BOB 1. VALYUTA SIYOSATINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Valyuta siyosatining mohiyati va xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyuta
kursining xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda
kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o’ynaydi.
U iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlash, ishsizlikning oldini olish va
inflyatsiyani bir maromda ushlash, to’lov balansining ijobiy holatda saqlab turish
muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda yyetakchi o’rin
egallaydi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro
valyuta munosabatlarini tartibga solish bozor va davlat tomonidan olib
boriladi.Valyuta bozorida valyutaga talab va taklif shakllanadi va bundan kurslar
nisbati yuzaga keladi. Bozor tomonidan tartibga solish, albatta, bozor qonuni –
talab va taklifning muvozanatiga bo’ysunadi. Valyuta bozorlarida ushbu
qonunlarning ishlashi mahsulotlar, xizmatlar, kapitallar va kreditlar harakati bilan
bog’liq xalqaro moliyaviy oqimlar holati hisobga olgan holda valyutani
ayirboshlashda kurslar nisbatini belgilab beradi.
Lekin avvaldan davlat valyuta munosabatlariga aralashib kelgan.Dastlab
bilvosita, keyinchalik esa valyuta siyosatining jahon xo’jaligidagi o’rnini sezib,
to’g’ridan-to’g’ri aralashishga intilgan.Chunki davlat tomonidan tartibga
solinmasa, valyuta kurslaridagi keskin o’zgarishlar mamlakatda va jahonda
tahlikaviy inqirozlarni yuzaga keltiradi va ijtimoiy-iqtisodiy qiyin oqibatlarga olib
keladi.Iqtisodiy rivojlanishlar yuqorilab borayotgan bugungi kunda davlat
mamlakatdagi iqtisodiy holat, ichki va tashqi bozordagi vaziyatdan kelib chiqib,
valyuta munosabatlarini tartibga solib turadi.Davlat mazkur tartibga solishni
iqtisodiy siyosatning bir qismi hisoblangan valyuta siyosati orqali amalga oshiradi.
Davlat valyuta siyosatini belgilashda, avvalo, o’z ichki holatiga nazar
tashlagan holda jahon tajribasidan kelib chiqib, kerakli usul va insrumentlardan
foydalanadi. Aytaylik, hukumat muayyan bir paytda valyutaviy cheklashlarni
2
amalga oshirishi mumkin.Chunki valyutaviy cheklashlar mamlakatlar hududidan
oltin va valyuta qimmatliklari chiqib ketishining oldini olishda, chet el
valyutalariga bo’lgan talabni tartibga solish maqsadida qo’llaniladi.
Valyuta siyosatining shakli va o’rni, mamlakatning iqtisodiy holati, jahon
xo’jaligining rivoji, jahon maydonidagi o’rni bilan aniqlanadi. Tarixiy
rivojlanishiga nazar soladigan bo’lsak, valyuta siyosatining asosiy maqsadlari
quyidagicha shakllanib kelmoqda:
valyutaviy inqirozni bartaraf etish
valyuta qadr-qiymatini ta’minlash
valyutaviy cheklashlarga barham berish
valyutaning erkin almashinuvi, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish
2
Do'stlaringiz bilan baham: