Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Jazo muddatlarini hisoblash



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/330
Sana22.09.2021
Hajmi1 Mb.
#181658
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   330
Bog'liq
JK

63-modda. Jazo muddatlarini hisoblash 
Muayyan  huquqdan  mahrum  qilish,  axloq  tuzatish  ishlari,  xizmat  bo‘yicha  cheklash,  qamoq, 
ozodlikni  cheklash,  intizomiy  qismga  jo‘natish,  ozodlikdan  mahrum  qilish  tarzidagi  jazolarning 
muddatlari  oylar va  yillar bilan hisoblanadi.  Jazolarni  almashtirish, hisoblash, qo‘shish vaqtida ularning 
muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin. 
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan hisoblanadi. 


BEShINChI BO‘LIM 
JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISh 
XII bob. Javobgarlikdan ozod qilishning turlari 
64-modda.  Javobgarlikka  tortish  muddatining  o‘tib  ketganligi  munosabati  bilan  jinoyat 
uchun javobgarlikdan ozod qilish 
Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar: 
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil; 
b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil; 
v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil; 
g)  o‘ta  og‘ir  jinoyat  sodir  etilgan  kundan  boshlab  —  o‘n  to‘rt  yil  o‘tgan  bo‘lsa,  shaxs 
javobgarlikdan ozod qilinadi. 
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan 
kungacha hisoblanadi. 
Agar  jinoyat  sodir  etgan  va  jinoiy  javobgarlikka  tortilgan  shaxs  tergov  yoki  suddan  yashirinsa, 
muddatning o‘tishi to‘xtatiladi.  Aybdor ushlangan  yoki  aybini bo‘yniga  olib arz qilgan kundan boshlab 
muddatning o‘tishi qaytadan tiklanadi. 
Agar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar 
o‘tmasdan  qasddan  yangi  jinoyat  sodir  etsa,  muddatning  o‘tishi  uziladi.  Bunday  holda  javobgarlikka 
tortish  muddatlari  yangi  jinoyat  sodir  etilgan  kundan  boshlab  hisoblanadi.  Qolgan  hollarda,  agar  shaxs 
javobgarlikka tortish muddatlari o‘tmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat  uchun 
alohida hisoblanadi. 
Agar  ijtimoiy  xavfi  katta  bo‘lmagan  yoki  uncha  og‘ir  bo‘lmagan  jinoyat  sodir  etilgan  kundan 
boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, 
shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
Ushbu  Kodeks 
Maxsus  qismining 
moddasida  umrbod  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosini 
tayinlash  nazarda  tutilgan  jinoyatni  sodir  etgan  shaxsga  nisbatan,  javobgarlikka  tortish  muddatlarini 
qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim 
topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi. 
Ushbu  moddada  nazarda  tutilgan  muddatlar  ushbu  Kodeksning 
150  —  157-moddalarida
,  158-
moddasining 
birinchi  qismida
,  159-moddasining 
uchinchi
 va 
to‘rtinchi  qismlarida

160

161
 va 
244
2
-
moddalarida 
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 
65-modda.  Qilmish  yoki  shaxs  ijtimoiy  xavfliligini  yo‘qotganligi  munosabati  bilan 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish