ko‘rmagan. Chunki 
farzandlarni tarbiya qilish, ularni boqish va uy-ro‘zg‘or 
tashvishlari sabab yurtimizning go‘zal va tarixiy 
shaharlarini ziyorat qilishga vaqti ham, ortiqcha chiqim 
qilishga pullari ham yo‘q.
Tizimda o‘z mablag‘idan sayohat qilishga imkoniyati 
yo‘q ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har jihatdan 
moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, og‘irini yengil qilish 
borasida temir yo‘l rahbariyati tomonidan qator ijobiy 
ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. 
O‘zbekis
t
on Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy 
tashkiloti hamda “Temir yo‘l kasaba servis” mas’uliyati 
cheklangan jamiyati hamkorligida “Ayollar daftari” 
ro‘yxatiga kiritilgan sharoiti o‘ta og‘ir bo‘lgan 42 nafar ayol 
uchun qadimiy Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.
13-may kuni soat 21:00da “Toshkent-Janubiy” 
temir yo‘l vokzalidan maxsus ajratilgan vagonlarga 
barcha ayollar joylashib, qadimiy Xiva shahri tomon yo‘l 
olindi. O‘sha kuni ularning qalbidagi his-hayajonni yuz-
ko‘zlaridan anglash mumkin edi. Vagon bo‘ylab aylanib, 
ayollardan hol-ahvol so‘rab yurganimizda vagon 
o‘rindig‘ining bir chetida o‘tirgan “Sharg‘unko‘mir” 
aksiyadorlik jamiyati farroshi Zulayho Husanovaga 
ko‘zimiz tushdi. Uni suhbatga chorladik.
– Turmush o‘rtog‘imning vafotidan so‘ng uch nafar 
farzandimni o‘zim tarbiyalab kelmoqdaman, – deydi 
Zulayho opa. – O‘ylab qarasam, shu kungacha biror 
marta ham bunday poyezdga chiqmagan va bu kabi 
qadimiy shaharlarga sayohat va ziyorat uchun bormagan 
ekanman. Biz, ayollarni qadrlab, o‘zimizga bo‘lgan 
ishonchimizni yanada orttirishda ko‘makdosh bo‘layotgan 
temir yo‘l rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. 
Shu tariqa tunni tongga ulab, soat 11:10da Xiva 
shahriga yetib bordik. Ko‘rkam va mahobatli “Xiva” 
vokzalida barcha sayyohlarni karnay-surnay sadolari 
os
t
ida qarshi olishdi. Shu alfozda yo‘lak bo‘ylab, 
“Xiva lokomotiv” mehmonxonasi tomon yo‘l oldik. 
Mehmonxonaga borib joylashgandan so‘ng tushlik tashkil 
etildi. So‘ng esa 24 gektar maydonda joylashgan qadimiy 
Xiva qal’asiga sayohat boshlandi. Bizga yo‘lboshchilik 
qilgan gid yordamida “Ichan qal’a”, Ko‘hna ark saroyi, 
Tosh-hovli me’moriy yodgorlik majmuasi, Islom Xo‘ja,
Muhammad Aminxon, Muhammad Rahimxon madrasalari 
hamda Pahlavon Mahmud maqbarasiga sayohat qilindi. 
Shu alfozda ikki kun qanday qilib o‘tganini ham sezmay 
qolibmiz. U yerda jonlantirilgan tarixiy shaxslar hamda 
shu kungacha saqlanib kelinayotgan yodgorlik buyumlari 
barchani e’tiborini birdek tordi.
– Go‘yoki, o‘zimizni xorijdan kelgan sayyohlardek 
his etayapmiz, – deydi Andijon bekati birlashgan 
shifoxonasi hamshirasi Fazilat Rasulova. – To‘g‘risini 
aytsam, qalbim olam hayajonga to‘lgan. Bunday 
qadimiy shaharlarga bir kun boraman, avlod va 
ajdodlarimiz yashab o‘tgan qadimiy binolarni, osori-
atiqalarni o‘z ko‘zim bilan ko‘raman deb sira ham 
o‘ylamagan edim. Qolaversa, turmush tashvishlaridan 
orttirib, bunday qadimiy shaharlarga chiqishning sira 
ham iloji yo‘q. Ikki nafar farzandimni yakka-yolg‘iz 
o‘zim ishlab, tarbiyalamoqdaman. Ularni hamon o‘qib, 
bilim olishga, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga, 
ayniqsa,O‘zbekis
t
on 
t
arixini yaxshi bilishga chorlayman. 
Bu sayohatdan o‘zimga kerakli bo‘lgan ko‘pgina 
ma’lumotga ega bo‘ldim, farzandlarimga ham borishim 
bilanoq so‘zlab berish niyatidaman.
Olam-olam taassurotlar bilan azim Toshkent tomon 
yetib kelgan ayollarning barchasi bir ovozdan temir yo‘l 
rahbariyati va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini 
bildlirishdi va bu kabi qadimiy shaharlarga yana 
shunday sayohatlar uyushtirilishini aytib o‘tishdi.
Feruza XUDOYQULOVA

Download 6,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish