O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
|
|
|
Ro‘yхаtgа оlindi
BD-5111100 -3.12
2015- yil “___” ____
|
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
___________________
2015- yil “___” ____
|
|
|
|
BOLALAR MUSIQA ADABIYOTI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar
Ta’lim sohasi : 110000 - Pedagogika
Bakalavriat yo‘nalishi: 5111100 - Musiqa ta’limi
Toshkent – 2015
Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2015-yil “____”________ ____- son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar:
Karimova D.A. – Nizomiy nomidagi TDPU «Musiqa ta’limi» kafedrasi dotsenti.
Rejemetova N.- Nizomiy nomidagi TDPU «Musiqa ta’limi» kafedrasi o’qituvchisi.
Taqrizchilar:
Xalilov F.N.- Nizomiy nomidagi TDPU professori p.f.d.
Lutfullayev A.K. – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o’quv-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (2015 - yil «____» _________ dagi ___- sonli bayonnoma).
K I R I SH
Mazkur fan dasturi: 5111100 - Musiqa ta`limi yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda bo`lg`usi musiqa madaniyati o`qituvchilari egallashi zarur bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar minimumi belgilab berilgan. Dastur ta`lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, zamonaviy o`qituvchiga qo`yilayotgan talablar, boy ma`naviy, madaniy va musiqiy merosimizga yangicha yondashuvlarni hisobga olib tuzilgan bo’lib, unda talabalarga umumta’lim maktablari o’quvchilari uchun bolalar musiqa adabiyoti fanida bilim va ko’nikmalarni berish yo’l-yo’riqlari bayon etilgan.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o`qitishdan maqsad: bolalar musiqa adabiyotini o`rganish va o`zlashtirish jarayonida amaliy faoliyatga, ularni tarixiy – nazariy va musiqiy pedagogik tahlil qlish, bolalar va o`smirlar uchun yozilgan musiqiy asarlar va kompozitorlar ijodini o`rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi: musiqa san`atining alohida soha sifatida bolalar va o`smirlar uchun musiqa uning o`ziga xos haqida tasavvur hosil qilish; mahsus va umumiy musiqiy ta`lim jarayonida, o`sib kelayotgan avlodni musiqiy estetik va ma`naviy madaniyatni shakllantirishda bolalar va o`smirlar musiqasining rolini yoritib berish; professional bolalar musiqasini yaratish aholi va xalq pedagogikasining muhim bo`g`ini – bolalar musiqi y folklor hakida ma`lumotlar berish; O`zbekistonda va chet elda bolalar musiqasi rivoji ga haida bilim berish; maktab musiqiy madaniyat kursi repertuari bilan bolalar va o`smirlar musiqasining alohida bo`limi sifatida tanishtirish; bolalar musiqa markazi va maktab repertuarini tarixiy – nazariy va musiqiy pedagogik tahlil qilish, ularni bolalar va o`smirlar auditorisiga taqdim etish, obrazli namoyish etishga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirish;bolalar musiqa asarlari, bolalar musiqa adabiyotini (nota, ommabop, metodik va o`quv adabiyotlar) tanlash va qo`llash ko`nikmalarinri hosil qilish; o`kuvchilarga musiqani emotsional ongli tushinishini shakllantirishga oid ko`nikmalar ustida ishlash: musiqiy ta`lim yo`nalishi talabalarini musiqa madaniyati o`qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |