Ўзбекистон Республикаси Қурилиш Вазирлиги Тошкент Архитектура-Қурилиш Институти



Download 104,67 Kb.
bet4/5
Sana12.04.2022
Hajmi104,67 Kb.
#546738
1   2   3   4   5
Bog'liq
Barabanli quritkich kurs loyixa

Pnevmatik quritkichlar. Donador (lekin qovushib qolmaydigan) va kristall materiallarni quritish uchun pnevmatik quritkichlar ishlatiladi. Quritish jarayoni uzunligi 25 m gacha bo׳lgan vertikal quvurda olib boriladi. Materialning zarrachalari isitilgan havo (yoki tutunli gaz) oqimi bilan birga harakat qiladi. Bunda havo oqimining tezligi qattiq zarrachaning harakat tezligidan katta bo׳ladi (10—30 m/s). Bunday quritkichlarda jarayon juda qisqa vaqt (1— 3 s) davom etadi, shu sababli material tarkibidagi erkin namlikning bir qismigina ajralib chiqadi. Pnevmatik quritkichda material bunkerdan ta’minlagich orqali vertikal quvur-quritkichga tushadi. Havo oqimi ventilyator yordamida kalorifer orqali vertikal quvurga yuboriladi. Quvurda havo oqimi material zarrachalarini o׳zi bilan birga olib ketadi. Havo qurigan material bilan birga yig`uvchi amortizatorga kiradi, keyin siklonga o׳tadi. Siklonda qurigan material havo oqimidan ajraladi, so׳ngra to׳kish moslamasi yordamida tashqariga chiqariladi. Ishlatilgan havo filtrda tozalangandan so׳ng atmosferaga chiqariladi. Shunday qilib, quritish jarayoni pnevmotransport rejimida olib boriladi.
Menga topshirilgan kurs loyihamda Purkovchi quritgich uskunasi ni loyihlash berilgan edi.E’tiboringiz uchun hozir ushbu quritgich haqida ma’lumot bermoqchiman.Marhamat,


PURKOVCHI QURITKICH
Purkovchi quritkichlar eritma, suspenziya va pastasimon materiallarni quritish uchun qo’llaniladi. Purkab quritish usulida sut kukuni, sut-sabzavot konstentratlari, xamirturish, tuxum kukuni va boshqa mahsulotlar olinadi. Bunday quritkichlarda material maxsus moslamalarda purkaladi va issiqlik eltkich oqimida quritiladi. Materialning quritish zonasida bo’lish vaqti juda qisqa, lekin yuqori darajada maydalanganligi va namlikning bug`lanish tezligi kattaligi, uning tez qurishiga olib keladi. Shuning uchun, purkovchi quritkichlarda yuqori temperaturali issiqlik eltkichlarni qo’llash mumkin. Quritish natijasida olingan mahsulot bir xil dispers tarkibli, sochiluvchan va mayda dispers bo’ladi. Purkovchi quritkichlar kamchiliklari: gabarit o’lchamlari va energiya sarfi katta. Materialni purkash mexanik yoki pnevmatik purkagichlar yordamida, hamda aylanish chastotasi 4000...20000 min-1 bo’lgan markazdan qochma diskda amalga oshiriladi. Quritkichda materialning bo’lish vaqti 50 s dan ortmaydi. Shu qisqa vaqt ichida issiqlik va massa almashinish jarayoni yuz beradi. Purkovchi quritkichlarda fazalar parallel va qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanishi mumkin. Bunday quritkichlar afzalliklari: yuqori temperaturali issiqlik eltkichlarni ham qo’llash mumkin. Kamchiliklari: issiqlik eltkich sarfi katta bo’lgani uchun energiya va metall sarfi ham nisbatan yuqori; solishtirma namlik olish ko’rsatkichi juda past, ya’ni 20 kg/m3 ; material quritkich devorlariga yopishib qoladi; issiqlik eltkich tezligi nisbatan kichik, chunki katta tezliklarda mayda zarrachalar uchib ketadi

1-rasm Purkovchi quritgich


2-rasm.Purkovchi quritgich
1-ventilyator, 2-kalorifer, 3-quritish kamerasi, 4-disk, 5-siklon, 6-engli filtr, 7-quritilgan materialni to’kuvchi shnek

Корхонанинг иш режими


Бутун корхонанинг ёки айрим цехларнинг иш режимини талабалар 262 иш куни, дам олиш ва байрам кунларини, қуритиш агрегатлари ва х. к.ларнинг 2 сменада ишлашни, асбоб-ускуналарнинг капитал ёки профилактик ремонт қилинишини эътиборга олиб ҳисоб-китоб ишларини бажаради. Унинг ҳажми 2-3 бетда берилади. Асосий технологик ускуналарнинг йиллик иш вақти фондини 247 кун деб қабул қилинади. Асосий технологик ускуналардан фойдаланишнинг йиллик коэффициенти-247:262=0,943

Download 104,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish