Ўзбекистон респупликаси



Download 378,5 Kb.
bet32/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

Falsafiy yo‘nalish yetakchilik qiladigan badiiy tahlilda yozuvchining asarda aks etgan dunyoqarashi, olamni idrok etish tarzi, dunyo hodisalarini va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunish va tushuntirish shakli singari muammolarni aniqlashga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Lekin bunday tahlil badiiy matndan ajralib qolgan falsafiy xulosalar yoxud mulohazalardan iborat bo‘lib qolmasligiga e’tibor berish talab qilinadi. Chunonchi, badiiy matnga bog‘lanmagan, ijodkorning ayni o‘rganilayotgan asaridan kelib chiqmaydigan har qanday "chuqur ma’noli" xulosa tahlil uchun mutlaqo ahamiyat kasb etmaydi va o‘rganilayotgan matnning na badiiy va na falsafiy jihatini ochib beradi.
Badiiy tahlilning psixologik yo‘nalishida adibning ijodiy o‘ziga xosligi, uslubi, ijod jarayonining psixologiyasi, estetik maslagi va ijod usulini aniqlash ko‘zda tutiladi. Bunday tahliliy yo‘nalishda yuqorida sanalgan jihatlariing qay yo‘sinda badiiy uslubga aylangani, estetik haqiqat qiyofasiga kirgani tekshiriladi.
Adabiy asar tahlilining filologik yo‘nalishida asosiy e’tibor o‘rganilayotgan asarning estetik hodisa ekanini har jihatdan asoslashga qaratiladi. Bu yo‘nalishdagi tahlilda o‘rganilayotgan asar filologik hodisa sifatida ham til, ham tasvir vositalari hamda ular o‘rtasidagi davomiylik va novatorlik nuqtai nazaridan tekshiriladi. So‘zning o‘z va badiiy ma’nosi, kontekstdagi jozibasi, badiiy matn zamiriga yashirilgan ma’no va bu yashirilganlikning ham hayotiy, ham estetik sabablari singari bir qator jihatlarga e’tibor qaratiladi.
Badiiy asarni ilmiy tahlil etishda matn bilan ishlashning uch bosqichi borligini kuzatish mumkin. Birinchi bosqichda tadqiqotchi badiiy asarning o‘zi taqdim etmoqchi bo‘lgan talqinini bayon etishga imkoniyat hozirlaydi. Ilmiy tahlilning ikkinchi bosqichida badiiy matn talqini beriladi va bu talqin imkon qadar hayotiy va badiiy mantiq nuqtai nazaridan hamda olamni estetik ko‘ra bilish jihatidan asoslangan bo‘lishiga e’tibor qilinadi. Uchinchi bosqichda esa matndan xulosa chiqariladi, asarning yutuq va kamchiliklari ko‘rsatiladi hamda uning qadriyatlarimiz tizimidagi o‘rni belgilab beriladi.

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish