Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримов
O’quv fanining maqsadi. Magistrlarni sport va jismoniy tarbiya biomexanika asoslari bilan tanishtirish, ularni jismoniy harakatlarning turli bo’limlari uchun o’tkaziladigan amaliy, o’quv mashq ishlarida jismoniy mashqlarni to’g’ri qo’llashda kerak bo’ladigan bilimlar bilan qurollantirish, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
O’quv kursining vazifalari. Har qanday ilm sohasining vazifalari uning mazmunini – nazariyasi va usullarini belgilaydi. Nazariya va usullar ushbu vazifalarni yechish uchun ishlab chiqariladi. Umumiy vazifa, ta’limot sohalarining barchasini butunligicha qamrab oladi, xususiy vazifalar esa, o’rganilayotgan hodisalarning aniq masalalarini o’rganishda muhimdir. Sport biomexanikasida inson harakatlarini o’rganishning umumiy vazifasi – qo’yilgan vazifaga ancha mukammal erishish uchun kuchni ishlatish samaradorligini baholashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |