Yuqori mustahkam boltli chig’iriq (friksion)li birikmalar. Bu birikmalar kuchni yuqori mustahkamli boltlarni tortish natijasida biriktiriladigan detallarning faqat kontakt yuzalari bo’yicha sodir bo’ladigan ishqalanish kuchi orqali uzatadi (5.11-rasm). Chig’iriqli birikmalarni yasashda ketadigan mehnat sarfi oddiy konstruksiyanikiga nisbatan kamroq, kuchlanish konsentratsiyasi kichik, ko’p takrorlanuvchi yuklarga yaxshi ishlash xususiyatiga, yuqori ishonchlilikka ega va shuning uchun po’lat ko’prik konstruksiyalari montaj birikmalarining asosiy turi hisoblanadi.
Po’lat ko’priklarda termopuxtalangan 40Х, 38ХS va boshqa po’lat markalaridan tayyorlangan, normal aniqlikdagi 18 – 27 mm diametrli yuqori mustahkamli boltlar qo’llaniladi.
18, 22, 24 va 27 mm diametrli yuqori mustahkamli boltlar uchun konstruksiyaning loyihaviy holatini aniqlaydigan asosiy yuk ko’taruvchi elementlar va bog’lamalarning tutatish va biriktirish joylarida teshik tegishlicha 21, 25,28 va 30 mm diametrga ega bo’lishi kerak, konstruksiyaning loyihaviy holatini aniqlamaydigan bog’lamaning biriktirish joylarida, bo’ylama to’sin belbog’larining tutash nakladkalarida, to’siq bog’lamalari va harakatlanish qismining gorizontal diafragmalarida esa – tegishlicha 23, 28, 30 va 33 mm .
5.11-rasm. O’ta mustahkam boltli birikmalarning ish sxemasi
Bitta konstruktiv elementda bir xil diametrli, butun konstruksiyada esa ko’pi bilan ikki xil diametrli boltlar qabul qilinadi. Yuqori mustahkamli boltning to’la uzunligi gayka tortilgandan keyin uning yuqori qismi bolt sterjenining charxlangan qirrasidan pastda bo’lish shartiga muvofiq aniqlanadi.
Boltlarning joylashishi. Yuqori mustahkamli va oddiy boltlar birikmalarda imkoni boricha kompaktliroq qilib joylashtiriladi. Bunda teshikli detallarda kuchlanish konsentratsiyasini kamaytirish va listli detallarning siqilishda egilishi, kontakt zonasida suv kirishi va chirishini oldini olish uchun, boltlar markazi orasidagi masofa quyidagicha bo’lishi kerak: a) yuqori mustahkamli boltlar uchun xohlagan yo’nalishda minimal – 2,5d va oddiy boltlar uchun – 3d; b) xohlagan yo’nalishda oxirgi qatorlarda cho’zilish va siqilishdagi listlarda maksimal – 7d yoki 16t, burchaklilarda – 160 mm ; v) o’rta qatorlarda maksimal: kuchga ko’ndalang cho’zilish va siqilishda – 24t, kuch bo’ylab cho’zilishda – 24t va siqilishda – 16t. Bolt markazidan element chetigacha masofa: a) kuchga bo’ylab va diagonal bo’yicha minimal – 1,5d; b) xuddi shunday, kuchga ko’ndalang – mexanik ishlov berilgandan keyin chetlarida – 1,5d, prokatlanganning chetlarida yoki yuvish – bosqich uslubi bilan gaz bilan kesgandan keyin va kislorodli parda bilan – 1,3d; v) maksimal – 8t yoki 120 mm . Bunda d – boltning nominal diametri: t – paketning tashqarisida joylashgan eng yupqa detal qalinligi.
Birikmalarning tutashish joyi qancha zich bo’lsa, ustqo’ymaga metall sarflanishi nuqtai nazardan u shuncha tejamli bo’ladi. Shunga ko’ra tutashish joylari va tugunlarga boltlar, odatda, minimal masofalarda joylashtiriladi. Biroq, konstruktiv tutashish joylariga (masalan, kam yuklangan to’sinlarda belbog’ning devorcha bilan tutashish joyi) boltlar va parchin mixlar maksimal masofalarda joylashtiriladi. Parchin mixlar bilan boltlarning markazlari o’rtasidagi minimal masofa har qanday yo’nalishda ham 3d, atrofini o’rab oladigan burchaklilar bo’lmaganda eng chekka qatorlarda maksimal masofa 8d yoki 12 ga teng; bu yerda d – boltning diametri; – eng yupqa tashqi elementning qalinligi. Prokatlangan qirralarda parchin mix yoki boltning markazidan elementning chetigacha bo’lgan minimal masofa 1,2; maksimal masofa esa 4d yoki 8.
Listli va prokatlangan profillarda boltlar qatorli va shaxmat tartibida joylashtiriladi (5.12-rasm). Тeshik markazidan o’tadigan chiziq risk deyiladi. Kuch yo’nalishi bo’yicha riskalar orasidagi masofa qadam, kuchga ko’ndalang yo’nalishda – yo’lakcha deyiladi.
Po’lat konstruksiyalarda boltlar markazi orasidagi minimal masofa asosiy metallning mustahkamlik shartidan, maksimal masofa esa boltlar yoki parchin mixlar orasida biriktiriladigan elementlarning va butunicha cho’ziladigan elementlarning turg’unlikka shartidan aniqlanadi.
5.12-rasm. Тeshiklarning joylashishi: a – listli materiallarda;
b – prokatlangan profillarda; 1 – qadam; ye – yo’lakcha
Do'stlaringiz bilan baham: |