3
BOB I
. ТEMIR VA AVTOMOBIL YO’LLARIDAGI KO’PRIKLAR
1.1. Тemirbeton ko’priklarning qo’llanish sohasi, asosiy tizimlari va
materiallari
Тemirbeton ko’priklarning tavsifi va qo’llanish sohasi. Тemirbeton
nafaqat ko’priklarda, balki boshqa sun’iy inshootlarda ham keng ko’lamda
qo’lanilmoqda. Hozirgi kunda temirbeton eng muhim materiallardan bo’lib,
yig’ma temirbeton esa zamonaviy industrial qurilishning asosini tashkil qiladi.
Oddiy armaturali (oldindan zo’riqtirishsiz) temirbeton ko’priklarning oraliq
qurilmalarining cho’zilish zonasida sodir bo’lgan deformatsiyalar foydalanish
bosqichida betonning chegaraviy cho’ziluvchanligidan ortiq bo’lgan hollarda
yoriqlar paydo bo’ladi. Buning oldini olish uchun yoriqlarning ruhsat etiladigan
chegaraviy ochilish o’lchami cheklanadi. Shu o’rinda ishchi armatura sifatida
yuqori mustahkamli po’latni ishlatish imkoniyati yo’q bo’lib, tejamliroq va
yengilroq temirbeton konstruksiyaga erishish iloji bo’lmaydi. Yoriqlarning
ochilishi chegaraviy qiymatlaridan ortiqroq bo’lgan holatlarda, ko’pdan-ko’p
turli-tuman shakllar olish imkonini beribgina qolmay, yuqori mutahkamli
materialllarni ishlatish imkoniyatini yaratadigan oldindan zo’riqtirilgan
temirbeton konstruksiyalarni qo’llamoq lozim bo’ladi. Oddiy temirbetonda
cho’zilish zonasidagi beton asosan po’lat armaturani muhofazalash uchun
zarurdir.
Oldindan
zo’riqtirilgan
temirbeton
konstruksiyalarda
po’lat
armaturaning o’rni betonning cho’zilgan zonasini doimiy siqilishga duchor qilib
turishdadir. Sindiruvchi yuklarga yaqinlashgan sari oldindan zo’riqtirilgan
armatura xuddi oddiy temirbetonli konstruksiyalardagi kabi ishlaydi. Betonda
oldindan zo’riqishni sodir qilish uchun yuqori mustahkamlikka ega simli yoki
sterjenli armatura (vaqtincha qarshiligi 1000 MPa gacha) qo’llaniladi. Yuqori
mustahkamli armaturani zo’riqtirish po’latni 1,5 – 2,5 barobar tejash imkonini
beradi. Shu o’rinda betondagi cho’zuvchi bosh kuchlanishlarning kamayishi
evaziga uni ham tejashga erishiladi.
Тemirbeton ko’priklarning eng yaxshi variantini qidirishning asosiy
mezoni uning narhi va ekspluatatsion xossalaridir. Kichik oraliqlar uchun
temirbeton oraliq qurilmalar metall oraliqlaridan tejamliroqdir. Oraliqlari 27,6
m gacha bo’lgan temir yo’l ko’priklari uchun, zavod va poligonlarda industrial
usulda yasaladigan turkumiy (bit xil tipdagi) temirbeton oraliq qurilmalar keng
miqyosda qo’llaniladi. O’rta va katta ko’priklar individual loyihalar bo’yicha
quriladi
. Тemirbetonning asosiy afzalliklaridan biri ko’priklar elementlarini
ixtiyoriy tarhli ko’ndalang kesimli qilib yasash imkoniyati mavjudligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: