IKKINChI BO‘LIM
TINChLIK VA XAVFSIZLIKKA QARShI JINOYATLAR
VSh bob. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
150-modda. Urushni targ‘ib qilish
Urushni targ‘ib qilish, ya’ni bir mamlakatni ikkinchi mamlakatga nisbatan qo‘zg‘atish uchun
turli shakldagi qarashlar, g‘oyalar yoki chaqiriqlar tarqatish —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
151-modda. Agressiya
Bosqinchilik urushini rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek shu harakatlarni
amalga oshirishga qaratilgan fitnada qatnashish —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bosqinchilik urushini boshlash va uni olib borish —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |