industriallashning asosiy yo’nalishi yig’ma konstruksiyalarni qo’llashdir.
birgalikdagi ishini to’la ta’minlaydigan montaj choklarining, shuningdek
namo’tkazmaslik va umrboqiyliklarning mavjudligidir. Choklarni loyihalashda
ularning konstruksiyasi soddaligiga, o’rnatishdagi mehnat sarfining iloji boricha
kamligiga, konstruksiyani turli ob-havo hamda harorat sharoitlarida, ayniqsa,
to’sinlardan montaj qilinadigan ko’priklarning oraliq qurilmalarida choklarning
turli xillari qo’llaniladi. Qatnov qismi plitalarining bo’ylama choklari (2.47,a-
choklarni betonlab bajariladi. Bir tomonlama bog’lovchi payvandli chokning
momentlarni ishonchli qabul qiladi, biroq, uning o’rnatilishi armatura uchlarini
74
rasm).
2.47-rasm. Qatnov qismi plitasi armaturasining choklari: 1 – plita bloklari;
2 – quymalash betoni; 3 – spiralsimon armatura
Shu o’rinda armatura chiqarmalari uni diametrining 15 barobaridan kam
bo’lmagan uzunlikka ega bo’lishi va to’g’ri ilmoqlar bilan tugallanishi kerak,
ilmoqlar diametri esa to’g’ri o’rnatma uzunligi ilmoq diametridan kam
bo’lmaganida, armatura diametrining kamida 10 barobariga teng etib qabul
qilinadi. Choklar tutashayotgan elementlar betoni sinfidan past bo’lmagan sinfli
beton bilan yaxlitlanadi. Plitalarning ishonchli birikishini ko’ndalangiga
siqiladigan chokni qo’llab yaratish mumkin. Ushbu holatda choklar, plitalar
ichra ko’prikning o’qiga ko’ndalang yo’nalgan, berk yoki ochiq kanallarda
joylashtiriladigan oldindan zo’riqtirilgan armatura bilan siqiladi.
Тemir yo’l oraliq qurilmalari, ayrim bloklardan montaj qilinadigan ballast
koritasi plitasining bo’ylama choklari ko’pchilik hollarda yaxlitlanmaydi.
Bunday chokni uzunligi 15 m dan ortiq bo’lgan plitali oraliq qurilmalarda yoki
plitali oraliq qurilmalarning egrilarida joylashishida birlashtirish maqbuldir.
Ballast koritasi plitasining eng oddiy birlashmasi tutashayotgan qirg’oqlardagi
bo’ylama tuynukni beton bilan to’ldirish yo’li bilan bajariladigan shponli
chokdir (2.47,g-rasm). Shponchalarning qirqilishga ishini yaxshilash uchun,
bo’ylama tuynukka spiralchimon armatura o’rnatiladi. Bunday chok bloklarning
vertikal yo’nalishda o’zaro siljishiga to’sqinlik qiladi, biroq, cho’zuvchi
kuchlanishlarni qabul qila olmaydi. Plitalarning, oraliq qurilmalarning barcha
xillarida muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan quruq bo’ylama choklari istiqbollidir.
Тemir yo’l oraliq qurilmalarida plitalarni quruq bo’ylama chok bilan
birlashtirish ko’ndalang kesimni P-simon romga aylantiradi, bu esa
diafragmalardan
voz
kechish
imkonini
beradi,
hamda
to’sinlarning
qovurg’alariga burovchi momentning ta’sirini sezilarli kamaytiradi. Bundan
tashqari, plitalari quruq bo’ylama chokli qutisimon oraliq qurilmalarni yaratish
imkoniyati paydo bo’ladi.
Ikkita qo’shni plitalarning quruq bo’ylama choki qator payvandli
birikmalardan – bir-biridan teng-barobar masofada joylashgan shponkalardan
75
iboratdir (2.48-rasm). Shponkali birikma, montaj mobaynida ponasimon po’lat
o’rnatmalarni payvandlab biriktiriladigan ikkita yarimshponkadan (oldindan
o’rnatiluvchi po’lat plastinalar) iborat. Yarimshponkalarning listlari plita
tekisligiga 60° burchak ostida og’dirilgan va plitaning armaturasiga kontaktli-
yoysimon payvandlov vositasida uchma-uch payvandlangan. Payvandli
shponkali chokning konstruksiyasi plitalarni tutashtirishdagi ehtimoliy
noaniqliklarni yaxshi kompensatsiyalaydi va ixtiyoriy ko’rinishdagi ta’sirlarni
ishonchli qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: