Vertikal egilish va tebranishga hisoblash. Po’lattemirbeton to’sinning vertikal salqiligi hamda tebranish davrini aniqlash uchun, siljishlar unda sodir bo’ladigan kuchlanishning ishorasidan farqli ravishda beton elastik ishlaydi deb faraz qilib aniqlanadi. Beton tob tashlashidan sodir bo’ladigan salqilik beton kesimi og’irlik markazi sathiga qo’yilgan b,Rr Ab kuch ta’siridan kesimning po’lat qismida aniqlanadi. Тemirbeton plitali oraliq qurilmaning qurilish balandligi beton kirishishini hisobga olmasdan aniqlanadi.
Bob VII. Тemirbeton va metall to’sinli ko’priklarning tayanch qismlari va ularning hisobi
Do'stlaringiz bilan baham: |