Hulkar HOTAMBOYEVA
MA’NAVIYAT SOATI
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati
boshqaruv raisining 2022-yilning 5-mayidagi
396-N-sonli buyrug‘iga muvofiq haftaning har
juma kuni Davlat tilini rivojlantirish va ma’naviy
va ma’rifiy ishlar samaradorligi bo‘limi tomonidan
“Ma’naviyat soati” tashkil etilib, unda bugungi
kunda jamiyatimizda uchraydigan illatlar, inson
ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar
to‘g‘risidagi suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda.
13-may kuni soat 15:00da bo‘lib o‘tgan navbatdagi
“Ma’naviyat soati” “Energetik ichimliklarning inson
salomatligiga ta’siri” mavzusiga bag‘ishlandi.
Bu ichimliklarning savdo olamiga kirib kelganiga unchalik
ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Lekin aholi orasida, ayniqsa,
o‘smirlar orasida energetik ichimliklarga ishqibozlar kun
sayin ortib boryapti. Chunki yoshlarimiz imtixonlar, uyqu,
tushkunlikka tushish kabi muammolarni bu kabi ichimliklar
tez hal qiladi, deb o‘ylashadi. Ammo qisqa muddat kuch-
quvvat bag‘ishlab, keyin nojoiz asoratlarga olib keladigan
bunday tetiklik qimmatga tushmayaptimikan?
Bugungi kunda do‘konlarimizda doimiy o‘z joyiga ega
bo‘lib ulgurgan Red Bull, Jaguar, Burn kabi energetik ichimliklar,
ular haqiqatan ham reklamada ta’kidlanayotganidek insonga
quvvat beradimi, salomatligimiz uchun zarari bormi-yo‘qmi?!
Tadbirda ushbu savolga keng qamrovli javob berildi.
Ta’kidlandiki, insoniyat azaldan qo‘shimcha quvvat
beradigan mahsulotlarni izlagan va tanavvul qilgan.
Masalan, eng keng tarqalgani – hammamizga yaxshi tanish
bo‘lgan qahva, achchiqqina damlangan qora choy, jenshen
o‘simligi ildizidan tayyorlangan damlamalar va hokazo.
So‘zga chiqqanlar tomonidan energetik ichimliklarni
umuman is
t
e’mol qilmagan afzal, ularning o‘rniga qahva,
choy yoki ma’danli suv is
t
e’mol qilinsa, foydadan xoli
bo‘lmaydi degan fikrlar aytildi. Chunki shifokorlarning
ta’kidlashicha, quvvat beruvchi ichimliklarni ko‘p miqdorda
is
t
e’mol qilish uyqusizlik, bezovtalik, yurak ritmining
buzilishi, qon bosimining ko‘tarilishi natijasida tushkunlikka
tushish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Bundan tashqari,
bu ichimliklarga bog‘lanib qolish xavfi ham bor. Imkon
qadar ularni ichmaslikka harakat qilish, is
t
e’mol miqdorini
cheklash kerak.
Foydali miqdor: har 10-15 kunda 1 dona qadoqdagi
ichimlikni ichish, ya’ni bu ko‘rsatkich 0,5 litrdan oshmasligi
lozim. Salomatlikning qadriga yetish, organizmimiz uchun
faqat foydasi bo‘lgan mahsulotlarni is
t
e’mol qilish o‘ta
muhim. Bu borada inson o‘ta ehtiyotkor bo‘lgani ma’qul.
Ma’naviyat soati qiziqarli tarzda o‘tib, yig‘ilganlar o‘zlarini
qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |