5.4. O’quv faoliyati motivlari to’g’risida mulohazalar
Psixologik ma'lumotlarga ko’ra, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta'sirida vujudga keladi va yetarli hart-haroitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning uchun ham ta'lim jarayonida o’zlashtirish, egallash va o’rganishni amalga oshirishni ta'minlash uchun o’quvchilarda o’quv motivlari mavjud bo’lishi hart. Bilish motivlari shaxsning (sub'ektning) gnoseologik maqsad sari, ya'ni bilish maqsadini qaror toptirishga, bilim va ko’nikmalarni egallashga yo’naltiriladi. Odatda bunday turdosh va jinsdosh motivlar nazariy ma'lumotlarning ko’rsatishicha, tashqi va ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga keltiradi.
Tashqi motivlar jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq, ezgu niyat, orzu-istak kabi qo’zg’atuvchilar ta'sirida vujudga keladi. Bularning barchasi bevosita o’quv maqsadga nisbatan tashqi omillar, sabablar bo’lib shisoblanadi. Mazkur holatda bilimlar va malakalar o’ta muhimroq boshqa, shukmron (etakchi) maqsadlarni amalga oshirishni ta'minlash vazifasini bajaradi (yoqimsiz holat va kechinmalar yoki noxush, noqulay vaziyatdan qochish, ijtimoiy yoki shaxsiy muvaffaqiyatga erishish; muvaqqat erishuv muddaosi mavjudligi va hokazo). Bu turdagi yoki jinsdagi tashqi motivlar ta'sirida ta'lim jarayonida bilim va ko’nikmalarni egallash (o’zlashtirish)da qiyinchiliklar kelib chiqadi va ular asosiy maqsadni amalga oshirishga to’sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning asosiy maqsadi o’qish emas, balki ko’proq o’yin faoliyatiga moyillikdir.
Mazkur vaziyatda o’qituvchining o’qishga ularni jalb qilish niyati o’quvchilarning o’yin maqsadining ushalishiga shalaqit berishi mumkin, lekin izosh talab dalillar yetishmaydi.
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya'ni ichki motivlar turkumiga individual xususiyatli motivlar kiradiki, ular o’quvchi shaxsida o’qishga nisbatan individual maqsadni ro’yobga chiqaruvchi qo’zg’alish negizida paydo bo’ladi. Chunonchi, bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma'naviy (madaniy) darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o’xshash motivlarning ta'sirida o’quv jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar (vaziyatlar) yuzaga kelmaydi. Albatta bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo’lishiga qaramay, ba'zan qiyinchiliklar vujudga kelishi eshtimol, chunki bilimlarni o’zlashtirish uchun irodaviy zo’r berishga to’g’ri keladi. Bunday xossalarga ega bo’lgan irodaviy zo’r berishlar tashqi shalaqit beruvchi qo’zg’atuvchilar (qo’zg’ovchilar) kuchi va imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo’ladi. Pedagogik psixologiya nuqtai nazardan ushbu jarayonga yondashilganda to’laqonli vaziyatgina optimal (oqilona) deyiladi.
Ta'lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o’qituvchining muhim vazifasi shisoblanib, uning faoliyati ichki anglanilgan motivlar o’quvchilar xulq-atvorini shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shaxsini shakllantirishga, ularda maqsad qo’ya olish, qiziqish uyg’otish va ideallarni tarkib toptirishga qaratilgan bo’ladi.
Aniq narsalar, hodisalar va xatti-harakatlar insonning faolligi muayyan manbalar bilan uzviy bog’lanishga ega bo’lsa, uyg’unlashib borsa faoliyat motivlari darajasiga o’sib o’tadi. Psixologiyada manbalar o’z moshiyatiga ko’ra turkumlarga ajratib talqin qilinadi.
A) Inson eshtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki manbalar. Organizmning tabiiy eshtiyojlarini namoyon qiluvchi tug’ma xususiyatli va jamoada shakllanuvchi ijtimoiy eshtiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega bo’lishi mumkin.
Tug’ma eshtiyojlar orasida o’qishga nisbatan ma'no kasb etuvchi aloshida ahamiyatga ega bo’lgan faollikka nisbatan eshtiyoj va axborot, ma'lumot, xabarlar olishga eshtiyoj muhim rol o’ynaydi.
Motivga genetik yondashilganda shu narsani aloshida ta'kidlab o’tish lozimki, bola tug’ilgandan e'tiboran bevosita faollik ko’rsatishga moyillik shukm suradi: u kuladi (noverbal muomala shakli), qimirlaydi (fazoda o’rin almashish), qo’l va oyoqlarini harakatlantiradi (moslashish), o’ynaydi (mushit-bola munosabati), gaplashadi (shaxslararo munosabatga kirishish), savollar beradi (dialogik muloqot va boshqalar). Bunga o’xshash xatti-harakatlarning o’zi ularni qoniqtiradi, voqelikni insonning axborotlarga nisbatan eshtiyojini tajribalarda ko’rsatish mumkin: agar tekshiriluvchini ma'lum vaqtga tashqi olamdan ajratib qo’yilsa, natijada uning irodasida, shissiyotida, intellektida buzilish sodir bo’lishi, zerikishi, irodaviy akt tizimi yo’qolishi, fikr yuritish jarayoni parchalanishi, illyuzion, gallyusional holatlar uchrashi mumkin.
Ijtimoiy turmush haroitida faollik va informasion taqchillik odamlarni salbiy shis-tuyg’u va kechinmalarga olib keladi, faoliyat tuzilishi va uning dinamikasiga putur yetkaziladi. Ijtimoiy turmushda shakllanuvchi eshtiyojlar orasida o’quv faoliyatida muhim rol o’ynovchi va uni kuchaytiruvchi ijobiy xususiyatli sosial va gnostik eshtiyojlar aloshida ahamiyat kasb etadi, shaxsni kamol toptirish jarayonida shukmron voqelikni egallaydi.
Ularning turkumiga bilimlarga nisbatan eshtiyoj, jamiyatga foyda keltirishga intilish, umumbahariy yutuqlarga erishishga intilish kabilar kiritiladi. B) Inson shayoti va faoliyatining ijtimoiy haroitlarida aniqlanuvchi tashqi manbalar. Bunday manbalarni talabchanlik, orzu (kutish) va imkoniyatlar tashkil qiladi. Jumladan, talabchanlik insonga faoliyat va xulq-atvorning muayyan turini hamda shakli (ko’rinishi)ni taqozo etadi. Mazkur holatni quyidagi mulohazalar yordamida izoshlash mumkin: ota-ona boladan ovqatni qoshiqda yeyishni, stulda to’g’ri o’tirishni, "rashmat" deyishni talab qilsa, maktab o’quvchidan ma'lum belgilangan vaqtda darsga yetib kelishni, o’qituvchilarga quloq solishni, berilgan vazifalarni bajarishni qat'iy belgilaydi. Jamiyat esa xulq, fe'l-atvor orqali ma'lum axloqiy normalar va qoidalarga rioya qilishni, shaxslararo muomalaga kirishish shakllari (vositalari)ni egallashni hamda aniq vazifalarni bajarishga amal qilishlarini o’z fuqarolariga o’rgatadi.
Psixologiya fanining atamalari moshiyatida orzu yoki kutish jamiyatning shaxsga nisbatan munosabatining ifodalanish mexanizmi yotadi. Etnopsixologik stereotiplarda uyg’unlashgan xulq-atvor belgilari va faoliyatning shakllari o’ziga xoslikka ega. Odatda odamlar bir yoshli bola tik yurishi kerak, deb shisoblaydilar va ular bu tushfani boladan kutganligi tufayli unga aloshida munosabatda bo’ladilar. Psixologiyada kutish tushunchasi talabdan farqli o’laroq, faoliyat yuzaga kelishi uchun umumiy mushit yaratadi.
Imkoniyatlar to’g’risida fikr yuritilganda ma'lum faoliyatning kishilar irodasi bilan bog’liq (iroda akti, sifati, prinsipi) ob'ektiv hart-haroitlarni o’zida aks ettiradi. Agarda odamlarning shaxsiy kutubxonasi boy bo’lsa, ularning o’qish imkoniyati yuqori darajaga ko’tariladi.
Kishilarning xulq-atvori psixologik nuqtai nazardan tashlil qilinganda, ko’pincha ularning ob'ektiv imkoniyatlaridan chiqib, unga yondashiniladi.
Agarda bola qo’liga tasodifan biologiya kitobi tushib qolsa, uning shu predmetga nisbatan qiziqishi ortishi kuzatiladi.
V) Shaxsiy manbalar - odamlar qiziqishlari, intilishlari, ustanovkalari va dunyoqarashlari jamiyat bilan munosabatini aks ettirishdan iboratdir. Inson faolligining manbai - qadriyat orqali ifodalanib, shaxs statusi (roli)da egallana boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |