b Rr shartdan aniqlanadi;
B holat (29,v-rasm) po’lat to’sin va armaturaning elastik ishi hamda betonning plastik ishini xarakterlaydi, b ≥ mbRb va r < mrRr shartdan aniqlanadi;
V holat (29,g-rasm) po’lat to’sinning elastik ishi va beton va armaturaning plastik ishini xarakterlaydi, b≥mbRb va r≥mrRr shartdan aniqlanadi.
Bu yerda mb va mr – ish sharoiti koeffitsiyentlari; Rb va Rr – tegishlicha beton va armaturaning hisobiy qarshiliklari.
Beton kesimining og’irlik markazidagi kuchlanish quyidagi formuladan hisoblanadi:
(6.6)
Bo’ylama armaturadagi kuchlanish
(6.7)
Bu formulalarda Mr – Po’lattemirbeton to’sin ishining ikkinchi bosqichidagi eguvchi moment: nb va nr – keltirish koeffitsiyentlari; bi va ri – po’lattemirbeton to’sin ko’ndalang kesimida beton ko’ndalang kesimi og’irlik markazi sathida uning top tashlashi, yig’ma plita ko’ndalang choklarining siqilishi, beton kirishishi va haroratning o’zgarishidan tegishlicha beton va armaturada sodir bo’ladigan, QMQ ko’rsatmalariga muvofiq aniqlanadigan, tenglashtirilgan kuchlanishlar. Hisobiy holat aniqlangandan so’ng po’lattemirbeton kesimi mustahkamlikka quyidagi formulalardan tekshiriladi:
A holatda to’sin ostki po’lat belbog’ining mustahkamligi
(6.8)
ustki po’lat belbog’ning mustahkamligi
(6.9)
B holatda to’sin ostki po’lat belbog’ining mustahkamligi quyidagi formuladan tekshiriladi:
(6.10)
ustki po’lat belbog’ning mustahkamligi
(6.11)
V holatda to’sin ostki po’lat belbog’ining mustahkamligi quyidagi formuladan tekshiriladi:
(6.12)
ustki po’lat belbog’ning mustahkamligi B holat formulasi bo’yicha tekshiriladi.
Тemirbeton plitasining mustahkamligi beton deformatsiyasi bo’yicha quyidagicha tekshiriladi:
(93)
Bu formulalarda M=M1+M2 – to’la hisobiy eguvchi moment; Nbr = Abb+Abb+Arr; NbR,r=AbRb+Arr; Nbr,R=AbRb+ArRr – me’yoriy kuchlar; Ab, Ar, As – tegishlicha plita betoni, oddiy bo’ylama armatura va po’lat to’sinlarning kesim yuzalari; Zbs – temirbeton plita va po’lat to’sin ko’ndalang kesim yuzalarining og’irlik markazlari orasidagi masofa; 2, 3 – qarshilik momentlariga loyihalash me’yorlari bo’yicha qabul qilinadigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar; – ustki po’lat belbog’ning unga birikadigan kuchlanmagan betondagi yukni hisobga oluvchi ish sharoiti koeffitsiyenti, ammo 1,2-dan katta emas; k – plastik deformatsiyalar taraqqiy etganda, betondagi nisbiy deformatsiyalarning kattalashishini hisobga oluvchi, loyihalash me’yorlari bo’yicha aniqlanadigan koeffitsiyent, Wbs= Is׃Zbs – beton og’irlik markazi sathidagi shartli qarshilik momenti; εb,lim = 0,0016 – betonning (po’lattemirbeton konstruksiyalar uchun) uning ko’ndalang kesimi og’irlik markazi sathidagi chegaraviy nisbiy deformatsiyasi.
Po’lattemirbeton to’sinlarning po’lat devoridagi urinma kuchlanishlar bo’yicha mustahkamligi quyidagi formuladan tekshiriladi:
(6.14)
bunda Q1, Q2 – to’sin ishining I va II bosqichlarida kesimdagi hisobiy ko’nlagang kuch; Ss va Is – ajratilgan (kesib olingan) qismining statik momenti va to’sin po’lat kesimining inersiya momenti; Sstb va Istb xuddi shunday birlashgan kesimning po’lat kesimiga keltirilgani; ts – devor qalinligi; m – ish sharoiti koeffitsiyenti; Rs – po’latning hisobiy qarshiligi.
Do'stlaringiz bilan baham: