Ўзбекистон республикаси


 Qo’shish va ayirish amallarini o’rganishga tayyorlash



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/74
Sana03.01.2021
Hajmi0,87 Mb.
#54088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
matematika oqitish metodikasi

4. Qo’shish va ayirish amallarini o’rganishga tayyorlash. 

Masalan:  Nargizaga  onasi  4  ta  katakli, 5  ta  yo‟lli  daftar  berdi.  Nargizaga  onasi 

nechta daftar berdi? 

Bolalarni  qo‟shish  va  ayirish  amallarini  o‟rganishga  tayyorlash  maqsadida 

berilgan  ikki  to‟plamni  birlashtirishga  doir  va  to‟plam  qismini  ajratishga  doir 

mashqlar bajariladi.  

5. Raqamlarni yozishga tayyorlash. 

Hoshiyalar,  jiyaklar  rasmini  chizish  bilan  bog‟liq  bo‟lgan  mashqlar  raqamlarni 

yozishga tayyorlash imkonini beradi. Bunday mashqlar 1- sinf darsligining dastlabki 

har  qaysi  sahifasida  berilgan.  Bu  mashqlarni  bajarish  bilan  o‟quvchilar  ruchkani 

to‟g‟ri tutishni, satrni ko‟rishni, sahifaga yozuvni joylashtirishni o‟rganadilar.  

Dasturda  1-  sinf  uchun  matematikada  birinchi  mavzu  birinchi  o‟nlik  sonlarini 

nomerlashdan  iborat.  Bu  mavzu  ustida  ishlashda  o‟qituvchining  vazifasi  bolalarda 

sanoq malakasini hosil qilish, ularda birinchi o‟nta son haqida tasavvur shakllantirish 

son  bilan,  uning  nomi  raqamlar  yordamida  bosma  va  yozma  belgilanishi  orasida 

moslik  o‟rnatish  malakasini  tarkib  toptirishdan  iborat,  o‟quvchilarni  sonlarning 

natural qatorining ba‟zi xossalari bilan, sonlarning tarkibi bilan tanishtirishdan iborat.  

Birinchi  o‟nlikning  har  bir  soni  bilan  tanishishda  quyidagi  savollardan 

foydalanish mumkin:  

1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin? 

Birinchi  o‟nlikning  har  bir  soni  o‟zidan  oldingi  songa  birni  qo‟shish  bilan  va 

o‟zidan  keyingi  sondan  birni  ayirish  bilan  hosil  qilinishi  kerak.  Bu  o‟quvchilarga 

sonlarning  qatordagi  ketma-ketligini  o‟sib  berish  tarkibida  ham,  kamayib  berish 

tarkibida  ham  o‟zlashtirish  imkonini  beradi.  Birinchi  o‟nlik  sonlari  ikki 

qo‟shiluvchidan tashkil topish ham, alohida birliklardan tashkil topish ham mumkin.  

2. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday yoziladi?  

Bolalar  oldin  bosma  raqamlar  bilan  tanishadilar,  ular  predmetlarning  tegishli 

to‟plamlari yoniga o‟rnatib qo‟yiladi.  

3. Berilgan son sonlarning natural qatorida qanday o‟rinni egallaydi?  



 

Bunda bolalarga quyidagi savollarga javob topa olishga o‟rgatiladi. Berilgan son 



sonlar  qatorida  qaysi  sondan  keyin  uchraydi,  qaysi  sondan  oldin  keladi,  sonlar 

qatorida berilgan sonning o‟rni egallaydi. 

2.Natural qatorning birinchi sonlari bilan tanishtirishda o‟quvchilar oldin tevrak-

otrofdagi  narsalar  va  ularning  tasvirlari  bilan  ish  ko‟radilar.  (doirachalar,  olmalar, 

mashinalar).  Katta  sonlar  6,  7,  8,  9,  10  sonlar  bilan  tanishtirishda  predmet 

ko‟rsatmalilikdan  foydalanish  o‟rgatiladi  yoki  sonli  zinapoyachadan  foydalanish 

mumkin. 

3.Birinchi  o‟nlik  sonlarini  o‟rganishda  shu  sonlarning  tarkiblarini  qarashga  oid 

ishlar  o‟rgatiladi.  Bunda  2–5  sonlariga  nisbatan  bu  sonlarning  ikki  qo‟shiluvchidan 

iborat tarkibini eslab qolishga qoid ishlar qilinadi. 6–10 sonlariga nisbatan ishlar esa 

“10  ichida  qo‟shish  va  ayirish”  mavzusini  o‟rganishda  davom  ettiriladi.  Sonlar 

tarkiblarining har xil hollarini ko‟rsatish uchun didaktik materialdan, rasmlardan, har 

xil jadvallardan, kvadratlardan foydalanish mumkin.  

Sonlar  tarkibini  mustahkamlash  va  takrorlashda  “O‟ylab  top!”,  “Estofeta”, 

“Arifmetik labirint” kabi o‟yinlardan foydalaniladi.  

Masalan:  “O‟ylab  top!”  o‟yinini  o‟tkazishda  bolalarga  8  sonini  qanday  ikki 

qo‟shiluvchidan  hosil  qilish  mumkinligini  topish  taklif  qilinadi.  Eng  ko‟p  holni 

topgan  o‟quvchi  yutib  chiqadi.  1–10  sonlari  bilan  tanishilganidan  keyin  bolalar  0 

raqami  bilan  tanishadilar.  Buni  quyidagicha  o‟rgatish  mumkin.  Partaga  uchta  sanoq 

cho‟pini qo‟ying. 1 tasini oling. Nechta qoldi? (2). Yana bittasini (doirachani) oling. 

Nechta  qoldi?  Yana  bittasini  olinsa,  nechta  qoladi?  (Bitta  ham  qolmadi).  Oxirgi 

misolni yozing. 1-1=0 soni chiqadi. 0 soni bitta ham predmet qolmaganini ko‟rsatadi. 

SHundan  keyin  0  soni  1  soni  bilan  taqqoslanadi  va  0<1  ekani  o‟rgatiladi. 

O‟quvchilarga  “0  soni  sonlar  qatorida  1  dan  oldinda  turishi  kerak”  degan  xulosa 

chiqarishga o‟rgatadilar. Demak, 10 ichida sonlarni nomerlashni o‟rganish natijasida 

o‟quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko‟nikmalarni egallab olishlari kerak.  

1)  1–10 sonlari nomlarini va ketma ketligini puxta o‟zlashtirish. Ularni o‟qish va 

to‟g‟ri yozishga o‟rgatish. 

2)  Har qaysi sonning sonlar qatoridagi o‟rnini bilish. 

3)  Sonlarni  taqqoslashni  va  “>,  <,  =”  belgilardan  foydalanib  tegishli  yozuvlarni 

yozish. 

 


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish