«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Gidroizolyatsiya  va  suv  qochiruv



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/73
Sana07.06.2021
Hajmi1,45 Mb.
#65818
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
koprik va quvurlarni loyihalash va qurish

Gidroizolyatsiya  va  suv  qochiruv. 

Тemirbeton  ko’priklar  elementlarining 

umrboqiyligini  ta’minlash  uchun,  ularning  konstruksiyasi  himoyalangan 

bo’lishi  kerak.  Suvning  betonga  uzoq  vaqt  ta’sir  qilishi  uning  tarkibidan 

ohakning  sho’rlanib  yuvilib  ketishiga  olib  keladi.  B  esa  betonning 

mustahkamligini  pasaytiradi  va  uning  asta-sekin  buzilishiga  olib  keladi; 

ayniqsa,  bu  ketma-ket  muzlab-erish  sharoitida  ro’y  beradi.  Betonni  suv 

ta’siridan 

muhofazalash 

uchun, 


ballast 

koritasining 

sirti 

bo’ylab 


gidroizolyatsiya o’rnatiladi (2.44-rasm). 

 

 



 

2.44-rasm. Ballast koritasining gidroizolyatsiyasi: a – ko’ndalang kesim;  



bv – va II tugunlarda izolyatsiyaning chekkalarini mahkamlash 

 

Suvni oqib ketishi uchun, plita sirti nishab qilinadi. Izolyatsiyaning 



chekkalari bortchalarning mahsus botiqlarida mahkamlanadi. Ballast 

koritasining gidroizolyatsiyasi barcha izolyatsiyalanayotgan sirt bo’ylab 

namo’tkazmaydigan, suv, bio-  va kimyoviy, issiqlik hamda sovuqga bardoshli 

bo’lishi va vaqt bo’yicha hamda hisobiy haroratlar intervalida elastik bo’lishi, 

betonning izolyatsiyalanayotgan sirtida yo’l qo’yarli darajada ochilgan yoriqlar 

vujudga kelganida o’z yaxlitligini saqlay olishi kerak. Gidroizolyatsiya sement-

qumli qorishmadan yoki mayda zarrali betondan qilingan tayyorlov 

(barobarlashtiruv) qatlamiga yotqiziladi. Gidroizolyatsiyani yotqizishdan avval 

tayyorlov qatlami gruntovka bilan qoplanadi. 

Qurilish hududi iqlimiy sharoitlardan kelib chiqib gidroizolyatsiyaning har 

xil  turlari  qo’llaniladi.  BM-1  indeksiga  ega  bo’lgan  bitum  mastikali 

gidroizolyatsiya  barcha  iqlimiy  zonalarda  qo’llanishi  mumkin.  U  qaynoq 

holatda  surtiladigan  bitum  mastikasining  uch  qatlamidan,  hamda  shishamato 

yoki  zig’ir-jun-kanop  matosidan  qilingan  armaturalovchi  materialning  uchta 

qatlamidan iboratdir. (2.45,a-rasm).  

Bitum mastikasining oxirgi (pardozlov) qatlamiga sement-qumli qorishma 




 

72 


yoki maydazarrali betondan qilingan, hamda diametri 2 – 4 mm bo’lgan simdan 

yasalgan, katagining o’lchami 45...75  mm  bo’lgan to’r bilan armaturalangan 

himoyalov qatlami yotqiziladi. Himoyalov qatlamining tayyor sirtiga bitum 

gruntovkasi surtiladi. Izol rulonli gidroizolyatsiya  (indeksi IR) rulon 

qatlamlariaro yopishtiriladigan, armaturalovchi ora qatlam bilan 

mustahkamlanadigan negizsiz rulonli izol va sovuq mastika asosida bajariladi. 

(2.45,b-rasm). 

 

 



 

2.45-rasm. Izolyatsiyani o’rnatish variantlari: – bitum mastikali (BM-1);  



b – rulonli izolyatsiya (IR); 1 – himoyalov qatlami; 2 – bitum gruntovkasi;  

– bitum mastikasi; 4 – armaturalovchi material; 5 – izolli gruntovka;  

6 – rulonli izol; 7 – izolli mastika 

 

O’ta og’ir iqlimli hududlar uchun, rezinasimon rulonli gidrizolyatsiya ham 



qo’llaniladi  (indeksi  RPR).  Uni  izolyatsiyalanayotgan  sirtga,  tarkibiga  texnik 

rezina,  vulkanizatsiyalangan  butizol  va  armogidrobutil  kiradigan  rulonli 

materialning  ikkita  qatlami  oldinma-ketin  yopishtirib  bajariladi.  Yelimlovchi 

tarkiblar  sifatida  MBB  xilidagi  sovuq  mastikalar  qo’llaniladi.  Ballast 

koritasidan  suvni  qochirish  plitalarning  tashqi  chetlari  oldida  joylashgan  suv 

qochirish  quvurcha-novlari  orqali  amalga  oshiriladi  (2.46,a-rasm).  Diametri 

kamida  15  sm  bo’lgan    quvurchalar    cho’yandan    bajariladi    va    suv    yig’ish  

yuzasining    1    m

2

  ga  quvurcha ko’ndalang kesimi yuzasining 5  sm



2

  ini 


ta’minlaydigan qilib qadamlab joylashtiriladi. Quvurchalar teshiklarga ega 

bo’lgan  cho’yan  qopqoqchalar  bilan  berkitiladi.  Тo’sinlarni  stropovkalash 

uchun  ballast koritasi plitasida, sidra yaxlit qopqoqchalar bilan berkitiladigan 

teshiklar yaratiladi (2.46,b-rasm). 

Suv qochirish va stropovkalash quvurchalarining beton bilan tutashuv 

joylari ishonchli tarzda gidroizolyatsiyalangan bo’lishi kerak. Izolyatsiyaning 

buzilishi betonning sho’rlanishiga va oqma dog’larning paydo bo’lishiga olib 

keladi. Suv qochirishning yomonlashishi sifatsiz ballastdan foydalanish va 

undan foydalanish mobaynida uning ifloslanishi bilan bog’liqdir. Suv qochirish 

va stropovkalash teshiklari izolyatsiyalash qatlamining yaxlitligini buzadi va 

konstruksiya umrboqiyligining kamayishiga sababkor bo’lishi mumkin. 

Ko’priklarning plitali oraliq qurilmalarida va stansiyaga oid yo’l 




 

73 


o’tkazgichlarning konstruksiyalarida so’nggi yillarda qo’shni bloklar aro 

tirqishlarga suv qochirish moslamalari o’rnatiladigan bo’ldi. Ushbu maqsadda 

plitalarning yuzasiga yo’l o’qiga qarata ko’ndalang nishablik beriladi. 

 

 



 

2.46-rasm. 

Тeshiklar atrofidagi izolyatsiya: a – suvqochirish quvurchasi;  

b – stropavkalash teshigi; 1 – cho’yan quvurcha; 2 – og’iz; 3 – zichlovchi stakan;  

4 – teshikli qopqoqcha; 5 – armaturalangan himoyalovchi qatlam;  

6 – gidroizolyatsiya; 7 – tayyorlov qatlami; 8 – sidra yaxlit qopqoqcha 

 


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish