92
A. N. Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan muloshaza yuritib,
tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi,
lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga
tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivasiyasi to’qrisida nazariy metodologik
muammolarni o’rtaga tashlaydi.
P. Ya. Galperin fikriga ko’ra, tafakkur-bu orientirlash-tadqiqot faoliyati,
orientirovka jarayondir, ya'ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif
psixologiya fani intellektual masalalarni yachishda sub'ektning tafakkurga
orientirovka qilish jarayonini o’rganishdan iborat deb tushuntiriladi. P. Ya.
Galperin tafakkurning boshqa jashatlarini o’zining aqliy sharakatlarni bosqichli
shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan sholda yoritishga intiladi.
A. V. Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning mushim yangilikni qidirish
va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari
aloshida ta'kidlab o’tiladi. Yuqoridagi mualliflardan o’laroq, A. V. Brushlinskiy
tafakkurning umumlashtirib, bilvosita aks ettirishdan tashqari mushim yangilikni
izlash va ochish, oldindan bashorat qilish xususiyatlari mavjudligini dalillab
ko’rsatadi.
Tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan sho’ro psixologlari tomonidan
bildirilgan muloshazalarga yakun yasab, umumiy ta'rif berishning mavridi keldi.
Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir,
jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql
mezoni, fashmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan sholda, tafakkurga
quyidagi shartli ta'rifni berish mumkin: Tafakkur atrof-mushitdagi voqelikni nutq
yordami bilan bavosita, umumlashagn sholda aks ettirivchi psixik jarayon, ijtimoiy
sababiy boqlanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga
yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta'rifda tafakkurning eng mushim xususiyatlari va
funksiyasi sanab o’tilgan, ya'ni so’z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiy
sababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar.
Bizningcha, berilgan ta'rifdan kelib chiqqan sholda tafakkur predmetini aniqlashga
sharakat qilinsa, maqsadga muvofiq ish qilingan bo’lar edi. Tafakkur predmetini
belgilash mashaqqati uning murakab bilish jarayoni ekanligini yana bir qirra
tasdiqlab turibdi. quyidagi tafakkur strukturasini ilova qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: