2-savol: Tarixiy (Jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi) davrga oid savolga javob berish quyidagi mezon asosida baholanadi
№ | | Ball |
1
|
Berilgan davrga umumiy tavsif berish: davr chegarasini to‘g‘ri yoza olsa-yu, umumiy tavsif bera olmasa, 1 ball, davr chegarasini yozib, hukmron sulola yoki davlat nomini bilsa, 1,5 ball, barchasini yoza olsa-3 ball
|
3
|
2
|
Davrning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish: davrning o‘ziga xos xususiyatlarida faqatgina so‘ralgan davrning davriylashtirilishini (qadimgi, ilk o‘rta asr, o‘rta asr, so‘nggi o‘rta asr va h.k) bila olsa-1 ball, davriylashtirilishini bilsa-yu, boshqa davrlar bilan solishtira olmasa-2 ball, yuqoridagilarni bilib, shu davrdagi boshqa hududlardagi jarayonlar bilan solishtira olmasa-2,5 ball, yuqoridagilarni barchasini to‘liq tavsiflay olsa-4 ball
|
4
|
3
|
Boshqaruv tizimi haqida ma’lumot berish: boshqaruv tizimida faqatgina boshqaruv shaklini bilsa-1 ball, boshqaruv tizimidagi ketma-ketlikni bilib, ularning nomlarini to‘g‘ri yoza olmasa-1,5 ball, yuqoridagilarni bilib, mansablarga ta’rif bera olmasa-2 ball, barchasini bilsa-3 ball
|
3
|
4
|
So‘ralgan davrning harbiy-siyosiy jarayonlariga tavsif berish: Shu davrdagi faqatgina harbiy jarayonlar va unvonlarga ta’rif bera olsa-1 ball, davlatlarning siyosiy tizimlarini ham bilsa-2 ball, so‘ralgan davrdagi harbiy-siyosiy to‘qnashuvlarni ham bilsa- 3 ball
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |