Zbekiston respublikasi toshkent kimyo texnologiya instituti


Tanlab eritish va eritmani tozalash uchun asosiy jixozlar



Download 4,94 Mb.
bet7/21
Sana17.07.2022
Hajmi4,94 Mb.
#813163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
2 5285534024591220667

Tanlab eritish va eritmani tozalash uchun asosiy jixozlar.

Cu-Cd kekini tanlab eritish va eritmani tozalash uchun penevmatik va mexanik agitatorlar, quyiltirgichlar, vakum filtrlar, va filtrpreslar qo’laniladi. Quyida bu aparatlarning tuzilishi va ishlash pirinspi keltirilgan.
Penevmatik agitatorlar. Kadmiy ishlab chiqarishda Zn kuyindisini tanlab eritishdagi kabi havo bilan aralashtiriluvchi chanlar qo’laniladi. Agitator ko’nismon tubli silindirdan iborat. Konus qismi qiyaligi garizontga nisbattan 60o, agitator balndligi uning diametridan 3 barabar uzun. Agitator markazidan qoplamalar bilan biriktirilgan xar ikkala tomoni ham ochiq truba-aerolift o’rnatilgan. Aerolift pastga tushmaydi va channing yuqori qismidan 0.5-1 m masofada joylashgan. Aerolift diametri taxminan chan diametrining 1/10 qismiga teng.
Chan korpusi yog’och, po’lat yoki temirbetondan tayyorlanadi. Korpusni kislotali eritma ta’siridan saqlash uchun kislotabardosh plitkalar yoki qo’rg’oshinli list bilan futerovkalanadi. Aerolift pastki qismi markaziga siqilgan xavoo berish uchun podga truba o’rnatilgan. Sexga gaz bilan bug’ ajralmasligi va pulpa sachramasligi uchun agitator qopqog’i yopiladi. Qopqoq ventilyatsiya uchun quvur va lyuki bilan ta’minlangan. Agitatorda pulpani sirkulyatsiyasini xosil qilish uchun aerolift ostki qismidan 2 atm. bosimda siqilgan xavo beriladi. Pulpa aerolift markazidan yuqoriga va chetidan pastga xarakatlanadi.
Agitatorning ishlab chiqarish unumdorligi kekning oksidlanish darajasi va qabul qilinayotgan pulpani qattiq suyuq (Q:S) faza nisbatiga bog’liq. Q:S=12:10 bo’lgan oksidlangan kekni tanlab eritish davomiyligi oksidlovchi ishtirokida 12 soat, oksidlovchisiz 18 soat. Bu xolda xajmi 30 m3 bo’lgan agitator sutkasiga 4-6 t kekni qayta ishlaydi.



1-rasm. Penevmatik agitator: 1-zasipka; 2-podkladka tayanchi; 3-tag qismi; 4-konus; 5-truba; 6- tashqi asos; 7- kiritish quvuri; 8-qoplama; 9-qopqoq; 10-markaziy quvur; 11-lyuk; 12-probkali kran.

Mexanik agitatorlar


Cu-Cd kekini tanlab eritish uchun vintli aralashtiruvchili qurilmasi mavjud sig’imi 50-100 m3 bo’lgan mexanik agitatorlar qo’llaniladi. Sig’imi 50 m3 bo’lgan agitator diametric 4 m va balandligi 4.7 m. u 8 mm li po’lat listdan tayyorlangan va kislotabardosh plitkalar bilan futerovkalangan(qalinligi 164 mm).

2-rasm. Mexanik agitator:
1-chan; 2-diffuzor; 3- parli zmeyevik; 4-vint.
Pulpani issiq bug’ bilan qizdirish uchun channing tashqi devorida maxsus tayanch orqali spiralli zmeyevik o’rnatilgan. Agitator markazida pulpani aralashtirish uchun qurilma mavjud bo’lib, u diffuzor va vintli aralashtirgichdan tashkil topgan. Diffuzorningt yuqori qismi diametric 1336 mm, pastki qismi diametri esa 872 mm. diffuzor konussimon shaklda bo’lib, unda pulpani sirkulyatsiyasi uchun 20 ta tuynuk mavjud. Diffuzor agitator qopqog’iga maxsus shtangalar orqali maxkamlangan bo’lib,uning ichida 50-100 ob/min tezlik bilan vintli val aylanib turadi. Valning xarakati quvvati 7 kVt bo’lgan elektrodvigatel orqali amalga oshiriladi.
Agitator qopqog’i laza,kekyuklash va ventilyatsiya uchun tuynuk bilan ta’minlangan. Birinchi ikkita tuynuk ish vaqtida yopiq turadi. Ventilyatsion
tuynuk quvur o’tkazgichli tizim bilan bog’langan. Eritma va bug’ berish uchun agitatorga quvurlar ulangan. Pulpani bo’shatish, agitatorni tozalash va zmeyevikdan kondensatni ajratish uchun agitator korpusining pastki qismida uchta shtutser o’rnatilgan.
Quyultirgichlar
Quyultirgich yog’och, po’lat yoki temir betondan tayyorlanib, diametri 10-15 m va balandligi 3-6 m. channing pastki qismi konussimon shaklda bo’lib, uning markazida quyultirilgan maxsulotni bo’shatish uchun tuynuk mavjud. Chan markazida grebkali mexanizm o’rnatilgan bo’lib, vertikal valga bog’langan.

3- rasm. Quyultirgich:
1-buferli silindr; 2- markaziy val; 3- bo’shatish kanali; 4-quyultirgich devoir; 5-krestovina qanoti; 6- grebka; 7- burchak.
Grebkalar soni 4 ta bo’lib, gorizontga nisbatan 8-15o burchak ostida o’rnatilgan. Grabel chuqurligi pulpaga qarab maxsus qurilma yordamida rostlash mumkin quyultirilgan maxsulot grabel yordamida markazdagi bo’shatish tuynugi orqali chiqarib yuboriladi. Valning aylanish tezligi 5-10 daqiqada bir marta. Tiniq eritma shlang yordamida to’xtovsiz sementatsiya jarayoniga yuboriladi.
Filtrlar
Kadmiy ishlab chiqarishda asosan vakuum filtr va filtr presslar ishlatiladi.Keng tarqalgani esa filtr presslar hisoblanadi.U bir necha qavat rama va plitalardan tashkil topgan, ular orasida esa filtr matolar mavjud.Rama va plitalar yog’ochdan,bronzadan yoki cho’yandan tayyorlanadi.Ularni (rama va plitalarni) aylanasimon po’latga qotirilgan.

4- rasm. Filtrpress;
1 va 2-plita va ramadagi tuynuk; 3-kanal; 4-kran.
Kek bilan to’lib qolgan kameralar kadmiyni yuvish uchun mo’ljallangan suvli kanalga yuboriladi.Kekni quritish uchun filtrga siqilgan havo beriladi.Jarayon so’ngida kekni bunkerga tashlanadi.Keng tarqalgan filtr presslarning ramalarini qalinligi – 20-50 mm o’lchami 800×800 yoki 1000×1000 mm soni esa 10-60 tagacha bo’ladi.




    1. Download 4,94 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish