Urinma kuchlanish bo’yicha mustahkamlikka hisoblash. Urinma kuchlanish bo’yicha mustahkamlikka hisoblash to’sin devori kesimida
M = Mx = Mu = 0 bo’lganda, (5.18)
formuladan bajariladi,
bunda S – yarim kesimning brutto statik momenti;
, (5.19)
bunda va – devor kesimidagi urinma kuchlanishning elastik ishi bo’yicha hisoblangan minimal va maksimal qiymatlari.
Bo’ylama to’sinning ko’ndalang kesimga mahkamlash hisobi. Belbog’li bosh fermaning birgalikdagi ishiga qo’shilmagan harakat qismi to’sining devorini biriktirish bo’ylama to’sin tayanch kesimida shartli ravishda ko’ndalang kuchga Q hisoblanadi (5.2-rasm).
Тik burchaklilarni to’sinlarning bo’ylama va ko’ndalang devorlariga mahkamlash uchun talab qilinadigan yuqori mustahkamli boltlar soni (ps va p2) quyidagi formuladan aniqlanadi:
n , (5.20)
5.2-rasm. Harakatlanish qismi to’sini mahkamlanishining hisobiy sxemasi: a – bo’ylama to’sinni ko’ndalang to’singa; b – ko’ndalang to’sinni bosh fermaga; 1 – bo’ylama to’sin; 2 – ko’ndalang to’sin; 3 – gorizontal nakladka; 4 – tik burchak; 5 – konsolli list
bunda tb = 0,9 – to’sinlarni mahkamlash ish sharoiti koeffitsiyenti; Qbh – bitta boltkontaktning hisobiy kuchi; ns – bitta yuqori mustahkamli bolt kontaktlarining soni, bo’ylama to’sin devoriga mahkamlanadigan burchaklilar uchun 2 ga, ko’ndalang to’sin devoriga esa – 1 ga teng.
5.2. Payvandli birikmalar va ularning hisobi
Payvandli birikmalar. Zamonaviy ko’prik konstruksiyalarining po’lat elementlarini tayyorlash va montaj qilishda elektr payvand, yuqori mustahkamli va, ba’zi hollarda, oddiy boltlar bilan biriktiriladi. Тemir yo’l va birlashtirilgan (ham temir yo’l, ham avtoyo’l) ko’priklarda montaj payvandli va qo’shma boltpayvandli birikmalar faqat “O’zbekiston temir yo’llari” DAТK bilan kelishilgan holdagina ruxsat etiladi.
Parchin mixli birikmalar po’lat ko’priklarda taxminan XX asrning 70-yillaridan boshlab qo’llanilmaydi.
Ko’prik konstruksiyalarining po’lat detallari avtomatik, yarim avtomatik va dastaki usulda bajarilgan tutash, flangli, qarama-qarshi (5.3 – 5.6-rasmlar), burchakli (5.7-rasm) choklar bilan biriktiriladi.
Qalinligi 30 mm va undan katta bo’lgan listlar tik yoki qiya holatda elektr shlakli usul bilan payvandlanadi. Ship va payvandlash noqulay bo’lgan choklarnigina dastaki payvand bilan elektrod yordamida qalin qoplanadi (suvaladi). Elektrpayvandni qo’llash ko’prik konstruksiyalarini tayyorlashning mehnat talabligini va po’lat sarfini kamaytiradi. Payvandning yuqori harorati va biriktiriladigan elementlarning notekis qizishi qo’shimcha kuchlanish sodir bo’lishiga, elementlarning tob tashlashi va chok zonasida po’lat strukturasining o’zgarishiga olib keladi va, natijada, montaj payvandlarning qo’llanishini qiyinlashtiradi.
5.3-rasm. Тutash payvand birikmalarning chetlariga ishlov berish
5.4-rasm. Har xil qalinlikdagi listlarda tutash choklarning tuzilishi
5.5-rasm. Flangli choklar bilan biriktirish (a), kuch chizig’i oqimining yo’nalishi va kuchlanishlarning taqsimlanishi (b)
5.6-rasm. Qarama-qarshi choklarning birikishi
5.7-rasm. Burchakli choklarning ko’ndalang kesimlari:
a – normal qabargan; b – qiyali qabargan; v – botiq
Burchakli choklar bilan mahkamlangan (5.8,a-rasm) to’g’riburchakli elementga eguvchi moment ta’sir etganda ikki kesim bo’yicha choklardagi kuchlanishni xuddi ikki to’g’riburchakli kesimdagi egilish kuchlanishi kabi aniqlanadi, bunda to’g’riburchak eni sifatida chok hisobiy kesimi (fkf yoki z kf), balandligi sifatida esa chok hisobiy uzunligi (lw) qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |