Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий тадқиқот институти аспирант-тадқиқотчиси З



Download 117,5 Kb.
bet1/5
Sana23.05.2022
Hajmi117,5 Kb.
#608507
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Нурбек дастур (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI


ANDIJON QIShLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNALOGIYaLAR INSTITUTI



«TASDIQLAYMAN»
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnalogiyalar instituti ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha
prorektor _______S.Iskandarov
«______»________________2022 y.





Mavzu: “Takroriy ekilgan makkajo‘xori zararkunandalari va qarshi kurash choralari”


ISHCHI DASTUR

Ish dasturi O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari va karantini kafedrasi
yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.
Bayonnoma №____ «___» 2021 yil


Ilmiy rahbar, q.x.f.f.d.(PhD):



S.P.Usmanov




Bajaruvchi: “O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari va karantini” mutaxassisligi I-bosqich magistranti

N. Ya.Nurdinov.


Andijon – 2022 y.
Ilmiy ishi mavzusini tanlash bo‘yicha
asosnoma
Ilmiy ish mavzusini tanlash bo‘yicha asosnoma
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l xosil yetishtirishda ularni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan ximoya qilish muxim axamiyat ega.
Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 80 ming turdan ortiq zararkunandalar mavjud bo‘lib, ulardan 10 ming turi o‘simliklarga juda katta zarar keltiradi. Xisoblarga qaraganda, jaxonda zararli organizmlar faoliyatida qishloq xo‘jalik ekinlarining 34 foizdan ko‘proq xosili yo‘qotiladi.
Yurimiz g‘allazorlarida 50 turdan ortiq zararkunandalar, 10 turdan ortiq kasalliklar va 200 turdan ortiq begona o‘tlar uchrab xosilga zarar yetkazadi. Keyingi yillarda ayrim zararkunandalar (ko‘sak qurti, ildiz qurti, tut parvonasi), kasalliklar (pufaksimon qora kuya sariq zang, qo‘ng‘ir zang, un shudring va boshqa) xamda ba’zi begona o‘tlar (yovvoyi suli, tulki dum, raygras, olbuta, jag‘-jag‘,taktak,qushqo‘nmas,yopishqoqo‘t) lar ko‘paymoqda.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarga qarshi kurashda tashkiliy xo‘jalik, agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash usullari qo‘llaniladi
Respublika o‘simliklar ximoyasi va karantini agentligi tomonidan xar yili mavsumda qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan ximoya qilish tadbirlari xukumat tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha olib borilmoqda.
Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasida donli ekinlar guruxiga mansub bo‘lgan makkajo‘xori yetishtirish xam katta etibor qaratilmoqda. Asosan takroriy ekin sifatida, kuzgi bug‘doydan bo‘shagan va ertaki sabzavot xamda rezavor ekinlardan bo‘shagan maydonlarga ekilmoqda. Makkajo‘xori donidan turli xil oziq-ovqat maxsulotlari, parrandalarga don tayorlashda, silosidan esa chorva xayvonlari uchun ozuqa sifatida foydalanib kelinmoqda.
Makkajo‘xorini yozda takroriy ekin sifatida yetishtirishda uning navlari va duragaylarining ekish muddatlari va me’yorlarini aniqlanishi muhim rol o‘ynaydi. Chunki, makkajo‘xori yozda takroriy ekin sifatida ekib, yozning ikkinchi yarmi mobaynida yetishtirilsa, kuzning salqin kelishida to‘liq pishib ulgurmasligi mumkin yoki yetarlicha silos massa xosil qila olmaydi. Undan tashqari makkajo‘xorining ham boshqa ekinlarda bo‘lganidek navlari va duragaylarining vegetatsiya davri davomiyligi uzoq muddatli yoki qisqa muddatli bo‘lishi mumkin.Takroriy ekilgan makkajo‘xori o‘simliklarni vegitatsiya davrining qoq o‘rtasiga to‘g‘ri kelishi zararkunanda xasharotlarning ommaviy ko‘paygan davriga to‘g‘ri keladi.
Shu sababli ham makkajo‘xori navlari va duragaylarining ekish muddatlari va me’yorlari har bir tuproq-iqlim sharoitida o‘rganilishi, ayniqsa, makkajo‘xorini takroriy ekin sifatida yetishtirilganda uning maqbul ekish me’yori aniqlash juda muhim. Chunki, yozning ikkinchi yarmi mobaynida makkajo‘xori takroriy ekin sifatida don uchun yetishtirilganida kuzgacha pishib ulgurishini xisobga olish kerak.
Shuning uchun ham makkajo‘xori duragaylarining erta pishar duragay sifatida O‘zbekiston-306 duragayining yozning ikkinchi yarmi mobaynida takroriy ekin sifatida yetishtirish uchun maqbul ekish muddatlari va me’yorlarini aniqlash uchun tajriba sifatida tanlandi.
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 21 sentabrdagi O‘RQ-409-son qonuni, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”, “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 iyuldagi O‘RQ-484-son qonuni «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida Qonuni”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 iyuldagi PQ-5185-son O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori” da hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.



Download 117,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish