128-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish
Shaxsning o‘n olti yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda u bilan jinsiy aloqa qilish
yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish —
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ilgari ushbu Kodeksning
118
yoki
119-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan
shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |