σ
bt
≤0,4R
bt‚ser
kuchlanishlar ruhsat etiladi; 2v
toifasi (sterjenli armaturali temir yo’l oraliq qurilmalari uchun, to’sin
qovurg’asi bundan istisno) –
σ
bt
≤1,4R
bt‚ser
. Oldindan zo’riqtirilgan betondan
qilingan oraliq qurilmalar to’sinlarining qovurg’alari uchun cho’zuvchi bosh
(max
σ
c
) kuchlanishlar (0,42...0,68)R
bt,ser
dan oshmasligi kerak. R
bt
,
ser
oldida
turgan koeffitsiyent bosh siquvchi (
σ
mc
) kuchlanishlarning beton siqilishdagi
50
R
b‚mc2
hisobiy qarshiliklariga nisbatiga bog’liqdir. Yoriqbardoshlikning 2b, 3a
va 3v toifalari bo’yicha loyihalanayotgan temir yo’l ko’priklarining oraliq
qurilmalarida ko’ndalang yoriqlarning shakllanishiga yo’l qo’yiladi; biroq,
qisman oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarida ularning ochilishi cheklanadi.
2.20-rasmda yoriqbardoshlik toifalarining sxemasi berilgan. Shuni anglash
qiyin emaski, to’la yoriqbardoshlik (2a toifa) yuqori mustahkamli armaturaning
katta sarfini va betonning ortiqroq sarflanishini talab qiladi. Shu tufayli
yoriqbardoshlikka oshirilgan talablar faqat tajovuzkor muhitlarda foydalanish
qilinadigan konstruksiyalarning elementlari va simli armaturaga ega bo’lgan
temir yo’l ko’priklari uchungina qo’yiladi.
2.20-rasm.
Тo’sin balandligi bo’yicha normal kuchlanishlarning epyuralari:
a – ko’ndalang kesim; b – tashqi yuklar epyurasi; v – oldindan zo’riqtirish epyurasi;
g – yoriqbardoshlikning 2a toifasi uchun jamlanma epyura; d – shunga o’xshash,
yoriqbardoshlikning 2v toifasi uchun
Vatanimizda diametri 5 mm bo’lgan simdan qilingan o’ramlar
ko’rinishadagi armatura eng ko’p tarqalishga ega bo’ldi
. Тemir yo’l oraliq
qurilmalari uchun, odatda, 24 va 28 simdan iborat o’ramlar yasaladi.
Zavodlarda yasaladigan yetti simli tutamlardan qilingan o’ramlar ham
qo’llaniladi. O’ramlarni betonda MТA ning karkas-sterjenli ankerlari
yordamida ankerlanadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan
qovurg’ali oraliq qurilmaning umumiy ko’rinishi 2.21-rasmda keltirilgan.
Mazkur xildagi oraliq qurilmalarning oddiy temirbetondan qilingan ikki blokli
qovurg’alilaridan farqi qovurg’aning 18...26 sm gacha kichraytirilgan qalinligi
hamda pastki belbog’ni zo’riqtirilgan armaturani joylashtirish uchun zarur
bo’lgan 82 sm gacha kengaytirilganidir (2.22-rasm).
51
2.21-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan qovurg’ali oraliq qurilma
Yakka to’g’ri chiziqli armaturada to’sinning konstruksiyasi eng sodda
chiqadi (2.22,a-rasm). Biroq, yasalish va montaj qilish tajribasi shuni
ko’rsatdiki, oraliq qurilma betonining tepadagi fibralarida sezilarli cho’zuvchi
kuchlanishlar paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun keyinroq loyihalangan
oraliq qurilmalardagi to’sin plitasida ikkitadan o’ram qo’yiladigan bo’lindi
(2.22,b-rasm). Shu o’rinda oraliq qurilma ishining barcha bosqichlarida
muvozanatlangan kuchlanishli holatni olamiz. Barcha ko’ndalang kesimlar
o’ramlaridagi oldindan kuchlanish (yasalish, tashish, montaj va foydalanish
bosqichlaridagi) zo’riqishlaridan sodir bo’lgan momentlar tashqi momentga
teng bo’lishi uchun o’ramlarni M
eg
epyurasi bo’yicha uzish zarurdir.
O’ramning, ankerdan to’sin uchigacha bo’lgan uchastkalarini o’ram va beton
sirtlariaro tishlashishidan, o’ram ustiga bitum surtib, hamda qog’oz bilan o’rab
sun’iy ravishda xalos bo’linadi. Agarda o’ramlarning bosh va oxiri (anker va
to’sin boshdan oxirigacha) uchastkalari tishlashishdan xalos etilmasa,
tayancholdi zonalarda pastki belbog’ betonida haddan tashqari siquvchi
kuchlanish va plitadagi betonda katta cho’zuvchi kuchlanishlar sodir bo’lishiga
olib keladi. Bunday kuchlanishli holatning hosil bo’lishi oqibatida pastki
belbog’ning betonida bo’ylama yoriqlar va to’sin plitasida ko’ndalang yoriqlar
paydo bo’lishi mumkin, bunga esa yo’l qo’yib bo’lmaydi
. Тo’g’ri chiziqli
gorizontal o’ramlar ko’ndalang kuchlarga ishlamaydi, shu tufayli yirik
uzunlikdagi to’sinlar uchun tayancholdi zonalari qovurg’alaridagi cho’zuvchi
bosh kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida poligonal o’ramlar qo’llaniladi
(2.22,v-rasm). Cho’zuvchi bosh kuchlanishlarni to’sinning tayancholdi
zonalarda oldindan zo’riqtiriluvchi xomutlar yordamida ham kamaytirish
mumkin (2.22,g-rasm).
52
2.22-rasm.
Тo’sinlarni zo’riqtirilgan armatura bilan armaturalash sxemalari
Shu o’rinda, agarda xomutlarning yo’nalishi qovurg’adagi cho’zuvchi bosh
kuchlanishlar yo’nalishi bilan mos tushgandagina ularning olmilkorligi
ortiqroqdir. Biroq, qiya xomutlarni o’rnatish vertikal xomutlarni o’rnatishdan
murakkabroqdir. Uzil-kesil qarorni armaturalashning har bir variantini
taqqoslashdan so’ng qabul qilinadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan
qilingan to’sinni zo’riqtirilmaydigan armatura bilan armaturalash xuddi oddiy
temirbetondan qilingan to’sinlardagidek bajariladi. Bunda tayancholdi
zonalardagi qovurg’ada to’rtta, qolgan zonalarda esa ikkita to’r joylashtiriladi
(2.23-rasm).
Ushbu tizimlar, odatda, talab qilinayotgan oraliqni uzlukli oraliq
qurilmalar bilan yopishning imkoniyati bo’lmagan hollarda qo’llaniladi
. Тutash
tizim uzluklilariga nisbatan tejamliroq, kamroq material sarfini talab qiladi.
Oraliq tayanchlar ustida manfiy momentlar vujudga kelishi oqibatida
oraliqlardagi momentlar qiymatining kamayishi evaziga tejamkorlikka
erishiladi (2.23,b-rasm). Qaralayotgan tizimlarning afzalligi oraliq qurilma
salqilik chizig’ining ravonligi va vertikal deformatsiyaning kamroqligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |