Zbekiston respubulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanining


Maktabgacha ta’limda Bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanining predmeti



Download 0,84 Mb.
bet5/96
Sana05.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#740408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
ma\'ruza

Maktabgacha ta’limda Bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanining predmeti
Bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qish va savodga tayyorlashda zarur bo‘ladigan nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Hamda kasbiy faoliyatining asosiy vazifalari, tarbiyachilarga qo‘yiladigan talablar va maktabgacha ta’lim sohasidagi yangiliklar va ilmiy tadqiqot ishlari bilan bilan tanishtirish.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

Maktabgacha ta’limda Bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:



  • maktabgacha ta’limning ta’lim tizimida tutgan o‘rnini, maktabgacha ta’lim bo‘yicha kasbiy faoliyatining umumiy tamoyillarini, me’yoriy va uslubiy asoslarini bilishi;

  • Bola huquqlarini bilishi, bolalarga mehribon, shirinso‘z, xushmuomala va bolajon bo‘lishi lozim;

-Ijodkor, o‘z kasbini fidoyisi, mehnatsevar, soha yangiliklarini tezda o‘zlashtiruvchi, bola ta’lim-tarbiyasida ota-onalarga ko‘maklashuvchi pedagog bo‘lishi lozim.
Insonni har tamonlama barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish – ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonni ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogik fikrni rivojlanishida ulug‘ rus pedagogi K.D.Ushinskiyning ham hissasi katta. Uning nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma'lum bo‘lib, bolalarning bir necha avlodni shu kitoblar vositasida ta'lim olgan.
Maktabgacha ta’limda Bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanining vazifalari: maktabgacha ta’limga qo‘yilgan Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolaning yosh guruhlariga bo‘linishi va unda nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik yo‘nalishi bilan tanishtirish.
- Maktabgacha ta'lim sohasidagi pedagogik muammolarni hal qilish;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarda ta'lim olish ehtiyojini, o‘qishga qiziqish, kitob o‘qish, maktabga borish hissiyotini shakllantirish;
- Bolalarda mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatuvchi ilg‘or metodlarni qo‘llash;
- Bolalarga yuksak odob ma'naviy – axloqiy tushunchalarni mentalitetimiz asosida o‘rgatish.
O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O‘zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunga mavofiq o‘zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.
O‘qituvchi savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni tovush va harf­lar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o‘qishga o‘rgatishda o‘zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Savod o‘rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib bo­riladi. So‘z bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indan kerakli-o‘rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o‘rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‘qish jarayoni o‘zlashtiriladi. Bunda o‘zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o‘rgatishda o‘zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlar o‘rini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savod o‘rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.
E harfi so‘z va bo‘g‘in boshida qo‘llanadi (ekin, echki, aemplan), undoshdan keyin o‘rta keng lablanmagan unli tarzida o‘qiladi (kel, tez). Savod o‘rgatishdan oldin so‘z boshida keladigan e, so‘ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi.
O harfi o‘zbekcha, umumturkiy so‘zlarda quyi keng, lablangan o tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so‘zlarda urg‘usiz bo‘g‘inda a tarzida (botanika), o‘ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida tiraktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so‘zlar savod o‘rgatish davridan so‘ng o‘quv jarayoniga kiritiladi.
A tovushi bahor, savol kabi so‘zlarda o kabi, muomala, munosabat kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi.
U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilsa ham u yoziladi.
1. tovushi bilan, sira kabi so‘zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi.
2. O‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo‘ja), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x. y, z, g‘, sh, ch, ng. Undoshlarni o‘rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish