2.3. Kurs ishi (loyihasi) tarkibi va ularga qo’yiladigan talablar
O’quv rejada mazkur fandan kurs ishi 2 bosqich 3-semestrda yozish rejalashtirilgan
Kurs ishlarini bajarilishiga qo’yilgan talablar.
1. Kurs ishini yozish uchun kamida 10-12 ta adabiyotlarni ko’rib va o’rganib chiqish lozim. Kurs ishining mazmuni zamonaviy talablarga javob berishi va tadqiqot ishlar yo’nalishida bo’lishi kerak. Magistrlar o’z tanlagan mavzulari bo’yicha adabiyotlarni mustaqil tanlashi zarur.
2. Kurs ishining tadqiqot materiallari yetakchi o’qituvchilarning ballarini umumlashtirishni (pedagogik amaliyot davrida to’plangan materiallar) yoziladigan kurs ishlari o’z ichiga qamrab olishlari kerak.
3. Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik darajasini tavsifida yoshi, jinsi taxminan bir xil bo’lishi kerak. Sinovda ishtirok etuvchilarni soni 20 tadan kam bo’lmasligi kerak. Tadqiqotda ishtirok etuvchilar unga jiddiy va ijobiy qarab yordam berishlari lozim. Tadqiqot o’tkazishda ishtrokchilar yoshi, tayyorgarligi va sharoitlar bir xil bo’lishi kerak.
4. O’quvchilarni xayotiy faoliyati har xil bo’lgani uchun, ularni jismoniy rivojlanishini va jismoniy tayyorgarligini taxminan har doim kun davomida bir xil vaqtda olish kerak. Ularning kiyimlari ham, ya'ni sport formada bo’lishi lozim. Mashqlarni bajarish usullari ham bir xil bo’lishi lozim jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik materiallarini olish vaqtining oralig’i bir oydan oshmasligi kerak.
5. Jismoniy tarbiya darsini tavsiflovchi o’qituvchining tajribasini yoki maktab bo’yicha olib boriladigan o’rganish o’lchamlari 20 ta dan kam bo’lmasligi kerak, shunda olingan materiallarni umumlashtirish ishonarli bo’ladi.
6. Kurs ishlari kompyutorga (pechat qilingan) kiritilgan bo’lishi kerak yoki chiroyli, tushunarli qilib varaqning bir tomoniga yozilgan holda bo’lishi ham mumkin. Kurs ishining xajmi 20-25 bet, qo’l yozmada 30-35 betdan iborat.
7. Kurs ishini yozishda standart varaqlardan (210-300 mm) foydalanib o’ng tomondan 1,5 sm, chap tomondan 3 sm, yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm dan bo’sh joy qoldiriladi.
8. Kurs ishi yozilishida quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: har bir bo’lim raqamlari yunon shifrida yoziladi; qo’llanadigan atamalar aniq bo’lishi kerak; kam uchraydigan atamalarga izoh berish lozim; kurs ishining mazmuni qo’llanilayotgan atamalarga va tuzulishiga mos bo’lishi kerak.
9. Adabiyotlardan foydalanib mualliflar fikrini yozilishida hurmat-izzat bilan qarab familiyasi, ismi, sharifi yozilib, so’ng kitobni chop etilgan yili, shaxri, nashriyoti ko’rsatiladi. Prezident I.A. Karimov mashhur omillar va so’zlari (sitata) yozilishida hamma vergul, vergul-nuqta, nuqtalar aniq yozilishi kerak.
10. Kurs ishida keltirilgan rasmlar bo’yoq bilan chizilgan bo’lishi kerak, rasmlar ketma-ketligi raqamlar orqali belgilanadi.
11. Kurs ishi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan yakunlanadi. Albatta ko’rsatilgan ro’yxatdagi adabiyotlar kurs ishining mazmunida o’rin egallagan bo’lishi kerak. Foydalanmagan adabiyotlar: kitoblar, maqolalar va boshqalar adabiyotlar ro’yxatiga kiritilishi mumkin emas.
12. Kurs ishining bezatilishi: Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Universiteti, kafedra nomi, kurs ishining mavzusi, muallifning ismi, sharifi, familiyasi, ta’lim yo’nalishi, ilmiy rahbarning familiyasi ismi, sharifi, ilmiy daraja. Varaqni oxirida kurs ishini bajargan yili bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: