Viloyatda 2015 yilda ish o´rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta´minlash dasturi to´g´risida Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi qarori



Download 35,5 Kb.
Sana08.04.2017
Hajmi35,5 Kb.
#6289

Viloyatda 2015 yilda ish o´rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta´minlash dasturi to´g´risida Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi qarori


Qo'shilgan sana: 2015-01-31

Manba: Qashqadaryo viloyat hokimlik matbuot xizmati

Muallif: Admin

“Aholini ish bilan ta´minlash to´g´risida”gi O´zbekiston Respublikasining Qonuni (O´zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 1998 y., 5-6-son, 17-modda), O´zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014 yil 22 oktyabrdagi 992-II-sonli va O´zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014 yil 13 noyabrdagi “2015 yilda ish o´rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta´minlash dasturi to´g´risida”gi SQ-454-II- sonli Qarorlariga (O´zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 y, 11-son, 317-modda) muvofiq viloyatda 2015 yilda ish o´rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta´minlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to´g´risida”gi Qonun (O´zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son,24-modda)ga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi,

Q A R O R Q I L A D I:

1. 2015 yil davomida viloyatda yaratiladigan yangi ish o´rinlarining parametrlari 1-ilovaga, Qarshi shahar va tumanlarda yangi ish o´rinlari tashkil etish parametrlari 2-ilovaga hamda viloyat Ishchi komissiyasi ro´yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan 2015 yilda yangi ish o´rinlari yaratish hududiy dasturlari parametrlari O´zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo´llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta´minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to´g´risida”gi PF-4058-sonli Farmoni (O´zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to´plami, 2008 y., 49-son, 477-modda) bilan tasdiqlangan moliyaviy inqirozga qarshi kurash choralari doirasidagi takliflari inobatga olinsin.
Ishchi komissiyasining hududlarga biriktirilgan a´zolariga:
har oyda biriktirilgan hududga chiqqan holda 2015 yilda yangi ish o´rinlari yaratish va aholi bandligini ta´minlash dasturi ijrosini tanqidiy o´rganib, hokimliklar va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama etib borish;
hududiy dasturlarni amalga oshirishda yo´l qo´yilayotgan qoloqlik va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni ko´rish;
belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarmagan tarmoqlar, hokimliklar, mas´ul davlat organlari, tijorat banklari va korxonalar rahbarlarining mas´uliyatini ko´rib chiqish yuzasidan viloyat ishchi komissiyasiga takliflar kiritib borish;
hududiy dasturlarga kiritilgan ob´ektlarning o´z vaqtida ishga tushirilishi, dastur parametrlarining to´liq va sifatli bajarilishi ustidan qat´iy nazorat o´rnatish vazifasi yuklansin.
3. Viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi (O´.Pardaev):
ushbu parametrlar bo´yicha hokimliklar bilan hamkorlikda 2015 yilda har bir hududlar (Qarshi shahri va tumanlar)da yaratiladigan yangi ish o´rinlari parametrlarining ijrosini tahlil qilib, viloyat hokimligiga taqdim etib borsin;
2015 yilda yangi ish o´rinlari yaratish va aholi bandligini ta´minlash dasturining ijrosi monitoringini yuritishda investisiya, lokalizasiya, tarmoqlar, hududlarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va boshqa maqsadli dasturlar ijrosiga alohida e´tibor qaratsin.
4. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi (I.Jo´raev) tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda moliyaviy sog´lomlashtirish choralari qo´llanilgan sharoitda ish o´rinlarini tiklash, ulardagi bo´sh ish o´rinlari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish, ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga yaratiladigan yangi ish o´rinlari hisobini yuritsin va nazoratga olsin.
5. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (T. Karimov)ga:
viloyatdagi barcha tijorat banklari bilan birgalikda yangi ish o´rinlari yaratishga yo´naltiriladigan kredit resurslari hajmlarini hududlar (shahar, tumanlar), tijorat banklari va maqsadli yo´nalishlar kesimida ajratishning reja jadvalini ishlab chiqish va joylarga etkazish;
tasdiqlangan reja-grafigiga muvofiq tijorat banklari tomonidan  2015 yilda yangi ish o´rinlari yaratish uchun kreditlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini qat´iy nazoratga olish, mablag´lar ajratilishini joylarga chiqqan holda hokimliklar, tijorat banklari va tadbirkorlar ishtirokida muhokama etib, zarur choralarni ko´rish tavsiya etilsin.
6. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi (I.Jo´raev), Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi (S.Boboqulov)ga:
xususiy tadbirkorlik, kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish hamda sohada yangi ish o´rinlari yaratish;
kichik biznes sub´ektlarining tashkil etilishi va faoliyat ko´rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini joylarga chiqib o´rganish hamda mavjud muammolarni hal etish bo´yicha zaruriy choralarni ko´rish tavsiya etilsin.
7. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi (I.Jo´raev)ga, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (T.Karimov), viloyat tijorat banklari, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiy nochor va ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash, ularda yangi ish o´rinlari yaratish chora-tadbirlariga asosiy mas´ul ekanligini inobatga olgan holda, ushbu yo´nalishda belgilangan yangi ish o´rinlari yaratishning prognoz parametrlari ijrosining ta´minlanishini qat´iy nazoratga olish tavsiya etilsin.
8. Viloyat Moliya boshqarmasi (N.Qulmatov) sug´urta idoralari bilan birgalikda yirik sug´urta idoralarining har bir shahar, tumanlardagi filiallari (vakolatxonalari) tarmog´ini kengaytirishning qo´shimcha  chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va shahar, tumanlar kesimida  2015 yilda yangidan tashkil etiladigan ob´ektlarning manzilli ro´yxatlarini tasdiqlasin.
9. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (X.Xolboev) belgilangan tartibda ro´yxatdan o´tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug´ullanayotgan fuqarolarni qonunchilikda belgilangan tartibda ro´yxatdan o´tkazishni ta´minlasin.
10. O´zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 iyuldagi “Ta´lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo´shimcha chora-tadbirlar to´g´risida”gi PF-4232-sonli Farmonining (O´zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to´plami, 2010 y., 30-son, 251-modda) 1-bandiga muvofiq mikrofirmalar, kichik korxonalar tomonidan respublikaning kasb-hunar kollejlari, akademik liseylari va oliy ta´lim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band bo´lgan xodimlarning o´rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativdan ko´pi bilan 50 foiz oshgan hollarda, ular uchun imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar saqlab qolinsin.
11. Viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi (Sh.Rajabov)ga, Statistika (F.To´raev), Iqtisodiyot (A.Umirov) boshqarmalari bilan birgalikda 2015 yilda yangi ish o´rinlari yaratish va aholi bandligini ta´minlash dasturi ijrosining har oylik monitoringini hududlar va tarmoqlar kesimida olib borsin, dastur ijrosi haqida umumlashgan ma´lumotlarni viloyat hokimligiga har oyda taqdim etish, dastur ijrosini ta´minlash yuzasidan hududlar, tarmoq va korxonalar bo´yicha aniq takliflar kiritish vazifalari topshirilsin.
12. Viloyat Davlat statistika boshqarmasi (F.To´raev)ga, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish (Sh.Rajabov), Iqtisodiyot (A.Umirov) boshqarmalari bilan birgalikda barcha chora-tadbirlar hisobiga yaratilayotgan yangi ish o´rinlari hisobining yuritilishini ta´minlasin.
yangidan tashkil etilgan ish o´rinlarining hisobi O´zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo´mitasining 2013 yil 6 maydagi 28-q, 31, 4q-2013-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashkil etilgan ish o´rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibi to´g´risidagi” Nizom (ro´yxat raqami 2473, 27.06.2013 y.) (O´zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to´plami, 2013 y., 26-son, 344-modda) hamda O´zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Davlat statistika qo´mitasining 2013 yil 1 maydagi 26, 3q-2013-son qarori bilan tasdiqlangan “Yangidan tashkil etilgan ish o´rinlari bo´yicha tezkor ma´lumotlar va davlat statistika hisobotlarining o´zaro muvofiqligini ta´minlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida o´rganish to´g´risidagi” Nizom (ro´yxat raqami 2474, 27.06.2013 y.) (O´zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to´plami, 2013 y., 26-son, 345-modda) asosida amalga oshirsin.
13. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (X.Xolboev), Markaziy banki viloyat bosh boshqarmasi (T.Karimov), Iqtisodiyot boshqarmasi (O´.Pardaev), Fermerlar Kengashi (B.Safarov), Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi (Sh.Rajabov), Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni qo´llab-quvvatlash viloyat boshqarma (I.Jo´raev) lariga:
2015 yilda ish o´rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta´minlash dasturi bajarilishining borishi to´g´risidagi ma´lumotlarni har oyning 25 sanasiga qadar viloyat ishchi komissiyasi (G´.Djavliev)ga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin. 
14. Qarshi shahar, tumanlar hokimlariga:
2015 yilda ish o´rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta´minlash dasturining asosiy yo´nalishlari va parametrlari tegishli hududda bajarilishini ta´minlash;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish, xizmatlar ko´rsatish va servis sohasini, qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurilishini va pudrat asosidagi qurilish ishlarini, ko´p tarmoqli fermer xo´jaliklarini yanada rivojlantirish, bekor turgan korxonalarni qayta tiklash, ish o´rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta´minlash bilan bog´lik dasturlarni amalga oshirish bo´yicha zarur chora-tadbirlarni ko´rish;
shahar va tumanlar markazlarida, yirik korxona va tashkilotlar ish beruvchilari ishtirokida ixtisoslashtirilgan ish o´rinlari yarmarkalari o´tkazilishini tashkil etish;
2015 yilda yangi ish o´rinlari yaratish va aholi bandligini ta´minlash dasturi ijrosi haqidagi ma´lumotlarni har oyda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga taqdim etib borish;
2015 yilda yangi ish o´rinlari yaratish, aholi bandligini ta´minlash dasturining tasdiqlangan asosiy parametrlarini 2015 yilda yangi tashkil etiladigan va kengaytiriladigan ob´ektlar (korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, tadbirkorlik sub´ektlari, fermer va dehqon xo´jaliklari va shu kabilar) kesimida muddatlar, moliyaviy manbalar, mas´ullar bo´yicha aniqlashtirilgan holda tasdiqlash;
har oyda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan birgalikda 2015 yilda yangi ish o´rinlari yaratish va aholi bandligini ta´minlash hududiy dasturining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi, manzilli ro´yxatlarga kiritilgan ob´ektlarning ishga tushirilishi va belgilangan ish o´rinlarining yaratilishini muhokama etib borish;
har bir tuman, shahar hokimlari boshchiligidagi tarkibiga manfaatdor tashkilotlar rahbarlari kiritilgan ishchi guruhlari tashkil etish, ular zimmasiga yangi ish o´rinlari yaratish va aholi bandligini ta´minlash choralarini ko´rish, manzilli dasturga kiritilgan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishini har tomonlama qo´llab-quvvatlash, jumladan ro´yxatdan o´tkazish, moddiy-texnika resurslaridan va muhandislik kommunikasiyalaridan foydalanish, dastlabki sarmoyani shakllantirish va kreditlar olish, soliqqa tortish, mahsulotni sotish kabi muammolarni aniqlash va joyida hal etish choralarini ko´rish vazifalari topshirilsin.
15. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2013 yil
23 noyabrdagi “Viloyatda 2014 yilda moliyalashning barcha manbalari hisobidan yaratilayotgan yangi ish o´rinlarining parametrlari to´g´risida”gi IV/36-121-sonli qarori 2014 yil 31 dekabrdan o´z kuchini yo´qotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari raislari zimmasiga yuklatilsin.
17. Ushbu qaror rasman e´lon qilingan kundan e´tiboran kuchga kiradi.

Xalq deputatlari viloyat


Kengashining raisi Z.Ro´ziev
2015 yil 30 yanvar,
Qarshi shahri
Download 35,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish