Ўзбекистон республикасида таълим


Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda “Faol tadbirkorlik, innovatsion



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/104
Sana24.02.2022
Hajmi2,04 Mb.
#227744
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Bog'liq
2919-Текст статьи-7946-1-10-20200909

Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda “Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g‘oyalar va texnoloyalarni qo‘llab-quvvatlash” yili davlat dasturining ahamiyati 
 
A. Anvarxonov, 
TDIU, KE-83
 
Dunyo tajribasida ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘zlarining 
shu darajasiga yetishishlarida o‘sha mamlakatni boshqarishda to‘g’ri siyosat 
yurgizilganligi eng asosiy omil hisoblanadi. Xususan, ular o‘z rivojlanish yo‘llarini 
bir necha yillarga mo‘ljallangan maxsus dasturlar asosida amalga oshirganlar.
O‘zbekiston ham o‘z rivojlanish yo‘lining yangi bosqichiga chiqishida 
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan 
“O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi davlat dasturini qabul qilish to‘g’risida”gi PF-4947-sonli 
Farmoni
8
muhim dastur bo‘lib xizmat qilmoqda. Yana bir e’tiborga molik jihatlardan 
biri shundagi endilikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qiladigan 
Qonunlardan tortib to eng quyi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan 
qaror-u, nizomlargacha barchasi umumxalq muhokamasiga
9
qo‘yilyapti. Avvallari 
biror-bir huquqiy hujjat qabul qilinganida ma’lum bir tor doira vakillarigina bu 
ishlarga jalb qilinar edi.
Endilikda yuqoridagi ijobiy holat esa, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat 
idoralari xalqga xizmat qilishi kerak” degan fikrlarning amaldagi yaqqol 
8
 
www.president.uz
 O’zR Prezidentining rasmiy sayti. 
9
 
www.regulation.gov.uz
 O’zR normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining mohokamisi sayti


64 
namunasidir. Ta’kidlanganidek barcha huquqiy hujjatalar singari “Faol tadbirkorlik, 
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yili Davlat dasturi ham 
Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi kesimida xalq muhokamasiga 
qo‘yildi va kerakli, asosli fikr-mulohazalar, takliflar qabul qilindi. Kelgusi bir yil 
davomida mamlakatda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar va amalga oshiriladigan 
islohotlar belgilab olindi. Ana shunday islohotlarning eng asosiylaridan hisoblangan 
to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish – “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”
10
yo‘nalishining 
uchinchi bandi ham bevosita ta’limga bog’liq bo‘lib, unda juda muhim va dolzarb 
vazifalar o‘rtaga tashlangan. Ularda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, 
OTMlariga kirishda shaffoflikni maksimal darajada taminlash, OTMlariga qabul 
kvotalarini oshirish, mamlakatimizda xorijdagi yetakchi OTMlarini filliallarini 
ochish, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimlarini 
takommillashtirish, ularni zamonaviy, raqobatbardosh qilib kasbga tayyorlash, 
tarixda ilk bor Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlar forumini o‘tkazish, yashlarni 
kasbga tayyorlash maqsadida 10-11 sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqarish 
majmualarida kasbga tayyorgarlik bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish, maktab 
ta’limida ortiqcha qog’ozbozlik ishlarini bartaraf etish, shu yilning o‘zida 335ta 
umumiy o‘rta ta’lim maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, O‘zbekiston 
Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va o‘zbek tili 
maqomini oshirish shular jumlasidandir. 
Mamlakatning taraqqiyoti va rivoji unda mehnat qilayotgan kadrlarga bo‘g’liq 
o‘laroq, bu kadrlarning bugungi zamon talablariga javob bera olishi, 
raqobatbardoshligi ularni baholaydigan asosiy omillardan hisoblanadi. Albatta, 
barcha talablarga javob bera oladigan sifatli kadrlarni yetshtirish uchun eng avvalo 
ta’lim sifatini oshirish kerak. Shu munosabat bilan va oxirgi yillarda ta’limdagi katta 
o‘zgarishlarni inobatga o‘lib, yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonun, bugungi 
kunning talabi bo‘lgan “Fan to‘g’risida”gi va “Innovatsion faoliyat to‘g’risida”gi 
Qonunlar umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. O‘zbekiston va uning kelajagi bo‘lgan 
yoshlarga befarq bo‘lmagan barcha bu muhokamalarda faol ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzurida mustaqil ravishda Ta’lim sifatini 
nazorat qilish davlat inspeksiyasi ish boshladi. Shunisi hayrliki bu inspeksiya hech bir 
ta’limga oid vazirlikga tegishli bo‘lmasdan mustaqil ravishda ish olib boradi. Bu esa 
o‘z navbatida shaffoflikni ta’minlaydi. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonun 
loyihasi ham ayni shu inspeksiyaning tashabbasi bilan umumxalq muhokamasiga 
qo‘yoldi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbasi bilan ham Prezident Qarori 
umumxalq muhokamisiga qo‘yilgan bo‘lib, unda ilmiy darajalar berish har bir 
OTMning o‘z vakolatlari doirasida bo‘lishi muhokama qilinmoqda. Agar mazkur 
o‘zgarish amalga o‘shirilsa OTMlar o‘rtasida raqobat vujudga keladi. Raqobat esa o‘z 
navbatida taraqqiyotning asosidir. Lekin, turli korrupsiya holatlarini oldini olish 
maqsadida ilmiy daraja olmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar xalqaro reytingda eng yuqori 
o‘rinlarda turgan ilmiy portalda maqolalar chiqarishlari talab etiladi.
Shuni hech qachon unutmaslik kerakki, biz O‘zbekistonni dunyodagi yetakchi 
davlatlar safiga olib chiqmoqchi ekanmiz eng avvalo ta’limga jiddiy e’tibor 
10
 
www.strategy.uz
 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi sayti. 


65 
berishimiz kerak. Shuning uchun OTMlarda nomutahasislik fanlar kamaytirish, 
zamon talablariga javob beradigan fanlarni dasturga kiritishni mustaqil amalga 
oshirishlarida OTMlarga erkinlik berish, dunyo tajribasidan o‘tgan va bugungi 
kungacha eng samarali metod deb qaralayotgan modul tizimiga o‘tish, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturini ham qayta ko‘rib chiqish, pedagog o‘qituvchilarni 
rag’batlantirishning yangi yo‘llarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish bilan ta’limning 
hamkorligini mustahkamlash va ilmiy yangiliklarni tezroq amaliyotga qo‘llashda 
qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida turli tanlovlar tashkil etish bugungi kunda 
turgan vazifalar hisoblanadi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish