V. Ekologiya va atrof muxit……………………………………………………
VI. Iqtisod qismi…………………………………………………………………
VII. XULOSA........................................................................................................
VIII. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR....................................................
KIRISH.
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan eng muhim muammolardan biri, bu mamlakatning boy mineral-xomashyo resurslaridan ratsional va kompleks foydalanishdir.
O‘zbekiston metallurgiya sanoatining asosiy va muhim yo‘nalishlaridan biri, bu respublika hudidida joylashgan yirik metall saqlovchi konlarni qazib olish va ishlab chiqarishga jalb etish va shunga respublikamizda barcha imkoniyatlar mavjud.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida O‘zbekistondagi konchilik sanoatiga alohida to‘xtalib o‘tgan. Tabiiy xom ashyo resurslari haqida so‘z yuritilar ekan, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston o‘z taraqqiyot istiqbollari jixatidan qulay jo‘g‘rofiy-strategik mavqega ega ekanligi ta’kidlab o‘tiladi.
Yuqorida qayd etilgan asarga murojaat qilib, ushbu satrlarni keltirsak: «O‘zbekiston o‘z er osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi" — bu erda mashhur D. I. Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga kadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali kazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan.
Bir qator foydali qazilmalar (metallar) bo‘yicha O‘zbekiston tasdiklangan zaxiralar va istikbolli rudalar jixatdan MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham etakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Shunindek 2009 yilda Respublikamizda qabul qilingan Inqirozga qarshi dasturi doyirasida, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish choralarni amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xozirgi paytda metallurgiya sanoatida yangi zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish dastgohlarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha keng maromli ishlar olib borilmoqda.
Kadmiy 1817-yil Stromayer tomonidan kashf etilgan. Kadmiy ishlab chiqarish uchun asosiy manba bo’lib – sfalerit minerali xizmat qiladi.Bunda Zn:Cd=200 nisbatda bo’ladi.Pb-Zn li yoki Cu-Zn li rudalarni flotatsiya usulida qayta ishlanganda kadmiy Zn konsentrati tarkibiga o’tib ketadi.Ba’zan Cd temir sulfidlari bilan bog’lanib xvost(chiqindi) tarkibida ham qolib ketadi.Konsentratlarni kuydirish qaynar qatlam pechida 1000oC dan past haroratda olib borilsa u holda 10 %, agar to=1100-1150 oC bo’lsa Cd=85 % I vozgonga o’tib ketadi.Asosiy uchuvchan metal quyidagi reaksiya bo’yicha tiklanadi:
2CdO+CdS = 3Cd+SO2
Ruxni distilyatsiyadan oldingi 1-kuydirishda konsentratdagi kadmiyning 25 % i, 2-aglomeratsiyalashda esa 30 % Cd yo’qotiladi.So’nggi bosqichda C bilan tiklangan metal bug’lanadi.Distilyatsiya vaqtida Cd va Znkondensatsiyalanadi.Rux gidrometallurgiyasida konsentrat tarkibidan tozalik darajasi 90 % bo’lgan kadmiy ajratib olinadi.
1-jadval
Material
|
Cd
|
Zn
|
Pb
|
Cu
|
Cu-Cd keki
|
2.5-10
|
40
|
-
|
7
|
Pb ish.chiq.hosil bo’lgan chang
|
2-5
|
12
|
60
|
-
|
Cu-Cd kekida Cd,Zn va Cu lar metal holida va qisman oksidlangan holda bo’ladi.
MDH mamlakatlaridagi yuqori tozalikdagi kadmiy ishlab chiqaruvchi davlatlar :
- АJ «Южполиметалл» (Qozog’iston);
- ОАJ «Чистыеметаллы» (Ukraina);
- ОАJ «Казцинк» (Qozog’iston).
- ОАJ «Электроцинк»
- ОАО «Челябинскийцинковыйзавод»
Do'stlaringiz bilan baham: |