"Yaroqsiz" vositalar bilan suiqasd qilish deganda - jinoyatni oxiriga etkazish uchun yaroqsiz bo’lgan, ya’ni amalda ishlatib bo’lmaydigan vositalarni qo’llab tajovuz qilinishi tushuniladi.
Ushbu holatda shaxsni javobgarlikka tortish asosini – shaxs jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar etkazish maqsadida foydalanayotgan vositasining amalda yaroqli deb o’ylashi tashkil etadi. Masalan: shaxs qasddan odam o’ldirish uchun zahar beradi lekin ushbu zahar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilayotgan vaqtga kelib o’zining insonga zarar etkazish xususiyatini yo’qotgan bo’ladi.
Bu esa, tamom bo’lmagan suiqasd sifatida e’tirof etilib, umumiy asoslarda javobgarlikni keltirib chiqaradi va ushbu holatda ham shaxsning harakatlari qasddan odam o’ldirishga nisbatan suiqasd deb kvalifikastiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |