o’rtasidagi balandligi uzluklilardagiga qaraganda kamroq qabul qilinishi
54
mumkin. Odatda, u oddiy temirbetonli to’sinlar uchun (1/10
...1/20)
l, oldindan
zo’riqtirilgan temirbetonli to’sinlar uchun (1/16...1/40)l chegarasida belgilanadi.
Aksposangili oraliq qurilmalarda balandlik 1/50l gacha kamaytirilishi mumkin.
Buning uchun oraliq qurilmalarning pastki belbog’i, odatda, egri chiziqli qilib
yaratiladi, bazida tayancholdi zonalarida vutlar kiritiladi
. Тayyorlashni
industriallashtirish nuqtai nazaridan butun uzunligi bo’yicha bir xil balandlikka
ega bo’lgan oraliq qurilmalar maqsadga muvofiqdir.
Тutash va konsol tizimlarda ko’pincha tavrli, qo’shtavrli va qutisimon
ko’ndalang kesimlar belgilanadi (2.25-rasm
). Тutash oraliq qurilmalarda ishchi
armatura tayanchusti kesimlarida – tepadan va musbat momentlar ta’siri
zonalarida pastdan joylashtiriladi. Oddiy temirbetonli oraliq qurilmalar davriy
profilli sterjenlar bilan armaturalanadi. Ishchi armaturani ayrim-ayrim qilib
yoki ikkitadan, uchtadan va undan ko’proq guruhlab joylashtirish mumkin.
2.25-rasm.
Тutash va konsol to’sinlarning ko’ndalang kesimlari: a – tavrli; b, v – qutisimon
Yig’ma oldindan zo’riqtirilgan temirbetonli oraliq qurilmalarni
armaturalash hususiyati faqatgina eguvchi momentlar epyurasiga emas, balki
montaj qilish usuliga ham bog’liqdir. Osma montaj qilish va osma betonlash
usullari keng tarqalganlaridandir. Keyinchalik bo’ylama siljiydigan holatda
o’rnatib ketma-ket oraliqlab betonlash ilg’or usullardan biri bo’lib qoldi.
Siljitish qadami – 20...25 m.
O’ramli armatura berk yoki ochiq kanallar ichra joylashtiriladi.
Ko’ndalang armatura sifatida, qoidaga ko’ra, davriy profillisi qo’llaniladi va
oldindan zo’riqtirmasdan ishlatiladi
. Тaqsimlovchi bo’ylama armatura sifatida,
qoidaga ko’ra, diametri 10...12 mm li silliq A-I sinfli armatura qo’llaniladi.
Oddiy va oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan yig’ma elementlar
55
kombinatsiyasidan qilingan tutash tizimlar yaratish hollari ham ma’lum.
Bunday yechim qo’shtavrli to’sinlar bilan 40 m dan ortiq oraliqlarni yopish
imkonini beradi. Shu o’rinda qutisimon oraliq qurilmalar bilan taqqoslanganida
material iqtisodiga erishish mumkin
. Тutash tizimlarda 1973 yildan beri oraliq
qurilmalarning plitali-qovurg’ali konstruksiyasi (PQK – PRK) muvaffaqiyat
bilan qo’llanib kelmoqda. Ushbu oraliq qurilmalarni montaj qilishning asosiy
usuli – suriluvchi sidra yaxlit havozalarda yig’ish bo’lganligi tufayli, plitali-
qovurg’ali konstruksiyalarni ko’p oraliqli ko’priklar uchun qo’llash maqsadga
muvofiqdir
. Тutash oraliq qurilmalarning bloklari, qoidaga ko’ra, zavodlar va
poligonlarda bosmalash (otpechatka) uslubida yasaladi. Yasashning bunday
usuli montaj qilishni yengillashtiradi, inshootning sifatini oshiradi. Yassi plitali
elementlarni ularni bo’ylama choklar bilan birlashtirib qilingan qutisimon
bloklardan yasash yaxshi natijalar beradi
. Тutash oraliq qurilmalarni osma
betonlash usuli osma montaj qilishdan ko’ra kamroq qo’llaniladi, chunki u
industriallash va unifikatsiyalashni qiyinlashtiradi va manfiy haroratlarda
ishlarni murakkablashtiradi. Uslubning afzallik tomoniga oraliq qurilmada
ko’ndalang choklarning yo’qligini kiritish mumkin.
Uzunligi 50 m dan ortiq oraliqni yopishga zaruriyat tug’ilganida, to’g’ri
chiziqli alohida elementlardan shakllangan, sharparak (sidra bo’sh)
konstruksiyalarni qo’llash iqtisodiy jihatdan oqlangan bo’lishi mumkin. Shu
o’rinda har bir element sodda shaklga ega bo’lib, asosan siqilish va cho’zilishga
ishlaydi (2.26,a,b-rasm). Shu bilan birga, sharparak konstruksiyalar ko’proq
mehnat sarfini talab qiladi.
2.26-rasm.
Тemirbeton fermalarning xillari: a – uchburchak panjarali;
b – kashshak panjarali;
v – bikr pastki belbog’li
Тugunga oid bloklarni shakllantirish va ularga cho’zilgan elementlarni
tutashtirish kat
ta qiyinchiliklarni tug’diradi. Тemirbeton fermalarda elementlar
56
sidra yaxlit (odatda ko’ndalang kesimi to’g’rito’rtburchakli) yoki ichi bo’sh
(g’ovak) bo’ladi. Keyingi holatda ham oddiy temirbetondan, ham oldindan
zo’riqtirilgan temirbeton qilingan, tashqi diametri 60 sm li sentrifugalangan
naysimon elementlardan foydalaniladi. Qovurg’alar qalinligini 10...15 sm ga
teng qilib belgilanadi. Uning elementlari faqat normal zo’riqishlarnigina emas,
eguvchi momentlarni ham qabul qilishi mumkin bo’lgan bikr pastki belbog’li
ferma qo’llanilsa, yanada tejamliroq va texnologik jihatdan ma’qulroq
yechimlarni olishi mumkin (2.26,v-rasm). Kashshaklarni elementlarga
markazdan tashqari tutashtirish fermaning belbog’larida eguvchi momentlarni
kamaytirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: