Тutashtirib biriktirish listlarni to’g’ri burchak ostida biriktiradigan hollarda qo’llaniladi. U qulayligi uchun keng tatbiq etiladi. Hisoblanadigan birikmalarda tavr shaklidagi birikmalar (5.9,b,v-rasm), hisoblanmaydigan birikmalarda esa bog’lovchi-burchakli birikmalar qo’llaniladi (5.9,g-rasm).
Тavr shaklidagi biriktirish cheti qiyali (5.9,v-rasm) va qiyasiz (5.9,b-rasm) ikkita burchakli choklar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi holda oqim kuchi yo’nalishini birdan o’zgartiradigan biriktiriladigan elementlar orasida ko’pincha kichkina tirqish qoladi. Bunda birikma hisobi Rwf yoki Rwz hisobiy qarshiliklar bilan bir juft burchakli choklardagi kabi olib boriladi. Ikkinchi holda chok to’la payvandlanadi va uni hisoblashda tegishlicha tutash choklarining hisobiy qarshiliklarini (Rwy, Rwu va Rws) kiritib, tutash chok kabi hisoblanadi.
5.8-rasm. Burchakli chokni hisoblashga doir sxema
5.9-rasm. Payvandli choklarning birikishi
Boltli birikmalar. Oraliq qurilma va tayanch elementlarining ko’prik ko’tarmasi, trotuar, perila, kuzatish moslamalari va shunga o’xshashlarni biriktirish hamda tayanch qismlarni mahkamlash uchun aniqligi yuqori (d0 – d = 0,4...0,6 mm ), normal va xomaki (d0 – d = 2...5 mm ) bo’lgan oddiy boltlar qo’llaniladi (d0 – teshik diametri; d – bolt sterjeni diametri).
Bu birikmalarda kuchlar kesish va ezilish kuchlanishlarini sodir qilib, bolt sterjenlari orqali uzatiladi.
Boltlar po’lat konstruksiyalarning montaj birikmalariga ishlatiladi. Boltlar aniqligi normal, aniqligi oshirilgan, shuningdek yuqori darajada pishiq xillarga bo’linadi. Aniqligi normal boltlar uchun teshiklar ezib (bosib) ochiladi yoki boltlarning diametriga qaraganda 2...3 mm ortiq bo’ladi, yuqori daraja pishiq boltlar uchun esa, boltlarning diametriga teng qilib parmalab teshiladi. Boltlarning diametri 10 dan 30 mm gacha bo’ladi.
Boltli birikmalar sxemasi 5.10,a,b-rasmda keltirilgan. Aniqligi oshirilgan va normal boltlar biriktirilayotgan elementlarni bir-biriga kiritib biriktirilgan chiziq bo’ylab kesilishga, yon tomonlarning yuzalari bo’ylab esa ezilishga ishlaydi (5.10,a,v-rasm).
Kesik yuzasi bolt kesimining yuzasiga teng; ezilish yuzasi bolt diametrini bitta yo’nalishda eziladigan elementlarning eng kichik jamlangan qalinligi 5t ga ko’paytirilganiga teng qilib olinadi.
5.10-rasm. Oddiy boltlarning ish sxemasi: a – bir joyidan qirqiladigan birikmalar,
b – ikki joyidan qirqiladigan birikmalar; v – cho’zilishga ishlaydigan boltlar;
1 – qirqilish tekisligi, 2 – teshik devorining ezilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |