1.3. Valyutani tartibga solishda jahon tajribasi
Valyuta siyosatini olib borishda bugungi kunga juda katta tajriba to’plandi.
Bunga misol qilib AQSh, Evropa, Yaponiya va Xitoy valyuta siyosatlarini keltirish
mumkin. Lekin mazkur holatga etib kelish oson bo’lmadi. Xattoki valyuta
15
munosabatlari taraqqiy etgan bugungi kunda ham to]liq samarali valyuta siyosati
mavjud emas. Mamlakatimizda ham valyuta siyosatini boshqarishda jahon
tajribasidan foydalanayotganligi bejizga emas. Chunki ichki shart-sharoit va
xalqaro malaka uyg’unligi mahsuldor valyuta siyosatini kafolatlaydi. O’zining
tarixiy rivojlanishida valyuta siyosati valyuta bozorlari va valyuta tizimlari bilan
chambarchas bo’liq bo’lib kelgan. Bozorlar va tizimlar o’zgarishi bilan valyuta
siyosati shallari o’zgarib boraverdi.Valyuta bozorini rivojlanishi, XIII-XIV asrlarda
Fransiya davlatini Shampan viloyatidagi veksel yarmarkalaridan boshlangan.
Mazkur yarmarkalarda savdogarlar veksellarni turli valyutalarda oldi-sotdisi bilan
shuG’ullanganlar. Bundan so’ng, birinchi valyuta birjalari paydo bo’la boshlagan,
yani shakllanib borayotgan yangi bozor tartibga tushib borayotgan edi. Londondagi
Qirol birjasida xorijiy veksellar bilan savdo muntazam ravishda deyarli 355 yil
(1566 yildan to 1920 yilgacha) davom etgan.
Birinchi valyutaviy veksellar Gеnuya(Italiya) va Amstеrdam(Niderlandlar)da
XII-XIII asrlarda paydo bo’lgan va hech g’ancha vag’t o’tmay, oltin tangalar bilan
to’lovlar sag’lanib g’olgan bo’lsada, xalqaro to’lovlarni asosiy g’ismi veksellar
yordamida amalga oshadigan bo’lgan.
6
Buyuk Britaniyada, masalan, valyutaviy
veksellar muomalasi tashg’i savdo uchun 1379 yilda, ichki savdo uchun esa 1697
yildan qonunlashtirilgan edi.
XVII asrda Amsterdam Genuya o’rninini egallaganidek XIX asrning boshida
London va Parij, yetakchi valyuta bozorlari sifatida, Amsterdamni o’rnini
egalladilar. Ammo, keyinchalik valyuta bozorlari, Buyuk Britaniyani aylanib o’tib,
xalqaro savdodagi hisob-kitoblarni asosiy g’ismi Angliyaning funt sterlinglarida
ifodalangan veksellarda amalga oshirilganligi uchun Evropaning kontinental
davlatlari va Amerika Qo’shma Shtatlarida tez suratlar bilan rivojlandi (XIX
asrlarda Boston va Filadelfiya orasida Londonga qarata berilgan veksellardan
foydalanishga majbur bo’lingan).
XIX asrdan boshlab valyuta shartnomalari bo’yicha mablag’larni ko’chirish
uchun, vekseli va cheklardan tashqari pochta va telegrafdan foydalanilgan. Ular
orqali taaluqli hisob raqamlarni kreditlanishi yoki debetlanishi haqida buyruq
berilgan. 1866 yilda birinchi transatlantika telegrammasi uzatilgan. Asrning oxiriga
kelib esa, telegraf bir-biridan uzoq joylashgan davlatlar orasidagi valyuta
operatsiyalarda o’ta zarur bo’lib qoldi.
Oltin standarti sharoitida valyuta bozoridagi kurslarni tebranishi unchalik
sezilarli emas edi. Shu bilan birgalikda, “oltin nuqtalar” mexanizmi, tan olish
kerak, valyuta kurslarini tartibga soluvchi ideal mexanizm bo’lmagan. Masalan,
faqat uch mamlakat Buyuk Britaniya, AQSH va Niderlandiya 1914 yilgacha oltinni
mamlakatdan erkin olib chiqilishiga va erkin olib kirilishiga ruxsat bergan edilar.
Oltinni transportirovka xarajatlari arzonlashganligi sababli “oltin nuqtalar”
orasidagi farq qisqardi, ammo shu bilan birgalikda kurslarni kutilmaganda keskin
tebranishi amalda kuzatildi.
1914 yildagi birinchi jahon urushi valyuta bozorini normal faoliyatini buzib
yubordi: majburiyatlarni bajarilmasligi, oltin eksportini taqiqlanishi, kurslarni qatiy
belgilanishi va boshqa shu kabilar kuzatildi. 1919 yilda yetakchi mamlakatlar
hukumatlari o’z valyutalarini qo’llashni to’xtatdi va oqibatda valyuta kurslarini
6
Antonov V.A. «Mirovaya valyutnaya sistema i mejdunarodnie raschyoti». M.:TEIS, 2000g, 2-tom, 71 st.
16
nazoratsiz tebranish davri boshlandi. 1920 yillarda cheklangan shakldagi, urushdan
oldingi paritetlar asosida, oltin standartiga qaytishga bo’lgan urinishlar natija
bermadi. Buyuk Britaniya va Skandinaviya mamlakatlarida oltin standarti 1925
yildan to 1931 yilgacha harakat qilgan. 1936 yilda esa undan, “oltin bloki”ning
so’ngi mamlakatlari, Fransiya va Shveytsariya bosh tortdi.
1930 yillarda kurslar tebranishi kuchayib, mamlakatlarda tashqi
raqobatdoshlik (valyuta dempingi) uchun kurash borasida valyutalar devalvatsiyasi
bo’lib o’tdi. Bu o’z navbatida davlatlarni himoya vositalarini qidirishga majbur
etdi va 1932 yilda Buyuk Britaniyada bu maqsadda kurslar tebranish suratini
pasaytirish uchun bozor operatsiyalariga mo’ljallangan maxsus fond tashkil etildi.
Keyinchalik, shu singari barqarorlashtirish fondlari boshqa mamlakatlarda ham
tashkil etildi. Masalan, AQSH va Fransiya davlatlarida. Ikkinchi jahon urushi
arafasiga kelib deyarli barcha, sanoati rivojlangan, mamlakatlar o’z iqtisodlarini
himoya qilish maqsadida valyuta nazoratini kiritdilar.
Jahon urushlari orasidagi davrlarda valyuta bozori sezilarli darajada
rivojlandi. Ko’pgina yangi turdagi operatsiyalar paydo bo’ldi, xavf-xatarlarni
sug’urta qilishda muddatli valyuta operatsiyalaridan aktiv foydalanish amaliyoti
kengaydi. Endi, valyuta operatsiyalarini asosiy qismi telefon orqali amalga
oshirilib, valyuta birjalari esa o’z ahamiyatini yo’qotdi. Davlatlararo mablag’larni
o’tkazishda telegrafdan foydalanish kengaydi, pochta orqali o’tkazmalar o’rnini
ko’proq avia orqali o’tkazmalar egallay boshladi, valyuta bozorining
operatsiyalaridagi veksellarni ulushi esa keskin qisqarib ketdi. Biroq, shu bilan
birgalikda, uzoq masofalarga aloqa hali ham samarasiz edi. Bu davrlarda, London,
uning ketidan Nyu York valyuta bozorininig yetakchi markazlari sifatida o’z
o’rinlarini egalladilar.
1944-1946 yil Bretton-Vuds valyuta tizimining harakati davrida zamonaviy
valyuta bozorining asoslari solingan edi. Mazkur valyuta tizimini muhim
hususiyatli tomonlaridan biri shunda ediki, valyuta kursi valyutalarni oltinga
bo’lgan paritetlari asosida yoki AQSH dollariga nisbatan qat’iy belgilanishida edi.
Ayni Bretton Vuds valyuta tizimi davrida operatsiyalar hajmi tez o’sib, bozor
ishtirokchilarini safi kengayib, operatsion texnika takomillashib bordi, tеlefon va
teleks (keyinchalik elektron tizimi) valyuta bozorini yaxlit bir bozorga birlashtirdi.
Valyuta chegaralanishlarni asta sekin qisqarishi va valyutalarni o’zaro erkin
almashuvini kiritilishi, xalqaro savdoni va kapitallar migratsiyasini tez o’sishi,
valyuta bozorini mavqeini muntazam ravishda oshishiga olib keldi.
So’ngi 15 yil davomida jahon bozorida erkin suzuvchi kurslar xukmron
bo’lib, jahon valyuta tizimi aniq tarkibiy tuzilish va tashkiliy shaklga, hozircha,
ega bo’lgani yo’q. Valyuta kurslarini, foiz stavkalarini, inflyatsiya suratlarini,
tovarlar baholarini muvozanatsizligini o’sib borishi, valyuta bozorini
rivojlanishiga qattiq turtki bo’lib, uning iqtisodiy rolini oshishiga sabab bo’ldi.
Valyuta bozori evolyutsiyasini tezlashishining boshqa omillari ichida, shakllanib
va gurkirab kengayib borgan xalqaro ssuda kapitallari bozori (evrobozor), kredit-
moliya jarayonini notartibsizligini o’sib borishi, bank texnikasi sohasida ilmiy
texnik taraqqiyot kabi omillar e’tiborga loyiqdir.
Jahon bozorining asosini, valyuta cheklanishlari yo’q davlatlar tashkil etadi.
Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari, Germaniya,Yaponiya, Buyuk Britaniya,
17
Shveytsariya, Shvetsiya, Kanada, Norvegiya, Niderlandiya, Lyuksemburg. Boshqa
ko’pgina davlatlarda esa milliy valyuta konvertatsiya qilinmaydi, ochiq bozorga
vakolatli banklar va davlat tashkilotlari chiqa oladi.
Valyuta bozori muomalasining aniq miqdorlari ma’lum emas, chunki, undagi
operatsiyalar rasmiy asosda ro’yxatga olinmaydi. Jahon valyuta bozorining
sutkalik muomalasi 1995 yilda 1,2 trln. AQSH dollarini tashkil qilib, yiliga 10
fоizga o’sib bоrmоqda.
7
Valyuta bozorini murakkab iqtisodiy tabiati, uning ko’p yo’nalishli tarkibiy
tuzilishini aniqlab, undagi operatsiyalarni tashkil etilishi, ularni obektlari va
subektlari bilan belgalanadi.
Valyuta bozorini banklararo, mijozlararo va birja bozorlariga, broker va
to’g’ridan-to’g’ri, naqdli, muddatli va shu kabi bozorlarga bo’lishadi. Bularning
ichida, valyuta savdosida muhim o’rinni, banklararo bozor egallaydi. U politsentrik
ahamiyatga ega. Londonda, uning zimmasiga barcha banklar valyuta
muomalasining 90% to’g’ri keladi. Bunday bozorda, operatsiyalar bevosita banklar
ichidan turli aloqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Valyuta bozorini tashkil
etilishini bunday tizimi AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Shveytsariya
davlatlarida keng rivojlangan.
Jahon tajribasida yana bir jihat e’tiborga olinadi. U ham bo’lsa, valyuta
munosabatlarida hamkorlikni o’rnatish. Chunki davlatlar o’rtasida mazkur
hamkorlikni o’rnatish mamlakatlarda valyuta munosabatlarini olib borishga,
shuningdek, milliy valyutalar qadrini barqarorlashtirishda qulaylik yaratadi.Bu hol
FED tarixida ham kuzatilgan.AQSh iqtisodiyotiga xalqaro savdo ahamiyatining
oshib borishi bilan boshqa mamlakatlar valyutalariga nisbatan dollar qiymati FED
uchun asosiy masalaga aylanib bordi. Ma’lumki dollar qiymatining oshishi jahon
bozorida AQSh mahsulotlarining raqobatbardoshligini kamaytiradi va aksincha
dollar qadrining tushishi esa AQSh da inflatsiyaning jadallashishiga olib
keladi.Bunga qo’shimcha ravishda dollar qiymatidagi o’zgarishlarni to’xtatish
istiqbolda firmalar va individlarning tashqi bozorda mahsulot sotib olish va
sotishni rejalashtirishda qo’l keladi. Shuning uchun ham horijiy valyuta bozorida
dollar kursidagi keskin harakatlarni barqarorlashtirish FED valyuta siyosatining
asosiy maqsad va vazifalaridan hisoblanadi. 1985 yilgacha dollar qadrining oshishi
horijiy biznesda Amerika sanoati raqobatbardoshligini yomonlashishiga olib keldi.
Xalqqa qilgan murojaatlarida FED direktori Uolker va boshqa mutasaddilar dollar
narxining ancha yuqorilab ketganligini tushuntirdilar va shunga ko’ra bundan
so’ng dollar narxini pasaytirishlarini ma’lum qildilar. Ma’lumki kengayuvchi
monetar siyosat dollar qadrini tushurishda bir usul bo’lib, 1985-86 yillarda FED
agregatlar darajasidagi o’sib borishni qo’llab quvvatladi va buning oqibatida dollar
narxi tushib bordi. 1987 yilda dollar narxining ortiqcha pasayishi natijasida FED
monetar o’sishni sekinlashtirdi. FED ning olib borgan yuqoridagi valyuta-monetar
siyosati Xalqaro Tartib Koordinatsiyasi
8
tomonidan qo’llab quvvatlandi va
7
A. Kireev «Мejdunarodnaya ekonomika», Moskva,«Мejdunarodnie Otnosheniya», 2001g,160 st.
8
Valyuta siyosatini kooperativ oli borish uchun mamlakatlar o’rtasidagi bitim
18
pirovardida 1985 yil Plaza Kelishuvi, 1987 yilda esa Lyuver
9
bitimining amalga
oshishiga olib keldi.
9
Plaza Agreement, New York’s Plaza Hotel, September, 1985. Louvre Accord, Louvre Museum in Paris,
February, 1987
19
Do'stlaringiz bilan baham: |