Zbekiston respublikasining qonuni xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi



Download 78,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana30.03.2022
Hajmi78,73 Kb.
#519219
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
706-II-сон 02.12.2004. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING MAQOMI
TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining (bundan
buyon matnda deputat deb yuritiladi) huquqlarini, majburiyatlarini hamda deputatlik faoliyatining
asosiy kafolatlarini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1-modda. Deputat
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga (bundan buyon matnda xalq
deputatlari Kengashi deb yuritiladi) saylangan hamda O‘zbekiston Respublikasining 
Saylov
kodeksiga 
muvofiq tegishincha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga
olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deputat hisoblanadi.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
2-modda. Deputat faoliyatining huquqiy asoslari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Deputat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi
, “Mahalliy davlat
hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni
, ushbu Qonun va boshqa qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Deputat vakolatlarining muddati
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga saylanadi.
Deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ariza bergan taqdirda;
u qonunga ko‘ra deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga
saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
u chaqirib olingan taqdirda;
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot
etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;
u vafot etgan taqdirda.
Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi qaroriga binoan
muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor
bunday masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Deputatning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.

Download 78,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish