Zbekiston respubulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanining



Download 0,84 Mb.
bet3/96
Sana05.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#740408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
ma\'ruza

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.O‘zbеkiston Rеspublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risidagi qonuni. Toshkеnt, O‘zbеkiston, 1997
2.Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldoshеva Sh., Sariеv Sh., Ona tili o‘qitish mеtodikasi, T., 2009.
3.Boshlang‘ich sinflar “ O‘qish kitobi”, 2010
4.Boshlang‘ich sinflar “ O‘qish kitobi”ga yozilgan mеtodik qo’llanmalar.



Bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanining predmeti.
Bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qish va savodga tayyorlashda zarur bo‘ladigan nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Hamda kasbiy faoliyatining asosiy vazifalari, tarbiyachilarga qo‘yiladigan talablar va maktabgacha ta’lim sohasidagi yangiliklar va ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishtirish.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:

-Maktabgacha ta’limda bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar;


-maktabgacha ta’limning tizimida tutgan o‘rnini, maktabgacha ta’lim bo‘yicha kasbiy faoliyatining umumiy tamoyillarini, me’yoriy va uslubiy asoslarini bilishi;
-Bola huquqlarini bilishi, bolalarga mehribon, shirinso‘z, xushmuomala va bolajon bo‘lishi lozim;
-Ijodkor, o‘z kasbini fidoyisi, mehnatsevar, soha yangiliklarini tezda o‘zlashtiruvchi, bola ta’lim-tarbiyasida ota-onalarga ko‘maklashuvchi pedagog bo‘lishi lozim.
Insonni har tamonlama barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyat qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish – ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonni ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika - grekcha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi» - ma’nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va ma'naviy barkamollikka munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid – Cho‘lpon singari ulug‘ olim-u adiblar, fozil-u fuzalolar ta'lim-tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulib», Kaykovusning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.
Pedagogik fikrni rivojlanishida ulug‘ rus pedagogi K.D.Ushinskiyning ham hissasi katta. Uning nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma'lum bo‘lib, bolalarning bir necha avlodni shu kitoblar vositasida ta'lim olgan.
Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi olimi Yan Amos Kamenskiy (1592-1670) ning hissasi katta bo‘ldi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asari hisoblanadi.
Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunigacha davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta'lim pedagogikasining mavzuidir. U maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatishi birligini, maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta'sinlab, ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta'lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllanadi.
Maktabgacha ta'lim pedagogikasining nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga egaligiga asoslanadi.
Maktabgacha ta'lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o‘rgandi. Bu esa maktabgacha ta'lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga suyangan holda faoliyat yuritish;
Maktabgacha ta'lim pedagogikasi bog‘chalardagi ta'lim – tarbiya mazmunini takomillashtirish;
Ta'lim – tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish;
Bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy sog‘ligini ta'minlashda o‘qituvchi – tarbiyachi mahorati;
Maktabgacha ta'lim pedagogikasi nazariyasi va amaliyotining maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishga bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan olib bog‘lab olib borishning zarurligi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asoslanadi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish