Ўзбекистон респупликаси



Download 378,5 Kb.
bet48/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

Dars tahlili daftari. "Dars tahlili daftari" o‘qituvchi ishini, mehnatini baholovchi qudratga ega bo‘lib, kelgusi darsga reja belgilab, maktab hayotini aks ettiruvchi ko‘zgudir.
2. Ilmiy tahlil.
Ilmiy tahlil berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihatini, o‘quvchi bajarayotgan mustaqil ishning esa maqsadga yo‘nalishi jihatidan to‘g‘riligini aniqlash demakdir.
Darsning ilmiy tahlilida asosan quyidagilarga e’tibor berish talab etiladi:
a) qoida va ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi;
b) mavzuga nisbatan o‘qituvchining ilmiy va ijodiy yondashishi;
v) o‘qituvchi va o‘quvchining nutq madaniyati;
g) darslik materiallarini qo‘shimcha adabiyot materiallari bilan boyitish va o‘quvchi bajarayotgan laboratoriya hamda mustaqil ishlarning maqsadga muvofiq yo‘nalishi;
d) ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
e) o‘quvchi xulosasining ilmiy jihatdan to‘g‘ri, qisqa va mukammal bayon etilishini nazorat qilish;
j) o‘quv predmetning o‘ziga xos xususiyatlari.
Qoida va ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi va mavzuga ilmiy yondashish bir-biridan ajralmagan holda tahlil qilinib, biri ikkinchisini to‘ldiradi. Ilmiy-nazariy tushuncha, qoida, ta’rif va nazariy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarga doir savollarga o‘quvchilar tomonidan berilgan javoblargina emas, balki sinfda savollarga javob berishdagi o‘quvchilar aktivligi ham ilmiy dars tahlilida eks etadi.
O‘qituvchi bayonidagi o‘quvchi uchun yangilik bo‘lgan qoida va ta’riflar dars tahlilida markaziy o‘rinni egallaydi.
O‘qituvchi bayon etgan ta’rif yoki qoida o‘quvchi uchun ilmiy bashorat kabi tuyuladi. Shuning uchun ham darsda bayon etilgan ta’rif va qoidalarga nisbatan bo‘lgan o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati chuqur tahlil etilmog‘i zarur.
Qoida, ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchi nutqining ravonligiga, talaffuzidagi aniqlikka bog‘liqdir.
Shuni ham aytish kerakki, o‘quvchi nutqida kamchilik bo‘lsa, u o‘z fikrini sinfdoshlariga va o‘qituvchiga etkazishga qiynaladi, bu hol dars faolligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun ham dars tahlilida o‘quvchi va o‘qituvchi nutqini tahlil etish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
O‘quvchilar tafakkurining faolligi ularning savodini mustahkamlash, so‘z boyligini oshirish bilan bevosita bog‘liq. Bu o‘rinda til darslarining rolini alohida ta'kidlash zarur.
Dars tahlil qiluvchi darsning yaratilishidagi operatsiyalarni va ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘la hisobga olmog‘i kerak.
O‘quv predmetlarining o‘ziga xos xususiyatlariga va pedagogik talablariga ko‘ra darslar uch ko‘rinishda bo‘ladi:
1. Ommaviy tusdagi dars.
2. Qo‘shimcha dars (obyektiv, subyektiv sabablarga ko‘ra ayrim o‘quvchilarning o‘zlashtira olmasligining oldini olish. O‘qituvchi kasalligi va boshqa sabablarga ko‘ra o‘tilmay qolib ketgan mavzularni o‘tib, o‘quv rejalarini me’yorlashtirish maqsadidagi dars).
3. Bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan dars (fakultativ darslar).
Bularning barchasida ham o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, mukammallashtirish nazarda tutiladi.
Ilmiy tushunchalar va bilimlar har xil usullar hamda metodlar yordamida beriladi. Shuning uchun darsni metodik tahlil qilish to‘g‘risida fikr yuritish va uni atroflicha o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi.

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish