Adabiyotlar:
1. Dolimov S, Ubaydullaev H., Ahmedov Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: "O‘qituvchi", 1967.
2. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T. 1996.
3. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: Yangi asr avlodi", 2006.
4. Qodirov V. Mumtoz adabiyot: o‘qitish muammolari va yechimlar. T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashr., 2009.
5. Qodirov V. Adabiyot darslarida tasavvuf ta’limoti haqida ilk tushuncha berish. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. - Andijon.; AVPXMOI nashriyoti, 1997. -16 6.
6. Yo‘ldoshev Q., Qodirov V. Adabiy sabog‘lar - 7. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. -T.: "Sharq", 2005. - 192 b.
7. Yo‘ldoshev Q., Qodirov V. Adabiy sabog‘lar - 9. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. -T,: "Yangiyo‘l poligrarh service", 2006. - 160 b.
8. Husanboeva Q, Adabiyot - ma’naviyat va mustaqil fikr shakllartirish omili. T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashr., 2009.
9. Olimov S. va boshqal. Adabiyot - 8. Metodik qo‘llanma. - T.: G‘. G‘ulom nomidagi nash.-matbaa uyi, 2006.
10. Zunnunov A. Maktabda Gulxaniy va Muqimiy ijodini o‘rganish. -T.: "O‘qituvchi", 1965.
11. Jo‘raev K. Maktabda Oybek hayoti va ijodini o‘rganish. -T.: O‘qituvchi, 1974, 1982.
12. Zunnunov A. Maktabda G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini o‘rgatish. -T.: O‘qituvchi, 1977.
13. Ismatov S. Maktabda Abdulla Qahhor hayoti va ijodini o‘rgatish. -T.:O‘qituvchi, 1978.
10-mavzu. ADABIYOTDAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR
Reja:
1. Sinfdan tashqari ishlar tasnifi va ularning ahamiyati.
2. Adabiyotdan to‘garaklar tashkil etish va olib borish.
3. Adabiy ko‘rgazmalar.
4. Sinfdan tashqari o‘qish.
5. Sinfdan tashqari ishlarning boshqa shakllari.
1. Sinfdan tashqari ishlar tasnifi va ularning ahamiyati.
Adabiy o‘qish va adabiyot yuzasidan sinf, maktabdan tashqari ishlar asosan sinfda dars jarayonida olgan bilimlarni to‘ldirish hamda mustahkamlashga, o‘quvchilarning dunyoqarashini yanada aniqroq, to‘liqroq shakllantirishga xizmat qiladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchilarni qiziqtirishning muhim shartlaridan biri maktabdan tashqari ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. Sinfdan tashqari o‘qish, to‘garak ishlari, o‘quvchilarning adabiy – ijodiy mashg‘ulotlari, adabiy-badiiy kechalar hamda ekskursiyalarga yetarli darajada ahamiyat bermaslik, shubhasiz, o‘quvchilar malakasiga, ulardagi bilimning chuqur va mustahkam bo‘lishiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning turlarini to‘g‘ri tashkil qilish va uyushtirish uchun o‘quvchining sharoitini, maktabdan tashqaridagi mashg‘ulotini, qisqacha aytganda, maktabdan tashqaridagi muhitini o‘rganib chiqish va shularni hisobga olgan holda ish olib borish lozim.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘quvchilarning adabiyot darslarida olgan bilim, ko‘nikma va malakalariga ham qiziqishlariga suyaniladi, ayni paytda ular rivojlantiriladi. Sinfdan tashqari ishlarga quyidagilar kiradi:
1. Adabiyotdan to‘garak mashg‘ulotlari.
2. Adabiy konferensiyalar.
3. Adabiy kechalar.
4. Adabiy ko‘rgazmalar.
5. Sinfdan tashqari o‘qish.
6. Adabiy uchrashuvlar.
7. Adabiy ekskursiya.
8. Kino va teatrga borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |