Ushbu Kodeksning
245-moddasida
nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagani holda odam
o‘g‘rilash —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) voyaga yetmagan
shaxsga nisbatan;
b) g‘arazgo‘ylik yoki
boshqa past niyatlarda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan
oldindan til biriktirib;
g) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: